1. Kreativ fikrlash Tanqidiy fikrlash




Download 102 Kb.
Sana29.02.2024
Hajmi102 Kb.
#164341
Bog'liq
Kreativ va tanqidiy fikirlash xususiyatlari
9-sinf ingliz tili ish reja YANGI, EDFWF, Biznes páni, богот писмо, Cilangarlik ishlari o\'quv amaliyotidan ishchi 111113333, Piyshenbaev I pedagogika 8- tema, Piyshenbaev I pedagogika 13- tema, Falsafada borliq muammosi. Borliqning mazmuni. Borliqning ta`rif-fayllar.org, Архаизмы. Типы архаизмов, 0-kitob, Birlamchi va ikkilamchi axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish, Ijodiy va laterap fikrlashning xususiyatlari, G\'oyaning shakllanishi va uni amapga oshirish yo’llari, Boypar kabi fikrlashning o\'ziga xos xususiyatlari


Kreativ va tanqidiy fikirlash xususiyatlari

Reja:

1. Kreativ fikrlash

2. Tanqidiy fikrlash

3. Kreativlik




Kreativ fikrlash
Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.
Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”dek qarashimiz kerak.
PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash modeliga ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o‘z g‘oyalarini yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi.
Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va takomillashtirish kompetentligiga e’tibor qaratiladi.
Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo‘lar edi.
Har bir o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan istak bor. Faqatgina biz shu istakni nuqtasini topishimiz kerak va biz bunga 3 “E” EXCITE, EDUCATE, EMPOWER ya’ni ruhlantirish, ta’lim berish va rag‘batlantirish orqali erishamiz. Quyida Siz PISA xalqaro tadqiqotining kreativ fikrlash yo‘nalishiga oid topshiriq namunalari bilan tanishishingiz hamda tasavvuringizni boyitishingiz mumkin.
Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan.
G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik taraqqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni yangi g‘oya so‘raladi. Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib borayotgan ekan, ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning noodatiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha ta’lim tizimida ko‘plab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to‘g‘ri yetkazishga, nari borsa, bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo‘naltirilgan.
Xo‘sh, ta’lim oluvchilarni qanday qilib kreativ fikrlashga o‘rgatish mumkin? Innovatsiya yaratish uchun tafakkurda qanday o‘zgarishlar kechishi lozim?
Tasavvur bilimdan muhim(mi?)
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning mazmunini bilish lozim. Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish ma’nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tagzamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi.
Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan” bo‘lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn “Tasavvur — bilimdan muhim” deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim.
Qoliplardan voz kechamiz
Inson miyasi o‘z ishini “yengillashtirish”, “qulaylashtirish” uchun shablon va stereotiplardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma’lum bo‘lgan va umumqabul qilingan fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi g‘oya bermaydi. Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo‘lgan ijtimoiy fikr, mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko‘rinishlar ham yetakchi o‘rin tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtayi nazaridan hammaning fikriga qo‘shiladi. Qolaversa, “oqim bo‘ylab suzish” mustaqil fikrlashdan ko‘ra oson tuyuladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo‘yicha inson ongiga “so‘rov” berilganida odatiy ma’lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan, “yangi yil” deganda to‘kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli ichimliklar, archa va hokazolarni tasavvur qilish, bobo obrazida qo‘lida hassa tutgan, ko‘zoynakli cholni ko‘rish qolip asosida fikrlashning ko‘rinishi. Kreativ fikrlovchi insonlar odatiy manzaralardan o‘zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur qilib, hech kim ilg‘amagan jihatlarni payqaydi, yangilik yaratoladi.
