Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, fanlarni oʼqitishda pedagogik innovatsiyalarni qollash. Rustamov Mirodiljon Muhammadjonovich Andijon davlat tibbiyot instituti




Download 31.46 Kb.
bet1/2
Sana03.09.2023
Hajmi31.46 Kb.
#80069
  1   2
Bog'liq
tezis 4
Mavzu Ong borlig\'ining manaviy shakli Reja

INNOVATSION TA’LIM MUHITINI YARATISH, FANLARNI OʼQITISHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALARNI QOLLASH.


Rustamov Mirodiljon Muhammadjonovich
Andijon davlat tibbiyot instituti.

Mamlakatimizda milliy tibbiyot va farmatsevtika ta’limini modernizatsiya qilish, ushbu sohaga xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ta’lim olayotgan yoshlarga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Farobiy “Ilm va sanʼatning fazilatlari” risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligi, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va buning asosida ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini takidlaydi.


Yana bir yurtdoshimiz Xorazmiy bilim olishda oʼquvchining shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan amalda foydalanishiga katta eʼtibor bergan.Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va uning yangi texnologik rivojlanishga o‘tish jarayoni dunyo tovar va moliya bozorlarida, raqamli texnologiyalarni joriy etish sohasida va aholining ijtimoiy-iqtisodiy, o‘sib borayotgan muammolarini hal qilish usullarida tobora raqobatning tobora kuchayishiga olib kelmoqda. Ushbu masalalarning asosiy yechimi ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yetakchi mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, to‘rtinchi sanoat inqilobi davrida xalqaro raqobatbardoshlikka erishish, to‘plangan institutsional muammolarning yangi yechimlarini izlab topish, shuningdek globallashuv tufayli yuzaga kelayotgan bahsli masalalarni hal qilishdan iborat bo‘lishi lozim.
Dunyoning rivojlangan davlatlari kabi O’zbekiston Respublikasi ham ta’lim tizimida ilg’or innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda interaktiv metodlardan ta’lim tizimida qo’llash jarayonini rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy kompyuter, o’quv laboratoriya jixozlari bilan ta’minlash, o’quv- metodik adabiyotlarni halqaro talablarga javob beradigan darajada yangilash va o'quv jararayonida ilg’or pedoagogik, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish sharoitida ta’lim muassasalariga Yuqori malakali kadrlar tayyorlashda yangi talablar qo’yilmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish ta’lim oluvchilarni faol hayotiy pozisiyasini, innovatsion salohiyatini, yangiliklarga tez moslashish xususiyatlarini, o'zgaruvchan ijtimoiy-madaniy sharoitlarga moslashish resurslarini, ijodkorligini shakllantirish hamda ta’lim jarayonida yangi texnologiyalardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
Ilm-fan, texnologiya va innovasiyalardagi o'zgarish sur'ati bugungi kunda juda yuqori tezkor va malakali monitoringni o'tkazmasdan xo'jalik faoliyatining samaradorligini ta'minlash deyarli mumkin emas. Barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun chegara bilimi, texnologiya va texnologiya nafaqat qisqa muddatda, balki juda uzoq kelajakda ham qanday bilimga ega bo'lishni talab qiladi.Uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo'llarini aniqlash, innovasion faoliyatni kengaytirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish zarur bo'lgan holatlarda eng samarali vosita hisoblanadi. Uning rivojlanishi nafaqat mavjud tendentsiyalariga asoslangan holda, balki istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnologik yutuqlarni hisobga olgan holda uzoq muddatli prognozlash usullarini ―Forsaytni qo'llash zarurati bilan bog'liq[78]. Forsayt – mazkur atama ingliz tilida (foresight --kelajakka nazar ma'nosini anglatadi. U innovasiyani ilgari surish, strategik baholashni faollashtirish va ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha uzoq kelajakka mo'ljallangan foaliyatni nazarda tutadi Forsayt – taniqli olimlar soha mutaxassislari guruhi rahbarlik qiladigan, ilmiy tadqiqotlarning muayyan sohasida erishilgan yutuqlari bilan ajralib turadigan, ilmiy-tadqiqot muammolari bo'yicha yutuqlarga erishgan, uzoq kelajakka mo'ljallangan hamkorlikdagi harakat kordinasiyasi (FOREN Guede);
