• Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • International Conference on Developments in Education




    Download 151.13 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana02.11.2023
    Hajmi151.13 Kb.
    #93562
    1   2
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi.Komila
    International Conference on Developments in Education 
    Hosted from Amsterdam, Netherlands 
    httpseconferencezone.org April 30
    th
     2022 
    221 
    Avliyo Stefan soboridagi xorda 9 yil ishlab, o’tish davrida ovozi buzilganidan so’ng, yosh 
    ijodkor ishsiz qoladi. U darslar berar, ansambllarda ishtirok etar, qo’shiqchilarga jo’rnavozlik 
    qilib kun kechirardi.
    19 yoshida ilk nemis komedik zingshpili “Yangi cho’loq shayton” Venada va Avstriyaning 
    turli shaharlarida sahnaga qo’yilib, olqishlarga sazovor bo’ladi.
    1759-yildan 1761-yilgacha Gaydn chex grafi Motrsin huzurida 12 ta musiqachidan iborat 
    bo’lgan orkestr kapellasining rahbari bo’lib ishlaydi. Bu kapella uchun Gaydn xush kayfiyat 
    xarakterdagi asarlar yaratadi. Uning ilk simfoniyalari ham shu davrga tegishlidir. 
    1761-yilda Gaydn hayotida yangi davr boshlandi. U 30 yil davomida venger knyazi Estergazi 
    saroyida kapelmeyster vazifasida ishlaydi. Kapelmeysterga ma'lum vazifa yuklangan edi. U 
    simfoniya, kvartet yoki messa yozib, musiqachilar bilan yangi asar ustida ishlab, belgilangan 
    sana yoki vaqtda ijro etishi lozim edi.
    Gaydn Estergazi xonadonida xizmat qilib, ko’plab asarlar muallifiga aylanadi: simfoniyalar, 
    kvartetlar, triolar, cholg’u kontsertlari, operalar, divertismentlar va h.
    Ayniqsa, uning “Ertalab”, “Tushlik” va “Kechqurun” deb nomlanuvchi 3 ta simfoniyasi 
    alohida ta’rifga loyiq. 
    Gaydnning shu davrdagi ijodi juda sermahsul bo’lsa ham, ayrim hollarda zerikarli hayot 
    kechirardi. U xo’jayinining buyrug’iga bo’ysunishga majbur edi. Undagi bu kayfiyat 1772-
    yilda yaratilgan “Xayrlashuv” simfoniyasida aks etdi.
    Bu simfoniya an’anaviy 4 qismli shakldan cheklangan holda yozilib, 5-qismda musiqachilar 
    shamchiroqlarini o’chirib, birma-bir cholg’u asboblari bilan chiqib ketadilar. Simfoniyaning 
    oxirida og’ir, mungli kuy ijro etadigan 2 nafar skripkachi qoladi.
    80-yillarda Gaydn 6 ta “Parij” simfoniyalarini yozadi va frantsuz poytaxt shahrida Gossek 
    rahbarligida ijro etiladi. 
    1791-yilda Gaydn Estergazi xonadonidan ozod bo’lib, Venada yashaydi. U 2 marta Londonga 
    sayohat qilib, o’zining 12 ta London simfoniyalarini yaratadi va o’zi bu simfoniyalariga 
    dirijyorlik qiladi. 
    Londonda Gaydn Gendel oratoriyalari ijrosini tomosha qiladi. Bundan katta taassurot olib
    o’zining yirik “Dunyoning yaratilishi” va “Yil fasllari” oratoriyalarini yozadi. Har ikkala 
    oratoriya tantanali yutuqlarga erishadi.
    1802-yilda “Dunyoning yaratilishi” oratoriyasi Peterburgda yangrab, Rossiya tomonidan asar 
    muallifiga medal mukofoti yuboriladi. 
    Umrining oxirgi yillarida Gaydn musiqa yaratmay qo’yadi. 1809-yili 31-mayda Venada vafot 
    etadi.
    Gaydnning ijodiy merosi cheksizdir. U 100 dan ortiq simfoniya, 83 ta kvartet, orkestr va turli 
    xil cholg’ular uchun kontsertlar, klavir solosi uchun – 52 ta sonatalar, rondolar, variatsiyalar; 
    divertismentlar, 24 ta operalar, messalar, oratoriyalar, ovoz va xor uchun qo’shiqlarni o’z 
    ichiga oladi. 
    Ayniqsa, kompozitorning cholg’u musiqasi – kamerli va simfonik musiqaga amalga oshirgan 
    yangi ishlari juda bebahodir.
    Mashhur rus kompozitori P.I.Chaykovskiy “Gaydn – simfoniya kompozitorligi zanjiri uchun 
    zarur bo’lgan mustahkam poydevordir; Gaydn bo’lmaganda, - Motsart ham, Betxoven ham 
    bo’lmas edi” deb yozgan edi.
    Gaydnning eng sara asarlari hozir ham badiiy huzur baxsh etib, o’zining xalqchilligi, 
    hayotbaxshligi, o’tkir fikrga ega ekanligi bilan millionlab tinglovchilarni o’ziga jalb etib 
    kelmoqda.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
    1. T.V.Popova. “Zarubejnaya muzika XVIII i nachala XIX veka”. Moskva 1976. 
    2. B.V. Levik. “Muzikalnaya literatura zarubejnix stran”. II. Moskva 1979.

    Download 151.13 Kb.
    1   2




    Download 151.13 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    International Conference on Developments in Education

    Download 151.13 Kb.
    Pdf ko'rish