Eng ajablanarli jihati, ta’lim-tarbiya jarayoni ham bolalarni bir xil fikrlashga o‘rgatib qo‘yarkan. Mashhur ixtirochi va kashfiyotchilarning aynan maktabdagi ta’lim jarayonidagi bir xillikka ko‘nikolmagani, qoliplarga sig‘maganini ko‘rish mumkin. Masalan, Albert Eynshteynning maktabdan haydalishi yoki Dmitriy Mendeleyevning kimyo fanidan “uch” olgani bunga misol bo‘ladi.
Ken Robinson tomonidan tayyorlangan va YouTube saytida 5 million marta tomosha qilingan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli videolavhada ham shu xususida so‘z boradi. Harf o‘rganish jarayonidayoq bolalarning belgilangan chiziqlar bo‘ylab yozishi, topshiriqlarni bajarishda namunalar orqali ishlashi, adabiyot darslarida asarni qanday tushunish kerakligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi, pedagoglarning yaxshi bajaruvchilarni yaxshi baholashi natijasida bolalar qoliplar doirasida fikrlay boshlaydi. Oqibatda ko‘plab yoshlar topshiriq berilsa, namuna bormi, deb so‘raydigan holga kelgan. Bu oldin mavjud bo‘lgan modellar asosida ishlashga o‘rganib qolish natijasi. Bunday vaziyatni bartaraf etish uchun o‘quv jarayonida ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashga ahamiyat qaratilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o‘quvchilarga “Sizga bir kunda 86400 AQSh dollari berilsa, uni nimalarga sarflagan bo‘lardingiz?” kabi noodatiy savollar berilishi mumkin. Bu savol o‘quvchining topqirlik, bilag‘onlik, ijodkorlik, masalaga turli nuqtayi nazardan qaray olish, yashirin jihatlarni ochish kabi xislatlarini rivojlantiradi. Sababi, 86 400 bir kundagi soniyalar miqdorini anglatadi. Savol orqali o‘quvchiga har bir soniya qimmati anglatiladi, uni behuda sarflamaslik uqtiriladi. Agar o‘quvchi savol tagidagi mohiyatni anglamasa, unda kreativ va evrestik sifatlar past hisoblanadi.
Qolip va stereotiplar asosida fikrlashning bir necha ko‘rinishlari bor. Masalan, qutbli tafakkur — hamma narsani ikki shaklda — yaxshi yoki yomon deb qabul qilish, dunyoni oq va qora rangda ko‘rishdir. Aslida, yaxshi yoki yomon narsaning o‘zi mavjud emas, uni fikrlarimiz shundayga aylantiradi. Har bir holat va jarayonning ijobiy hamda salbiy jihatlari bor. Bir tomonlama yondashuv, asoslanmagan xulosalar ham stereotiplar asosida fikrlashning ko‘rinishlaridir.
Ijodkorlikni yuzaga keltirish uchun stereotiplarning ongosti darajasida ijoddan cheklovchi funksiya, shablonlardagi to‘siqni anglash, qoliplardan voz kechish zarur. Kumir, brend va modaga ergashish mustaqil fikr kushandasi hisoblanadi. Kiyinish, o‘zini tutish, kasb tanlash, hatto fikrlashdagi taqlid bunyodkorlik faoliyatidan cheklashi mumkin. Shuning uchun nega aynan shu kiyimni tanladim, nima uchun shu ichimlikni xarid qilyapman, deb OAV, reklama orqali inson ongiga majburan singdirilayotgan ta’sirlardan voz kechish mustaqil qaror qabul qilishga, media qurshovidan chiqishga sabab bo‘ladi.
Mashqlar
Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har kuni ko‘plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. Ular mana shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har qanday mutaxassisning kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab usullar mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-uch marta o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki ikki marta o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, o‘ylash uchun imkon yaratish muhim.
Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang. O‘zingizdan “Eng oddiy yechim nimada?” deb so‘rang. Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti”ni tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo‘ldi. Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi.
“Olti shlyapa” usuli. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli shlyapa usuli”da biror mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq — diqqat bilan, hech qanday emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora — kamchiliklar aniqlanadi; sariq — mavjud holat tahlil etiladi; yashil — yana yangi bir necha g‘oyalar qo‘shiladi; qizil — emotsional munosabat bildiriladi; ko‘k — ish xotimalanadi. Masalan, ta’lim tizimiga oid qonunchilikni takomillashtirish mavzusi ko‘rilayotgan bo‘lsa, mavjud qonunchilik o‘rganiladi, kamchilik va bo‘shliqlar aniqlanadi. Qonuniy me’yorlarning real holat bilan mosligi yoki qarama-qarshiligi o‘rganiladi. Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga oshsa, qanday samara berishi izohlanadi. Taklif loyiha shaklida rasmiylashtiriladi.
