|
Reja: Dunyoviylik haqida
|
Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 13,24 Kb. | | #155499 |
Bog'liq Yo\'ldashov Avazbek 2-Mavzu Dunyoviylik -dahriylik emas
Dunyoviylik – Dahriylik emas
Reja:
Dunyoviylik haqida
2.Dahriylik
3.Musulmon dunyosida dahriylikning qoralanishi
Dunyoviylik yoki sekularizm diniy muassasalarning davlatdan, jamiyatdan ayri turishi kerakligini uqtiruvchi qarash va oqimdir. Dunyoviylarga koʻra din va eʼtiqod kishilarning shaxsiy masalasi boʻlmogʻi lozim.Dunyoviylik nafaqat davlatni din taʼsiridan, balki dinni ham davlat siyosati taʼsiridan saqlaydi. Hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning koʻpchiligi dunyoviydir. Jumladan, Oʻzbekistonda ham din va davlat strukturalari bir-biridan ayirilgan.Dahriylik (arab, dahr — vaqt, taqdir, falak) — islom paydo boʻlmasdan ilgari arab jamiyatida keng tapqalgan aqida. "Oʻlim", "takdir", "ajalning yetishi" maʼnolarini anglatgan bu aqidaga koʻra, insonning takdiri oldindan belgilab qoʻyilgan, u erkin iroda yoki ixtiyor egasi emas, peshonasiga "yozilgan" narsa, albatta, sodir boʻladi va undan qutulishning iloji .Johiliya arablarida narigi dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat chekkanga u Doʻnyoda ajr, gunoh ishlar qilganlarga azob berilishiga ishonch yoʻq edi. Borlizing egasi, oliy hokimi sifatida muayyan bir xudo emas, kandaydir "dahr", taqdiri falak, inson irodasi bilan hisoblashmaydigan va undan yuqori turadigan tasodifiy oʻzgarishlar jarayoni tasavvur qilinardi.
Ularning eʼtiqodicha, oʻlimdan soʻng hamma narsa tugaydi, shuning uchun bugungi kun bilan yashab qolish kerak. Bunday hissiyot Qurʼonda quyidagi soʻzlar bilan ifodalangan: "Ular deydilar: faqat bitta — bu dunyodagi hayotimiz bor — yashaymiz va oʻlamiz; bizni dahr (vaqt, takdir) xalok qiladi" (Josiya surasi, 24-oyat).
Keyinchalik, islom adabiyotida "dahriy" soʻzi "moʻʼmin" soʻzining aksi sifatida ishlatila boshlandi. Oʻrta asrlarda bir qancha olim, mutafakkir va shoirlar (mas, Mansur Halloj) Dahriylikda ayblanib, shafqatsiz jazolangan. Hozir ham musulmon dunyosida Dahriylik qoralanadi.
Dahriylik va ateizm atamalari bir maʼnoni anglatmasada, shoʻrolar davrida ularni sinonim soʻz sifatida ishlatish rasm boʻlib qolgan edi.hamda konfessiya vakillari o‘zaro tinch-totuv yashab, o‘z diniy ibodat va rasm-rusumlarini emin-erkin bajarib kelgan bag‘rikeng diyor sifatida qadrlanib kelgan. Hozirgi kunda ham yurtimizda o‘zaro do‘stlik muhitini yaratish, diniy konfessiya vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda 16 ta konfessiya va 130 dan ortiq millat va elatlar mana necha yillardan beri bir osmon ostida ahil yashab kelishmoqda.Aynan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik bugun kunning eng buyuk ne’mati tinchlik va xotirjamlikning asosiy omillaridir. Xalqimizda dono maqol bor: «Bir kun janjal chiqqan uydan, qirq kun baraka qochadi.» Mamlakat miqyosida-chi? Ayrim mamlakatlardagi etnik va diniy nizolarning oqibatini eshitib, internet va telekanallar orqali xabardor bo‘lib turibmiz.Aholisi ko‘p millatli, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va diniy qarashlari turlicha bo‘lgan jamiyatda turli din vakillarining tinch-totuv va o‘zaro hurmat asosidagi hayotini faqat davlat ta’minlashi mumkin.Buning uchun diniy g‘oyalardan davlatga qarshi targ‘ibot olib borishda, diniy asosdagi nizo, nafrat va adovat uyg‘otish, fuqaroviy totuvlikni buzishda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.Buyuk bobokalonimiz imom Abu Mansur Moturidiyning islom aqidasi sofligini asrash borasidagi xizmati beqiyos. U zot butun islom dunyosida tan olingan ikki aqidaviy mazhabdan birining asoschisi hisoblanadi. Alloma “imom al-huda” (hidoyat yo‘lboshchisi), “imom al-mutakallimin” (aqida olimlarining yetakchisi) va “raisu ahlis-sunna val-jamoa” (ahlis-sunna val-jamoa yo‘nalishining rahbari) kabi sharafli nomlarga sazovor bo‘lgan.Imom Moturidiyning aqidaviy qarashlari bizga asosan “Ta’vilot ahlis-sunna” va “Kitob at-tavhid” asarlari orqali yetib kelgan bo‘lib, ularda sof islom ta’limotiga zid qarashlarga ham mantiqiy, ham ilmiy asosda mukammal javoblar berilgan.Tarixdan ma’lumki, dahriylik, ya’ni ateistik qarashlar qadim-qadimdan turli jamiyatlarda goh oshkora, goh yashirin tarzda mavjud bo‘lgan. Turli falsafiy qarashlar, darvinizm va freydizm kabi ta’limotlar negizida vujudga kelgan dahriylik sobiq sho‘ro tuzumi