Forsayt – har bir sohaning kelajagini tizimli tasavvur qilish va ilmiy bashoratlash va innovasion rivojlantirish (Australian Center for Innovation)[142]; Forsayt – mazkur atama ingliz tilida ―kelajakni ko'ra olish‖ ma'nosini anglatadi va ijodiy tafakkur mahsuli sifatida ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha uzoq kelajakka mo'ljallangan foaliyatni nazarda tutadi. Uning umumiyta'rifi: faolprognoz, prognoz, iqtisod, fan, biznesdagi kelajakdagi vaziyatning rivojlanishini bashorat qilishdir. Aslida, bu kelgusi bir necha oy uchun ishonchli qisqa muddatli prognozlarga asoslanib, juda uzoq muddatli prognozlarni (5 yildan 50 yilgacha) tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Forsayt ijtimoiy faoliyatning barcha jabhalarida: fan va texnologiyalar, iqtisodiѐt, ijtimoiy munosabatlar, madaniyatning o'zgarishi va rivojlanishlarini isobga olgan holda uzoq muddatli kelajakni shakllantirishning tizimli vositasidir
Innovatsion faoliyatni tashkil qilishda o’qituvchi quyidagilarni yodda saqlashi lozim. K.D.Ushinskiy fikriga ko’ra, pedagogikada malaka emas, balki malakadan hosil bo’lgan fikr yetkaziladi. “Begona” malakani pedagog “o’zidan o’tkazib”, shaxsiy va kasbiy rivojlanish darajasiga mos o’z metodini ishlab chiqishi lozim. Innovatsion fikrlar inson va jamiyatning real ta’lim ehtiyojlariga mos, ishonchli va adekvat bo’lishi kerak, ular aniq maqsad, vazifa va texnologiyalarga ko’chgan bo’lishi lozim. Innovatsiya pedagogik jamoa barcha a’zolarining aql va ashyolarini qamrab olishi lozim, innovatsion faoliyat ma’naviy va moddiy rag’batlantirilishi lozim, innovatsion faoliyatning huquqiy ta’minoti muhimdir. Pedagogik faoliyatda nafaqat natija, balki usul, ashyo, unga erishish metodlari ham muhim ahamiyatga egadir.
"Innovatsiya" tushunchasi fanlararo xususiyatga ega va zamonaviy ijtimoiy tadqiqotlarda eng mashhurlaridan biridir. Lotin tilidan tarjima qilingan bu "yangilanish, yangilik yoki o'zgarish" degan ma'noni anglatadi. Tizimli yondashuv kontekstida "innovatsiya" tizim faoliyatidagi maqsadli o'zgarish sifatida aniqlanadi va keng ma'noda bu tizimning turli sohalari va elementlarida sifat va miqdoriy o'zgarishlar bo'lishi mumkin .
"Innovatsiya" tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunoslarning tadqiqotlarida ishlatilgan.va bir madaniyatning elementlarini boshqasiga kiritishni anglatardi. Innovatsion jarayonlarning birinchi to'liq tavsifi XX asr boshlarida iqtisodiy tizimlar rivojlanishidagi o'zgarishlarning "yangi kombinatsiyalarini" tahlil qilgan iqtisodchi I. Shumpeter tomonidan taqdim etilgan (1911). Biroz vaqt o'tgach, 30-yillarda I. Shumpeter va G. Mensh yangi texnologiya yoki mahsulotda ilmiy kashfiyotning timsoli deb hisoblangan "innovatsiya" atamasini ilmiy muomalaga kiritdilar. Shu paytdan boshlab "innovatsiya" kontseptsiyasi va unga qo'shilgan "innovatsion jarayon", "innovatsion potentsial" va boshqa atamalar umumlashtirishning Yuqori darajadagi umumiy ilmiy toifalari maqomiga ega bo'ldi va ko'plab fanlarning kontseptual tizimlarini boyitdi.
Bugungi kun talabidan kelib tibbiy ta’limda jahon miqyosidagi yetakchi tibbiyot ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikka asoslangan innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, innovatsion ta’lim metodlarini rivojlantirish va innovatsion ta’lim muhitini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon tajribasida innovatsion usullardan foydalanish shuni ko’rsatdiki talabalarga yangi ma’lumotlarni va bilimlarni berishda zamonaviy innovatsion o’qitish texnologiyalaridan foydalanish, darslarni tashkil etishda interaktiv ta’lim metodlarini qo’llash, talabalarning shaxsiy ijtimoiy faollik darajasini oshirishga imkon beradi, o'qishni kasbiy amaliyotiga yaqinlashtirishga yordam beradi, nafaqat olingan bilimlar bo'yicha, ko'nikma va malakalarni, balki faol hayotiy pozitsiyani ham shakllantiradi.



Download 31.46 Kb.
  1   2




Download 31.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, fanlarni oʼqitishda pedagogik innovatsiyalarni qollash. Rustamov Mirodiljon Muhammadjonovich Andijon davlat tibbiyot instituti

Download 31.46 Kb.