Uolt Disneyning kreativ fikrlash nazariyasi. Uolt Disney ko‘ngilochar sohada o‘z sanoatini yaratgan, animatsion multfilmlari bilan butun dunyoga tanilgan shaxs. U dunyoga mashhur personajlarini yaratishda kreativlikning uch fazasi — xayolparast, realist, tanqidchi obrazidan foydalanadi. Ya’ni, xayolparast rolida hech qanday chegarasiz xayol suradi, fantaziya yaratadi. Bu jarayonda u Baxning “Tokkata, fuga re minar” musiqasini eshitishini aytgan. Xayolida obrazlar yaratilgandan keyin uni reallik bilan uyg‘unlashtiradi. Personaj qanday harakatlanadi, qanday gapiradi — barchasini konstruktor sifatida jonlantiradi, reallashtiradi. Shundan keyin xayolparast va realist ishini tanqidchi ko‘rib chiqadi. Tanqidchi “filtr” vazifasini bajaradi. Uolt Disneyning yutug‘i xayolparast, realist, tanqidchini bitta shaxsda jamlay olganidir. Odatiy fikrlovchilarda ularning bittasi ustuvorlik qiladi.
Tasodiflarga befarq bo‘lmang. Juda ko‘plab ixtirolar favqulodda va tasodifiy holatlarda amalga oshirilgan. Ya’ni, taqdirning o‘zi insonga nozik ishoralar beradi. Bu Isaak Nyutonning boshiga tushgan olma, antibiotikni kashf etgan olim Aleksandr Flemingning yuvilmay qolib, mog‘orlagan laboratoriya idishlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni bog‘lash. Mobil telefon va kompyuter imkoniyatlarini birlashtirish orqali planshet, yuk mashinasiga antenna o‘rnatilib ko‘chma stansiya, qayiqqa osib qo‘yilgan mato tufayli yelkanli kemalar paydo bo‘lgan. Shotlandiyalik shifokor J.Danlopning o‘g‘li tosh yo‘ldan velosipedda yurib qiynalar edi. Danlop bog‘ini shlang bilan sug‘ora turib, uning yengil prujinasimon sakrashiga e’tibor berdi. Natijada birinchi bo‘lib shinani kashf etdi.
Shuningdek, kreativlikning mikro va makrosignallarini anglash, uning inson fiziologiyasi bilan bog‘liq jihatlari, ya’ni qanday holatlarda inson xayoliga yangi fikrlar kelishini bilish ham muhimdir.
2. Tanqidiy fikrlash
Bolalar uchun tanqidiy fikrlashni aniqlash nimani anglatadi? Xo’sh, tanqidiy fikrlash sizning bolangizni oqilona va aniq fikrlash qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin, chunki u bolangizni mustaqil va aks ettiruvchi fikrlashga jalb qiladi. Bu nafaqat ma’lumot to’plash va eslab qolish; aksincha, undan ham katta. Bu sizning bolangizga uning o’qishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni olib tashlashni va keyinchalik ushbu ma’lumotlardan foydalanishni yoki turli muammolarni hal qilish uchun boshqa manbalarni izlashni o’z ichiga oladi.
Bolalarga tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini o’rgatish nega muhim?
Erta bolalik ta’limi uchun tanqidiy fikrlash ko’nikmalari nega muhim ekanligini sizga tushuntirib beradigan ba’zi sabablar mavjud.
• sizning bolangizning bilimlarini kengaytirishga yordam berishi mumkin, chunki agar sizning bolangiz biron bir mavzuni chuqur o’rgansa, bu unga yanada yaxshi bilim olishga va ishtiyoqini rivojlantirishga yordam beradi;
• atrofdagi dunyo haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishga yordam berishi mumkin;
• qimmatli qarorlar qabul qilishda yordam berishi va unchalik ahamiyatsiz narsalarni aniqlashi mumkin;
• turli muammolarni hal qilishda ustun bo’lishga yordam beradi;
• mustaqil fikr yuritishda samarali bo’lib, ular tez orada o’zlarining aqlli qarorlarini qabul qilishga imkon yaratiladi;
• akademik ko’rsatkichlarini yaxshilashda ko’maklashadi;
• ijodiy yutuqlarni oshiradi;
• bolaning tengdoshlari bilan munosabatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bolada tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini qanday rivojlantirish mumkin?
Agar siz bolalarni tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga o’rgatish yoki bolalar uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini izlayotgan bo’lsangiz, quyidagi maslahatlar yordam berishi mumkin.
1. Jumboqlarni topish
Oddiy ko’rinishi mumkin, ammo jumboqlarni so’rash nafaqat qiziqarli mashg’ulot, balki sizning farzandingiz uchun juda katta muammolarni hal qilishdir. Ushbu harakat bolangizga ham ma’lumotlarni tahlil qilishga yordam beradi.
2. Gazeta o’qish
Farzandingizni muntazam ravishda gazeta o’qishga rag’batlantirish nafaqat uni dunyoni yaxshi bilishga yordam beradi, balki uning ongini ishga solishning ajoyib usuli hisoblanadi. Siz unga bir nechta maqolani o’qib chiqishni va undan nimani tushungan yoki nimani o’zlashtirganligini so’rashingiz mumkin.
