• Seminar mashg‘uloti maqsadi
  • Mashg‘ulot mazmuni
  • Savol va topshiriqlar
  • Tavsiya etiladigan adabiyotlar
  • 5-mavzu. Badiiy asar kompozitsiyasi reja




    Download 17.09 Kb.
    Sana29.02.2024
    Hajmi17.09 Kb.
    #164644
    Bog'liq
    5-seminar
    ЭваС2 4-вар Мустакил иш (1), Дастурлаш 2 ўзб, Киберхавфсизлик асослари ўзб, 1-Laboratoriya (2), 10-mavzu (1), Elektron kompanetlar texnologiyasida barqaror parametrli elementlar turlarini qo, Tasavvuf falsafasi, MACROMEDIA FLASH TEXNOLOGIYALARDA ANIMATSIYALAR XOSIL QILISH, 22.01.2024 DTM, diametr, bbbb, maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida syujetli rolli va , 5 лаборатория иши 5



    5-MAVZU. Badiiy asar kompozitsiyasi
    REJA:
    1.Kompozitsiya san’ati
    2.Kompozitsion vositalar: asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod,
    qoliplash, asar annotasiyasi.
    3.Syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasi
    4.Epik nutqning kompozitsion shakllari: rivoya, tavsif, dialog
    Seminar mashg‘uloti maqsadi: Talabalarga badiiy asar kompozitsiyasi haqida nazariy ma’lumot berish.
    Kutilayotgan natija: Talabalar kompozitsiya san’ati, kompozitsion vositalar: asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod, qoliplash, asar annotasiyasi, syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasi, epik nutqning kompozitsion shakllari: rivoya, tavsif, dialog to‘g‘risida nazariy ma’lumotga ega bo‘ladilar.
    Mashg‘ulot mazmuni: Adabiy turlar nazariyasini o’z asarlarida keng ishlab bergan V.G.Belinskiy bu nazariyaga juda muhim qo’shimcha va tuzatishlar kiritdi. Uning fikrcha, adabiy asarlarni turlarga va undan ham maydaroq xil (janr)larga taqsim etish, guruhlash har bir adabiy turning xususiyalarini aniqroq tushunib olish uchun qo’llanilgan shartli bir usuldir. Aslida adabiy turlar o’rtasida o’tib bo’lmas dyevor yo’q. Masalan, epik turga mansub bo’lgan romanda shunday tasvirlarni uchramizki, ular o’zlarining mazmuni, lirizimining quvvati jihatidan she’rga o’xshash taassurot qoldiradi.. Romanlarda beriladigan tabiat tasviri, shubhasiz, lirizm bilan sug’orilgan bo’ladi. Demak, epik asarda ham ma’lum darajada lirikaning xususiyati mavjuddir. Bu lirizm romanda, ayniqsa, «ichki monolog»larda, ya’ni personajlarning o’z-o’zlari bilan so’zlashuvlari, uylarida juda yaqqol ko’rinadi. Shu bilan birga, «ichki monolog» - aslida dramatik turga mansub monolog priyomining bir turi bo’lib, romanda u faqat talaffuz etilmaydigan, boshqalarga eshittirilmaydi, xolos.
    Dramada esa epiklik elementi bo’ladi. Xuddi romanda bo’lganidek, unda ham voqea, hayotning u yoki bu daraja yaxlit tasviri katta o’rin oladi. Yuqorida qayd etilganidek, «Alisher Navoiy» dramasida bosh qahramon obrazi uning hayotida bo’lib o’tgan bir qator voqealar tizmasi sifatida tasvir etiladi. Shu bilan birga, ba’zi vaqtlarda personajlar o’zlarining shu ondagi xislarini izhor etishga o’tadilar, ya’ni dramada lirikaga xos xususiyatlar yuzaga chiqadi. Shunday qilib, drama o’zida eposni va lirikani harakat bilan birlashtiriladi.
    Lirikaga kelsa, unda ham ma’lum voqea tasvir etiladi. Hatto eng kichik lirik asar ham ma’lum ma’noda epiklik elementiga egadir. Faqat lirik asarda, ko’pincha kishining oniy kechinmalari tasvirlangani uchun lirik jinsga mansub asar syujetdan xolidek tuyuladi. Aslida lirik asarda juda kichik (mikro) voqea – kichik ayni shu onda boshidan kechirayotgan hayotiy hodisa tasvir etiladi. Lirik asar lirizm va epizm elementlaridan tashqari dramatik turning xususiyatiga ham ega: she’riy asar hajman qanchalik kichik bo’lsa ham, kishining o’tkir va qaltis bir xissiy holati, hayajoni tasvirlanadi.
    Adabiyotda turlar va janrlarning qorishiq holda uchrashi ularning har birining mustaqil holda mavjud ekanini rad etmaydi. Shuning uchun ham Belinskiy o’zining shu masalaga bag’ishlangan maqolasini «Poeziyaning hamma turlari mana shulardir. Ular faqat uchta, bundan ortiq bo’lishi mumkin emas», degan so’zlar bilan yakunlaydi.
    Epik tur va uning janrlari.
    Voqealarni keng hikoya qilishga asoslangan adabiy asarlar gruppasiga epik tur yoki epos (yunoncha epos- rivoya, hikoya, so’z, nutq)deb ataladi.
