• Dramaturgiya
  • Sahna
  • Glossariy ijod




    Download 246.26 Kb.
    bet1/3
    Sana04.03.2024
    Hajmi246.26 Kb.
    #166482
      1   2   3
    Bog'liq
    glossarij


    GLOSSARIY

    Ijod — insonning yangi moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajri-basi, isteʼdodi namoyon boʻladi.
    Teatr (yunoncha θέατρον - "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari o‘tkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash o‘rinli).
    Spektakl (lot. spectaculum — tomosha) — teatr sanʼati asari. Postanovkachirejissor boshchiligida teatr jamoasi (aktyorlar, rassom, kompozitor, baletmeyster va h.k.) tomonidan yaratiladi.
    Obraz, badiiy obraz— voqelikni faqat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib xarakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham obraz deb yuritiladi.
    Personaj (lot. persona — shaxs) — sanʼat va badiiy adabiyotda muallif tomonidan tasvir etilgan shaxs. P.lar asar voqealarida qatnashuvi, tasvirlanishi va umumlashtirilishi darajasiga koʻra asosiy P.lar, yordamchi P.lar, epizodik P.larga boʻlinadi.
    Dramaturgiya (yun. dramaturgia) — 1) muayyan sanʼatkor, davr va xalqqa mansub dramatik asarlar majmui. Mas, Hamza, Fitrat D.si, antik davr D.si, Uygʻonish davri D.si, ingliz D.si, oʻzbek D.si va b.; 2) kino va spektaklning obrazli talqini konsepsiyasi. 
    Drama (yun. drama — harakat) — 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi, bayonning yoʻqligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi D.ning oʻziga xos xususiyatidir.
    Sahna — teatr binosining tomosha koʻrsatiladigan qismi.
    Syujet (frans. — predmet, mazmun, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi. Barcha epik, dramatik va liroepik turdagi badiiy asarlarda S. mavjud boʻladi.
    Dekoratsiya (lot. decoro — bezayman) — teatrda sahnani, kinoda film suratga olinadigan joy — maydon, pavilonni spektakl, film mazmuniga moslab bezash. D. yaratishda rassomlik, haykaltaroshlik, meʼmorlik, vo-qelik joyini loyihalash sanʼati, yoritish va b. vositalardan foydalaniladi.

    Download 246.26 Kb.
      1   2   3




    Download 246.26 Kb.