3. Kitoblar o’qish
Siz bolangizni kitob o’qishga undashingiz mumkin, chunki bu sizning bolangiz turli vaziyatlarni tahlil qilishning ajoyib usuli sanaladi. Kitobni o’rganib chiqqandan so’ng, undan siz kitobni qisqacha bayon etishini so’rashingiz mumkin. Siz undan kitobdagi turli xil belgilar va vaziyatlar haqida so’rash orqali bu ko’nikmani sekin-astalik bilan shakllantirib borasiz..
4. Tinglash qobiliyatlarini singdiring
Yaxshi fikrlovchi bo’lish uchun bola ham yaxshi tinglovchi bo’lishi juda muhimdir. Bu — bolaning boshqa odam fikrini tinglashi va qadrlashi kerakligini va keyin uning nuqtai nazarini oldinga qarab turishini anglatadi.
5. Ularga haqiqiy va soxta tushunchalarini tushunishga yordam berish
Bugungi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy medialarning real dunyoda haqiqat nima-yu, soxtalik nima ekanini aniqlash juda qiyin. Shubha tug’diradi, bu bolaning “shubha” bilan shug’ullanishni o’rganishi kerakligini anglatadi.
6. Xulosalar haqida gapirish
Bolaga muayyan harakatlarning mumkin va mumkin bo’lgan xulosalarini o’rgatish — tanqidiy fikrlashning muhim qismidir.
7. Bola bilan ko’proq muhokama qilish
Bolaning fikri ahamiyatsiz bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz, ammo bu sizning fikringizdan kelib chiqqan holda sizning farzandingiz uchun sizga nisbatan ko’proq ahamiyatga ega. Uyingizning har kungi mavzularida bolangizdan uning maslahati, fikri yoki takliflarini so’rang.
8. “Nima uchun” deb so’rang
Bu sizning ko’proq savol berishingizni va keyin bolangiz ham javoblarning sababini topishini kutishini anglatadi. Masalan, bola o’z do’stidan qalamni olgani uchun undan g’azablansa va bolaning do’sti buni noto’g’ri deb hisoblasa, siz undan nima uchun u noto’g’ri deb o’ylayotganini va shuningdek, u o’z do’stidan nimani kutganligini so’rashingiz kerak.
9. Farzandingiz uchun muammolarni hal qilishga shoshilmang
Ota-onalar sifatida, siz farzandingiz uchun hamma narsani to’kib tashlash istagi paydo bo’lishi mumkin va sizning farzandingiz o’zi qaror qabul qilishi kerak bo’lgan payt kelganda ham shunday bo’lishi mumkin. Farzandingiz o’z muammolari bilan shug’ullanishiga yo’l qo’ying va o’z-o’zidan yechimini topsin. Biroq, siz bolangiz “qotib qolganini” his qilganingizda unga rahbarlik qilishingiz mumkin.
10. Erkin o’yin tarzi
Bu bolangizga ijodiy qobiliyatlarni o’rgatishning ajoyib usuli. Bolaga nima qilish kerakligini ko’rsatmaydigan o’yinchoq yoki sovg’alarni berishingiz mumkin, lekin u nima qilish kerakligi to’g’risida o’z-o’zidan o’ylashi kerak. Masalan, siz bolangizga qurilish bloklarini berishingiz mumkin va u o’zi xohlagan narsani qilishi mumkin yoki siz bolangizga rasmlar kitobini berib, o’z his-tuyg’ularini qog’ozda ifodalashiga ruxsat berishingiz mumkin.
Farzandingizga ijodiy fikrlash ko’nikmalarini o’rgatish zerikarli ish emas, biz ushbu konsepsiyani bola yoshligidanoq o’qitishni boshlasak maqsadga muvofiqdir.
3. Kreativlik
Kreativlik (lot., ing. “create ” - yaratish, “creative” - yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishgatayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
Shaxsda kreativlik (Ijodkorlik) sifatlarini rivojlantirish tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. Ijodkorlik qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida ichki sezimni rivojlantiradi. Ijodkorlik qobiliyati, ichki sezim va umumiy intellekt kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.
Bu borada mutaffakir Abu Ali ibn Sino qarashlarida ham kretavlikni talqin etishmiz mumkin. Uning qarashlarida o‘qituvchi o ‘z o‘quvchilaming mayl, intilish, faolligi, qobliyati, iste’dodi va layoqatini aniqlamasdan turib, uni ijodiy fikrlashga yo‘naltira olmaydi degan. Mutaffakir Jalolidin Davoniy “A xloqi Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlarda aqliy qobiliyat va aqliy iste’dodni tarbiyalash uchun zukko, zehnli, fahm – fa rosatli, ijodkor o`lishi va bilimlarni tez eslab qolishi, ularni anglab yetishi lozimligi ta’kidlangan. Mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur qarashlarida ham kreativlikni ko‘rishmiz mumkin: U inson shaxsining taraqqiy ettirishning asosiy yo‘llaridan biri deb muammoli vaziyatni, ijodkorlikni tushunadi va undan o‘z