JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 467,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana15.06.2024
Hajmi467,46 Kb.
#263946
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
99-106

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–46_Issue-3_February_2024 
104 
ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 
Xususiy ko’rsatkichlarga quyidagilar bo’lishi mumkin: 
• har bir turdagi resurslardan foydalanish samaradorligi; 
• korxonada har bir turdagi mahsulot (xizmat)ni sotishning samaradorligi. 
Umumiy ko’rsatkichlarga esa quyidagilar kiradi: 
• korxonaning barcha resurslari va mahsulotlari samaradorligi; 
• korxona faoliyatining umumiy samaradorligi. 
Korxona faoliyati samaradorligini baholash tartibi bir nechta bosqichlarda amalga 
oshiriladi. 
1-bosqich. Korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi 
rentabellikning umumiy ko’rsatkichlari hisoblanadi va baho beriladi. 
• Sotish rentabelligi – sotishdan tushgan tushumdagi sof foydaning ulushini 
anglatadi. 
• Sotilgan mahsulot rentabelligi – mahsulotni sotish samaradorligini anglatadi. 
2-bosqich. Korxonada resurslardan foydalanish samaradorligini ko’rsatuvchi 
ko’rsatuvchi rentabellik ko’rsatkichlari hisoblanadi va baho beriladi. 
• Aylanma fondlar rentabelligi – korxonaning aylanma fondlaridan foydalanish 
samaradorligini anglatadi. 
• Xususiy kapital rentabelligi – korxonaning xususiy kapitalidan foydalanish 
samaradorligini anglatadi. 
• Investitsiya qilingan kapital rentabelligi – korxonaning faoliyatiga investitsiya 
qilngan, kiritilgan mablag’lar samaradorligini anglatadi. 
• Qarzga olingan kapital rentabelligi – korxonaning qarzga olingan 
mablag’laridan foydalanish samaradorligini anglatadi. 
3-bosqich. Rentabellik ko’rsatkichlarining omilli tahlili o’tkaziladi. Maqsad – 
haqiqiy ko’rsatkichlarning bazis davridagi ko’rsatkichlar va reja ko’rsatkichlaridan 
og’ishlarining sabablarini aniqlashdir. 
4-bosqich. 
Korxona faoliyatining alohida aspektlarini aks ettiruvchi 
samaradorlikning xususiy ko’rsatkichlari hisoblanadi va baho beriladi. Ularga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
• mahsulotlarning xarajat sig’imi; 
• har bir xodim hisobiga to’g’ri keladigan mahsulot qiymati va ish haqi darajasi; 
• mahsulot tannarxi tarkibida xarajat elementlarining salmog’i va hokazo. 
Korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarga 
e’tibor berish lozim: 
1) Korxona yalpi mahsulotini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash tadbirlari: 

unumdorligi yuqori texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy 
etilishini ta’minlash; 

korxonada mehnat unumdorligini oshirish; 



Download 467,46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 467,46 Kb.
Pdf ko'rish