    Adabiyot xarakterlar, tiplar yaratish san’ati bo’lgani uchun adabiy turlar ham xarakterlar yaratish jihatidan bir-biridan farq qiladi. Eposda xarakter yaratishning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda voqelikni rivoji bilan ko’rsatib berish orqali xarakterlar namoyon bo’ladi.
    Epik tur kichik, o’rta va katta formalarga bo’linadi. Kichik epik forma – latifa, ertak, fel’eton, hikoya, ocherk janrlarini, o’rta epik forma – povest va katta epik forma – epopeya va roman janrlarini o’z ichiga oladi.
    Epopeya (yunoncha – epopia - rivoyatlar, qo’shiqlar majmui) – millat yoxud xalq taqdiri xal bo’ladigan voqea – hodisalarni aks ettiruvchi asar. Epopeyada xalq hayoti, uning kurashi va qahramonliklari keng tasvirlanadi.
    Epopeya hali jamiyat garmonik holda bo’lgan paytda (dushman sinflarga ajralib ketmagan davrda) qoldim Yunonistonda paydo bo’lgan. Milliy tarixning afsonalar qobig’iga o’ralgan qahramonlik voqealari epopeya uchun material bo’lgan. Masalan, Troya urushi haqidagi afsona bir necha epopeyalar uchun tasvir ob’ekti, bo’lgan. Gomer klassik yunon epopeyasiga asos solgan. Uning epopeyalarining asosini Troya urushi voqealari tashkil etadi. V.G.Belinskiy fikricha, Gomerning harbiy tematikaga, urush konfliktlariga murojaat qilishi tamomila tabiiy bir holda. Yangi zamon epopeyalari uchun boshqa temalar ham muhim ahamiyat kasb etgan. Epopeya uchun eng muhimi milliy xarakterning va uning ahamiyatining muhim xususiyatlarini aks ettirishdir. Shu sababli asrlar o’tgan sari jamiyat taraqqiyoti taqozosi bilan epopeyaning ham mazmuni o’zgarib, yangilanib, boyib borgan. Jamiyatda sotsial qarama – qarshiliklarning keskinlashuvi va tsivilizatsiya erishgan yutuqlar yangi tipdagi epopeyalar yaratishni taqozo qildi. Evropada XIII-XVI asrlarda Gomer traditsiyalarini muvaffaqiyatli davom ettirgan so’z ustalari Dante («Ilohiy komediya») va Gyote («Faust») bo’ldi. XIX asrda esa jahon adabiyotida yangi tipdagi epopeyalar paydo bo’la boshlagan. O. Balzaknning «Inson komediyasi» turkum romanlari, N.V.Gogolning «O’lik jonlar», E. Zolyaning «Rugon Makkar», F. Dostoyevskiyning «Aka-uka Karamazovlar», L.Tolstoyning «Urush va tinchlik», «Anna Karenina» kabi asarlari ham mazmun jihatidan, ham shakl jihatidan yangi tipdagi epopeyalardir.
    O’zbek adabiyoti tarixida ham epopeya elementlari mavjud. Lutfiyning «Gul va Navro’z», Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin», «Saddi Iskandariy», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma» kabi asarlarida epik tasvir o’rin tutadi, ularda, afsonaviy yoki yarim afsonaviy tarzda bo’lsa-da, o’zbek xalqi hayotidagi muhim voqealar yoritilgan. Lekin o’zbek adabiyotida chinakam realistik epopeya keyinroq paydo bo’ldi. S.Ayniyning «Qullar», Oybekning «Navoiy», M.Ismoiliyning «Farg’ona tong otguncha», X. G’ulomning «Mash’al», Said Ahmadning «Ufq» kabi asarlari roman-epopeyalardir.
    Roman ( frantsuzcha) – roman tillarida yaratilgan adabiy asar) – insonning xususiy hayotini jamiyat bilan bog’liq, keng tasvirlovchi yirik epik janr. Muayyan shaxs taqdiri, uning o’z – o’zini anglab etishi (ongining uyg’onishi, xarakterining tashkil topishi va shakllanishi) roman markazida turadi, shaxslar taqdiri vositasida ijtimoiy hayotning u yoxud bu jihatlari ifodalanadi.
    Savol va topshiriqlar:
    1.Kompozitsiya san’ati deganda nimani tushunasiz?
    2.Kompozitsion vositaning qanday turlari bor?
    3.Syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasi haqida gapiring.
    4.Epik nutqning kompozitsion shakllari: rivoya, tavsif, dialokka ta’rif bering.
    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
    1. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –T.: O‘zbekiston, 2000.
    2. Umurov X. Adabiyot nazariyasi. T.: Sharq, 2002.
    3. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: Akademnashr, 2010.
    4. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – T.: Akademnashr, 2018.
    Download 17.09 Kb.




    Download 17.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu. Badiiy asar kompozitsiyasi reja

    Download 17.09 Kb.