faoliyatida unumli foydalangan. Suhbat. Suhbat metodi tabiatshunoslik darslarida hikoyaga qaraganda ko‘proq qo‘llaniladi. Bu metodning mohivati shundaki, u o ‘qituvchiga o‘quvchilami yaxshiroq bilib olishga imkon beradi, ulami mustaqil fikrlashga o ‘rgatadi, jamoa ishiga (jonli va jonsiz tabiat jismlarini kuzatishga, darslik bilan ishlashga, o‘quv telefilmlarini, kinofilmlami ko‘rishga va h.) jalb qiladi. Suhbat yangi materialni o‘rganishda, kuzatishlar yoki amaliy ishga yakun chiqarishda, ekskursiyalar o‘tkazishda, o‘rganilgan materialni takrorlashda, shuningdek tajribalami qo‘yish va namoyish qilishda, tabiiy, tasviriy hamda ekran vositalari, darslik, sinfdan tashqari o ‘qish uchun adabiyot bilan ishlashda qo‘llaniladi. Suhbatning bosh maqsadi shundaki, bunda o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar ongida tabiat jismlari hamda hodisalari haqida to‘g‘ri tasavvur va tushunchalar shakllansin. Tabiat bilan tanishtirishning birinchi bosqichida suhbat o‘qituvchining savollar berishi va ularga chaqirilgan o ‘quvchilaming javob berishi shakllana boradi. Keyin suhbat boyib va kengayib boradi. Masalan, o ‘tkazilgan amaliy ish asosida sinfga savol berib, o ‘qituvchi bir savolning o‘ziga o‘quvchilardan har xil javoblar oladi; Kim boshqacha o‘ylaydi? Kim aniqroq aytadi? kabi savollar bilan murojaat qilib, ulami rag‘batlantiradi. Natijada o‘quvchilarda asta-sekin ijodiy faollikni rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sifatlar shakllanib boradi. Bundan tashqari suhbat o‘quvchilar ishidagi kamchiliklarni to‘g ‘rilashga imkon beradi, yakka yondashish qoidasini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Suhbatda savollar muhim ahamiyatga ega. Ular qisqa, aniq bo‘lishi, javobni aytib turadigan xarakterda bo‘lmasligi, bir so‘z (“ha” yoki “yo‘q”) bilan javob berishni talab qilmasligi, ikkilantiruvchi ma’noga ega bo‘lmasligi kerak. Masalan, fermer xo‘jaligida ipak qurti ustida kuzatishlar (3-sinf) o‘tkazilgandan keyin bajarilgan ishlarga ushbu maqsadga yo‘nalgan savollar yordamida yakun chiqarish kerak: tut ipak qurti qanday rivojlanadi? Uning tashqi ko‘rinishi qanday? Qurtning tanasi qanday shaklda? U qanday harakat qiladi? Nima bilan ovqatlanadi? Qurt qanday qilib pilla o‘raydi? Pilla o‘rash qancha vaqt davom etadi? Pilla ichida nima bo‘ladi? Kapalak qanday hosil bo‘ladi? Kapalak pilladan qanday chiqadi? U qancha vaqt yashaydi? Kapalak hayoti qanday tugallanadi? Bunday savollar o‘quvchilaming mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantiradi, chunki savollarga javoblar ishlab chiqarish kuzatishlari bi­
lan quvvatlangan boiadi. Suhbat metodi hikoya metodi bilan chambarchas bog‘liq. Mavzuni tushuntirgach, o‘qituvchi albatta bilimlami o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun hikoya va namoyish qilinadi gan qurol mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkazadi.
Suhbatning о‘quv jarayonida qanday o‘rin egallashi va qanday didaktik maqsadni mo‘ljallanganligiga qarab quyidagi: kirish suhbati, takrorlovchi suhbat, bayon qiluvchi suhbat va yakunlovchi suhbat turlari farq qilinadi. Kirish suhbatidan yangi bo‘lim yoki yangi mavzuni o‘rganish oldidan foydalaniladi. Uning maqsadi darsda o‘rganiladigan masala bo‘yicha tasavvurlami aniqlash yoki tiklashdir.
Tanqidiy fikrlash bilan bogʻliq eng qadimgi yozuvlar Platon tomonidan yozilgan Suqrot taʼlimotini taqdim etgan dialoglardir.Ular Platonning birinchi dialoglari bo‘lib, Suqrot bir yoki bir nechta suhbatdoshlari bilan axloqiy masalalar, masalan,Suqrotning qamoqdan qochishi to‘g‘ri bo‘ladimi, degan mavzuda gaplashadi. Faylasuf bu masalani o‘ylab, mulohaza yuritadi va shunday xulosaga keladi: qochish uning ustida tutgan barcha narsalarni (qadriyatlarni) buzadi, masalan,Afina qonunlari va Suqrot tinglayman, degan ichki rahbar ovoz. Suqrot tanqidiy haqiqatni aniqlab berdiki, inson bilim va aqlga „hokimiyat“ (obroʻ) asosida bogʻliq boʻlmaydi.U hokimiyat va yuqori lavozim egalari juda sarosimali va mantiqsiz boʻlishi mumkinligini isbotladi.Suqrotning fikricha, yaxshi hayot kechirish va hayotning qadriga yetish uchun inson tanqidiy savol beruvchi, „surishtiruvchi ruh“ga ega bo‘lishi kerak. U g‘oyalarni eʼtiqodga loyiq deb qabul qilishdan oldin, uni chuqur o‘ylashga undaydigan chuqur savollar berish kerakligini angladi.

