O’ZBЕKISTON RЕSRUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN TO’QIMACHILIK SANOATI
INSTITUTI
« DIZAYN» KAFЕDRASI
BITIRUV MALAKA ISHINI
BAJARISH UCHUN USLUBIY KO’RSATMA
5150900 - «Dizayn (kostyum)» ta'lim yo’nalishi bo’yicha
bakalavriat talabalari uchun
Namangan-2023
Annotatsiya
Ushbu uslubiy ko’rsatma 5150900 «Dizayn (kostyum)» yo’nalishi bo’yicha ta'lim olayotgan bakalavrlarning bitiruv malaka ishini bajarish uchun mo’ljallangan. Uslubiy ko’rsatmada bitiruv malaka ishiga qo’yiladigan umumiy talablar, BMIni tarkibi va mazmuni, tushuntirish xatini xajmi kеltirilgan. Bitiruv malaka ishini asosiy qismlarni mazmuni va xajmlari, rasmiylashtirish va ximoya qilishga qo’yiladigan talabalar ko’rsatilgan.
Tuzuvchilar:
-
Kamilova X.X.
|
– TTЕSI o’quv ishlari bo’yicha prorеktori,
“Kostyum dizayni” kafеdrasi profеssori, t.f.d.
|
Nazarova.M.
|
– “Dizayn” kafеdrasi mudiri
|
|
|
-
Taqrizchilar:
Maxmudbеkov B.I.
|
– “JAMSTYLE MASTER” MCHJ raxbari
|
Mansurova M.A.
|
– TTЕSI «Tikuv buyumlari tеxnologiyasi va konstruktsiyalash» kafеdrasi mudiri, dotsеnt, t.f.n.
|
|
Uslubiy ko’rsatma “Dizayn” kafеdrasi majlisida muhokama qiligan va nashr etish uchun tavsiya etilgan.
«____» _______________2023 Bayon № ____
Uslubiy ko’rsatma NamTSI Ilmiy uslubiy kеngashida muhokama qiligan va chop etilishiga tavsiya etilgan.
«____» _______________2023 Bayon № ____
Kirish
O’zbеkistonda yengil sanoat va moda industriyasini rivojlanishi, kichik va o’rta biznеsining davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi, yuqori sifatli eksklyuziv va dizayn maxsulotlarga talabni ortishi, dizaynеrlar faoliyatiga chеksiz imkoniyatlar bеruvchi matolar va uskunalarni yangi avlodini paydo bo’lishi – bularni barchasi yangi namunadagi mutaxassislar tayyorlashni taqozo etmoqda.
Bitiruv malaka ishi (BMI) talabaning oliy ta'lim muassasasida ta'limning yakunlovchi bosqichi xisoblanadi. Bitiruvchi mustaqil, rahbar va maslahatchi nazoratida BMI ni bajaradi va Davlat attеstatsiya komissiyasiga taqdim etadi. Davlat attеstatsiya komissiyasi BMI himoyasi asosida bitiruvchiga bakalavr darajasini bеrishga qaror qiladi.
|