davrida “ilmiy ateizm” nomli alohida fan darajasiga ham yetdi. To‘g‘ri, e’tiqod har bir kishining shaxsiy ishi, lekin o‘z e’tiqodini asoslash uchun sovet davridagi kabi, o‘zga e’tiqodni asossiz tanqid qilish, boshqa bir diniy ta’limotni buzib ko‘rsatishni oqlab bo‘lmaydi.Dahriylikni dunyoviylik bilan chalkashtirib yubormaslik zarur. Ilm ateizmga yetaklamaydi, din esa ilm-fanni inkor etmaydi. Bu borada birinchi prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi so‘zlarini eslash o‘rinli: “Dunyoviylik bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod butunlay rad etiladigan hayot esa qanday g‘ayriinsoniy ekanini biz kechagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz” (Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008. 93-bet).Islom dini ham ilmga targ‘ib qilib, oxirat deb dunyoni, dunyo deb oxiratni unutmaslikka chaqiradi. Bunga Qur’on va hadisdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Qolaversa, o‘rta asrlar tarixida “Sharq uyg‘onishi” deb atalgan davr aynan islomiy ilmlar rivoji bilan birgalikda kechgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.Imom Moturidiy davrida ham qadimgi yunon falsafasi ta’sirida kelib chiqqan ko‘plab dahriyona qarashlar mavjud bo‘lgan. Olim o‘z asarlarida bunday qarashlarni dahriylik, faylasuflik (dahriyona falsafiy qarashlar nazarda tutilgan) va mulhidlik kabi nomlar bilan ataydi.Alloma dahriylarning turli guruhlari haqida so‘z yuritar ekan, jumladan, bunday yozadi: “Ular olam asosining azaliyligi borasida ittifoq qiladilar, lekin uning nimadan va qanday qilib vujudga kelgani haqidagi qarashlarda o‘zaro farqlanadilar” (Abu Mansur Moturidiy. Kitob at-tavhid. Bayrut, “Dar as-sadr”; Istanbul, “Irshod”, 2011. 209-bet).Imom Moturidiyning dahriylarning esxatologik (tarixning tugashi, qabr va oxirat hayoti, borliqning taqdiri va uning sifat jihatdan yangi holatga o‘tishi haqidagi diniy qarashlar tizimi) qarashlarga bergan raddiyasiga e’tibor qilsak. Alloma Qur’oni karimning “Albatta, oyatlarimizni inkor etguvchilarni do‘zaxda kuydirgaymiz” (Niso, 56) oyati tafsirida mavzuga aloqador turli masalalarga to‘xtalar ekan, jumladan, bunday yozadi: “Dahriylar qayta tirilishni inkor etadi. Ular “Borliq u paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Bunga esa bir quvvat sabab bo‘lib, o‘sha quvvat olamni harakatga keltirgan” deyishadi. Dahriylar qanday qilib qayta tirilishni inkor etadi? Axir, olamning ibtidosi ularga qarshi dalil emasmi?” (o‘sha manba, 282-bet).Aqida ilmi peshvosiga ko‘ra, dahriylar qanday fikrda bo‘lmasin, olam ibtidosining o‘zi intiho, ya’ni qayta tirilishga yetarli dalil bo‘la oladi. Ular olamning yaralishiga sabab bo‘lgan cheksiz quvvatni tan olmoqda, lekin o‘sha quvvat manbai nima ekani haqida asosli farazga ega emas. Alloma “Biz kecha va kunduzni qudratimizni ko‘rsatib turadigan ikki belgi (mo‘jiza) qilib qo‘ydik” (Isro, 12) oyati tafsirida ham qimmatli mulohazalarni ilgari suradi: “Kecha va kunduz o‘zaro farqli, bir-biriga zid mo‘jizalardir. Ulardan biri kirib kelishi bilan ikkinchisi ketadi. Ular Olloh taoloning yagona ekaniga shahodat beradi. Chunki kecha va kunduzni bir qancha xudolar yaratganda ulardan har biri o‘zi yaratgan narsani dunyoda hukmron qilishga intilardi. Demak, bu – yagona Yaratuvchining ishi. Kecha va kunduzning yillar davomida davriy uzunligi o‘zgarmasdan bir maromda, o‘tgan yillardagidek takrorlanib turishi ham ularni yagona kuch idora qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu mo‘jizalarda Yaratuvchining ilmi va hikmatining beqiyosligini ham anglash mumkin. Negaki, faqat kecha mavjud bo‘lganda, uning bir o‘zidan manfaat bo‘lmas, agar faqat kunduz mavjud bo‘lganda, uning bir o‘zi hayot uchun kifoya qilmasdi” (o‘sha manba, 238-bet).Allomaning yozishicha, bu ikki voqelik, ayni choqda qayta tirilishga ham dalolat bo‘lib, ularning biri ketgach oldingisidan asar ham qolmay, so‘ngra u yana o‘z o‘rniga xuddi avvalgidek qaytib keladi. Mazkur ikki mo‘jiza moddiyunchilar, as’hobi nujum (yulduz va sayyoralarga sig‘inuvchi guruh), dahriylar va barcha dinsizlarning da’vosiga qarshi dalildir.Ko‘rinib turibdiki, alloma aqidaviy masalalarni dalillashda izchil mantiq va tafakkur kuchiga tayanib, aql va mantiqni da’vo qiluvchi guruhlarni ularning o‘z quroli bilan mag‘lub etgan.
Xullas, allomaning ilmiy merosi bugun ham yuksak amaliy ahamiyatga ega.
Bajardi: Yo'ldashov Avazbek
|
| |