Suqrot „dalil izlash, hukm va taxminlarni sinchiklab tekshirish, asosiy tushunchalarni tahlil qilish, nafaqat aytilgan, balki amalga oshirilayotgan ishning mohiyatiga ham kirib borish“ muhimligini belgilab berdi. Uning soʻroq qilish usuli hozirda „Suqrotcha soʻroq“ deb nomlanadi va tanqidiy fikrlashni oʻrgatishning mashhur strategiyasi hisoblanadi.Oʻzining soʻrov uslubida Suqrot fikrning ravshanligi va mantiqiy izchillikni taʼkidladi.U odamlarga mantiqsiz fikrlashni fosh qilish yoki ishonchli bilim etishmasligini koʻrsatish uchun savollar berdi.Suqrotning taʼkidlashicha, hokimiyatga ega boʻlish hech qanday haqiqiy bilimni bera olmaydi.U taxminlarni sinchkovlik bilan tekshirib chiqdi va dalillar va asosli mulohazalarga asoslangan ishonchlilikka shubha qilish usulini yaratdi. Platon Sokrat taʼlimotini yozib qoldirdi va tanqidiy fikrlash anʼanasini davom ettirdi. Arastu va undan keyingi yunon skeptiklari Sokrat taʼlimotini mukammallashtirib, tizimli tafakkur va savol-javob orqali voqelikning tashqi ko‘rinishini emas, balki asl mohiyatini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. [6]


