• BARNAYEVA Nargiza Baxramovna
  • International Conference on Developments in Education




    Download 42.65 Kb.
    bet1/2
    Sana02.04.2024
    Hajmi42.65 Kb.
    #185668
      1   2
    Bog'liq
    Mustaqil ish, Kompyuter tizimlari-www.hozir.org, Adobe Photoshop dasturi va unda ranglar va qatlamlar bilan ishla-fayllar.org, 2-MAVZU-IRB, 6 мавзу (2), Pardaqulova Mahliyo Ibrohim qizi, MILLIY MA\'NAVIY AXLOQIY TARBIYANI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA , Мамадаминов Бекзод Хайрулло ўғли, MILLIY MA\'NAVIY AXLOQIY, MILLIY MA\'NAVIY AXLOQIY

    International Conference on Developments in Education


    Hosted from Amsterdam, Netherlands

    https: econferencezone.org April 30th 2022



    "SIMFONIYALAR VA KVARTETLAR OTASI" GAYDN - 290 YOSHDA

    BARNAYEVA Nargiza Baxramovna,


    XUSAINOVA Nargiza Ashurovna
    (Buxoro viloyati Buxoro shahar ixtisoslashtirilgan san’at maktabi musiqiy-nazariy
    fanlar o’qituvchilari)


    Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk Avstriyalik kompozitor, Vena klassik maktabining yirik vakili, “Simfoniyalar va kvartetlar otasi” Yozef Gaydn hayoti va ijodi, uning jahon musiqa madaniyatiga qo’shgan hissasi, 18-asrning 2-yarmida cholg’u musiqasining rivojlanishiga asos solganligi to’g’risida fikr yuritiladi.


    Kalit so’zlar: Simfoniya, kvartet, kamerli ansambl, Georg Royter, avliyo Stefan sobori, kompozitsiya, zingshpil, orkestr kapellasi, kapelmeyster, messa, “Ertalab”, “Tushlik”, “Kechqurun”, “Xayrlashuv” simfoniyasi, Vena, London, oratoriya, divertisment.

    Musiqa olamida shunday daholar uchraydiki, bu buyuk nomlar san’atsevar xalqga o’zi haqida ko’p narsalarni bilishga da’vat etadi. Shunday nomlardan biri – Yozef Gaydn.


    Mashhur Avstriyalik kompozitorning asarlari butun dunyoda hozirgi kunda ham qimmatini yo’qotmay yashab kelmoqda.
    Gaydnni ko'pincha "simfoniyalar va kvartetlar otasi" deb ataydilar. Darhaqiqat, bu janrlar boshqa buyuk kompozitorlarning ijodida bir oz avvalroq paydo bo’lgan bo’lsa-da, Gaydn simfoniya janriga yangicha hayot bag’ishladi, uning mazmunini chuqurlashtirdi, musiqasini milliy xalq kuylari va ritmlari bilan boyitdi. Shuningdek, Gaydn kamerli cholg’u musiqasining klassik uslubi yaratuvchisi bo'ldi.
    Yozef Gaydn 1732-yil 31-martda Quyi Avstriyaning Rorau qishlog'ida xizmatchilar oilasida dunyoga keldi. Otasi Matias Gaydn kareta yasovchisi, onasi esa oshpaz bo’lib ishlardi. Yozefning ota-onasi musiqa shinavandalari edilar. Otasi arfada kuylar chalib, qo’shiq aytardi. Ularning uylarida tez-tez musiqiy kechalar tashkil qilinar edi. Gaydn qishloq muhitida bolaligini o’tkazib, xalq qo’shiq va raqslariga mehri uyg’onadi va bu bolalik taassurotlari kelgusida bo’lajak kompozitor bo’lishiga turtki bo’ladi. Uning barcha asarlarida Avstriya xalq ijodiga bo’lgan yaqin aloqa sezilib turadi.
    Kuchli musiqiy iste’dod va chiroyli ovozga ega bo’lgan kichkina Yozef, 8 yoshida Dunay qirg’ogidagi kichik shaharcha – Gaynburg shahridagi cherkov xoriga qabul qilinadi. Bu yerda Gaydn qo’shiq aytishni, nota yozuvini, skripka va klavesinda chalishni o’rganadi. Bu mashg’ulotlar 3 yil davom etadi.
    Tez orada Yozefning chiroyli soprano ovozi va musiqiy iste’dodi, taniqli Vena kompozitori va kapelmeysteri Georg Royterni o’ziga tortadi. Royter Yozefni Venadagi avliyo Stefan soboridagi o’zi boshqaradigan xorda ishtirok etishi uchun olib boradi.
    Cherkov xori hayoti juda murakkab kechishiga qaramay, Gaydn Royter rahbarligida kompozitsiya bilan shug’ullanar edi, opera teatrlariga qatnar edi. Boy zodagonlarning uylarida kechki oqshomlarda, bazmlarda xizmat qilib, simfonik musiqalarni tinglar edi. Vena maydonlari, xiyobonlari va bog’larida doimiy yangrab turgan xalq maishiy musiqasi Gaydn hayotiga muhim ta’sir ko’rsatdi.
    Poytaxtga Avstriyaning turli burchagidan jahongashta musiqachilar yog’ilib, nemis, venger, slavyan xalq qo’shiqlarini ijro etadilar. Hatto, Gaydn ham bu musiqachilarning hamrohiga aylanadi.

    Download 42.65 Kb.
      1   2




    Download 42.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    International Conference on Developments in Education

    Download 42.65 Kb.