• Kalit so’zlar
  • Simfoniyalar va kvartetlar otasi




    Download 151.13 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana02.11.2023
    Hajmi151.13 Kb.
    #93562
      1   2
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi.Komila


    International Conference on Developments in Education 
    Hosted from Amsterdam, Netherlands 
    httpseconferencezone.org April 30
    th
     2022 
    220 
    "SIMFONIYALAR VA KVARTETLAR OTASI" 
    GAYDN - 290 YOSHDA 
    BARNAYEVA Nargiza Baxramovna
    XUSAINOVA Nargiza Ashurovna 
    (Buxoro viloyati Buxoro shahar ixtisoslashtirilgan san’at 
    maktabi musiqiy-nazariy 
    fanlar o’qituvchilari) 
    Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk Avstriyalik kompozitor, Vena klassik maktabining 
    yirik vakili, “Simfoniyalar va kvartetlar otasi” Yozef Gaydn hayoti va ijodi, uning jahon 
    musiqa madaniyatiga qo’shgan hissasi, 18-asrning 2-yarmida cholg’u musiqasining 
    rivojlanishiga asos solganligi to’g’risida fikr yuritiladi.
    Kalit so’zlar: Simfoniya, kvartet, kamerli ansambl, Georg Royter, avliyo Stefan sobori, 
    kompozitsiya, zingshpil, orkestr kapellasi, kapelmeyster, messa, “Ertalab”, “Tushlik”, 
    “Kechqurun”, “Xayrlashuv” simfoniyasi, Vena, London, oratoriya, divertisment.
    Musiqa olamida shunday daholar uchraydiki, bu buyuk nomlar san’atsevar xalqga o’zi haqida 
    ko’p narsalarni bilishga da’vat etadi. Shunday nomlardan biri – Yozef Gaydn. 
    Mashhur Avstriyalik kompozitorning asarlari butun dunyoda hozirgi kunda ham qimmatini 
    yo’qotmay yashab kelmoqda. 
    Gaydnni ko'pincha "simfoniyalar va kvartetlar otasi" deb ataydilar. Darhaqiqat, bu janrlar 
    boshqa buyuk kompozitorlarning ijodida bir oz avvalroq paydo bo’lgan bo’lsa-da, Gaydn 
    simfoniya janriga yangicha hayot bag’ishladi, uning mazmunini chuqurlashtirdi, musiqasini 
    milliy xalq kuylari va ritmlari bilan boyitdi. Shuningdek, Gaydn kamerli cholg’u musiqasining
    klassik uslubi yaratuvchisi bo'ldi. 
    Yozef Gaydn 1732-yil 31-martda Quyi Avstriyaning Rorau qishlog'ida xizmatchilar oilasida 
    dunyoga keldi. Otasi Matias Gaydn kareta yasovchisi, onasi esa oshpaz bo’lib ishlardi. 
    Yozefning ota-onasi musiqa shinavandalari edilar. Otasi arfada kuylar chalib, qo’shiq aytardi. 
    Ularning uylarida tez-tez musiqiy kechalar tashkil qilinar edi. Gaydn qishloq muhitida 
    bolaligini o’tkazib, xalq qo’shiq va raqslariga mehri uyg’onadi va bu bolalik taassurotlari 
    kelgusida bo’lajak kompozitor bo’lishiga turtki bo’ladi. Uning barcha asarlarida Avstriya xalq 
    ijodiga bo’lgan yaqin aloqa sezilib turadi.
    Kuchli musiqiy iste’dod va chiroyli ovozga ega bo’lgan kichkina Yozef, 8 yoshida Dunay 
    qirg’ogidagi kichik shaharcha – Gaynburg shahridagi cherkov xoriga qabul qilinadi. Bu yerda 
    Gaydn qo’shiq aytishni, nota yozuvini, skripka va klavesinda chalishni o’rganadi. Bu 
    mashg’ulotlar 3 yil davom etadi.
    Tez orada Yozefning chiroyli soprano ovozi va musiqiy iste’dodi, taniqli Vena kompozitori va 
    kapelmeysteri Georg Royterni o’ziga tortadi. Royter Yozefni Venadagi avliyo Stefan 
    soboridagi o’zi boshqaradigan xorda ishtirok etishi uchun olib boradi.
    Cherkov xori hayoti juda murakkab kechishiga qaramay, Gaydn Royter rahbarligida 
    kompozitsiya bilan shug’ullanar edi, opera teatrlariga qatnar edi. Boy zodagonlarning uylarida 
    kechki oqshomlarda, bazmlarda xizmat qilib, simfonik musiqalarni tinglar edi. Vena 
    maydonlari, xiyobonlari va bog’larida doimiy yangrab turgan xalq maishiy musiqasi Gaydn 
    hayotiga muhim ta’sir ko’rsatdi.
    Poytaxtga Avstriyaning turli burchagidan jahongashta musiqachilar yog’ilib, nemis, venger, 
    slavyan xalq qo’shiqlarini ijro etadilar. Hatto, Gaydn ham bu musiqachilarning hamrohiga 
    aylanadi.



    Download 151.13 Kb.
      1   2




    Download 151.13 Kb.
    Pdf ko'rish