Suqrot tanqidiy fikrlash anʼanasi uchun kun tartibini belgilab beradi, yaʼni umumiy eʼtiqod va taxminlarni aks ettirish va oqilona va mantiqiy eʼtiqodlarni izchil dalillar yoki mantiqiy asosga ega boʻlmagan eʼtiqodlardan ajratish-ular bizning tabiiy egosentrizmimizga murojaat qiladimi yoki bizning manfaatimizga mos keladimi. Ular qanchalik mos boʻlishidan qatʼi nazar, qanchalik qulay va qulay boʻlishidan qatʼi nazar, ularni diqqat bilan ajratib koʻrsatish kerak.


Tanqidiy fikrlash Richard V.Pol tomonidan ikki toʻlqinli harakat sifatida tasvirlangan (1994). Tanqidiy fikrlashning „birinchi toʻlqini“ koʻpincha „tanqidiy tahlil“, tanqidni oʻz ichiga olgan sof, oqilona fikrlash deb ataladi.Uning tafsilotlari unga murojaat qilganlar orasida farq qiladi. Barri K.Beyer (1995) fikriga koʻra, tanqidiy fikrlash aniq, asosli hukm chiqarishni anglatadi.Tanqidiy fikrlash jarayonida gʻoyalar isbotlanishi, toʻliq koʻrib chiqilishi va baholanishi kerak. [7] Tanqidiy fikrlash qobiliyatlari boʻyicha AQSh Milliy kengashi [8] tanqidiy fikrlashni quyidagicha taʼriflaydi: " kuzatish, tajriba, mulohaza yuritish, mulohazalar yoki muloqot orqali toʻplangan yoki hosil qilingan maʼlumotlarni eʼtiqod va harakatni (kontseptuallashtirish) boshqaradigan tushunchalarga faol va mohirona aylantirish, qoʻllash, tahlil qilish, sintez qilish yoki baholashning intellektual, ilgʻor jarayoni sifatida aniqlanadi. [9]


Abay yodgorligi
Qozoq falsafasida Abay Qunanbayuli tanqidiy fikrlashning yangi ufqini ochdi.Abayning hokimiyatga bo‘ysunmaslikni tarannum etgan, bilim va eʼtiqodda oqilona aniqlik va dalil talab etgan ayrim sheʼr va nutqlarini tanqidiy fikrlashning ajoyib namunasi deyish mumkin. Masalan,Abay shunday deydi:Andoza:Дәйексөз Sababsiz ishonmang,

Agar biror holatga duch kelsangiz.


Chol aytdi, boy dedi:


Kim boʻlsa, dedi u -


Agar aqlingiz bilan gʻalaba qozonsangiz.


Ahmoqlarga berilmang.


Agar siz tom maʼnoda oʻlsangiz.


Bu yerda ko‘zing o‘z aqlingga yetib bormay turib, „Hech kimga, hech kimga ishonma“,[10] deb ogohlantiradi va yana: „Buni yozganning ismini bilma, so‘zini bil!“ deb ogohlantiradi. - va shaxsning oʻzi fikrning toʻgʻriligiga kafolat emasligini, toʻgʻri fikrlarni nomi (obroʻsi) bilan emas, balki fikrning mazmuni bilan qabul qilish kerakligini taʼkidlaydi.


Anʼanaga koʻra, tanqidiy fikrlashning turli xil taʼriflari mavjud:


„Javob yoki xulosaga kelish uchun axborotni faol, mohirona shakllantirish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish va baholash jarayoni“. [11]


„Aniq, oqilona, ochiq fikrli va asosli intizomli fikrlash“. [11]
„Maqsadli, oʻz-oʻzini tartibga soluvchi xulosa, sharhlash, tahlil qilish, baholash va xulosa qilish, shuningdek, ushbu xulosaga asos boʻlgan dalillar, kontseptual, uslubiy, mezon yoki kontekstual tushunchalarni tushuntirish“. [12]
„Eʼtiqodimizni shakllantirishda aqldan foydalanish talab etiladi.“ [13]
Qiziqarli skeptitsizm sanʼati va mahorati (McPeck, 1981) [14]
tartibga solish va aniqlashtirish, samaradorlikni oshirish, fikrlashdagi xatolar va notoʻgʻrilikni tan olish kabi narsalar orqali oʻz fikrlash haqida oʻylash. Tanqidiy fikrlash „qattiq fikrlash“ emas va u muammolarni hal qilishga (oʻz tafakkurini „takomillashtirish“dan tashqari) yoʻnaltirilmaydi. Tanqidiy fikrlash ichki yoʻnaltirilgan boʻlib, fikrlovchining ratsionalligini maksimal darajada oshirishga qaratilgan. Inson tanqidiy fikrlash yordamida muammolarni hal qilmaydi, tanqidiy fikrlash yordamida oʻz fikrlash jarayonini yaxshilaydi. [15]

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Abduqahhor G’aniyevning “Tanqidiy fikrlash nima va uni qanday o’rganish
mumkin?”, Ma’rifat gazetasi,2020.11.11, 43-soni. Baxtiyor.uz. sayti.
2. Amerikalik psixolog - Diane Xolper, “Tanqidiy fikrlash psixologiyasi” kitobi.
3. Sh.M.Mirziyoyev, Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy – iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturining
eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2017-yil 14-yanvar.
4. Otabek Rahmonberganov, “Tanqidiy fikrlash nima?”, “Prezident Maktablari”
telegram va you tube ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy manzillari-kanallari: @prmakuz
- telegram kanali, UstozUZ - youtube kanali,
5. William Hughes va Jonathan Lavery, Tanqidiy fikrlash: asosiy ko’nikmalarga
kirish, 4-nashr Broadview, 2004.
6. Jon C. Bean, “Fikrlarni jalb qilish : Professorning yozma, tanqidiy fikrlash va
sinab ko’rishda faol o’rganish bo’yicha qo’llanma, 2-son, Wiley, 2011.”
7. Iskandar Tuxliyev va Bahodirxon Safarov “Turizm asoslari”,Toshkent “YANGI
Download 102 Kb.




Download 102 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Kreativ fikrlash Tanqidiy fikrlash

Download 102 Kb.