• TOSHKENT 2024 Mavzu: Biologik faol qo‘shimchalar “
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti




    Download 1.5 Mb.
    Sana08.04.2024
    Hajmi1.5 Mb.
    #191368
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH BFQ
    Kompyuter ko\'nikmalari Mustaqil ishlar, MUSTAQIL ISH Red Bull

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
    MENEJMENT VA KASB TA’LIMI FAKULTETI

    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: Biologik faol qo‘shimchalarAnfa pharmaceuticals” kompaniyasi talqinida
    Bajardi: ________________
    Tekshirdi:_______________


    TOSHKENT 2024
    Mavzu: Biologik faol qo‘shimchalarAnfa pharmaceuticals” kompaniyasi talqinida
    Reja:

    1. Kompaniya haqida

    2. Biologik faol qo'shimchalar

    3. Ishlab chiqarish

    4. Kompaniya tuzilishi va sertifikatlar

    5. Xulosa

    6. Foydalanilgan adabiyotlar

    ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasi 2013 yilda Aziz Gaybullayevich Mixliev tomonidan tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston va qo’shni MDH davlatlarining farmatsevtika bozoridagi jadal ravishda rivojlanayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. ANFA PHARMACEUTICALS brend nom bo’lib, “TOP PHARM SERVICE” MCHJ qoshida o’z faoliyatini yuritadi. Ayni vaqtda, “TOP PHARM SERVICE” MCHJ, “ORIENTAL FOOD AND BEVERAGES” MCHJ, “VIVA HERBA” MCHJ “AGM GROUP” tasarrufidagi kompaniyalardir.


    ANFA PHARMACEUTICALS biologik faol qo’shimchalar (BFQ) ishlab chiqarishda mahalliy farmatsevtika va nutritsevtika bozorining yetakchilaridan biri hisoblanib, iste’molchilarning sog’lig’i va talablariga javob beradigan zamonaviy, sifatli va arzon ozuqaviy qo’shimchalarni yetkazib berishda faol hizmat ko’rsatib kelmoqda. ISO 22000 va ISO 9001 (International Organization for Standardization – Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti) standartlari esa Kompaniya uchun keng qamrovda yuqori sifatli biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqarish imkonini bermoqda.

    Kompaniya mukammal texnologik yechimlarni hal qilishda ushbu sohaning xalqaro «innovatorlari» bilan hamkorlik qilish bilan bir qatorda, ularning sohaga oid zamonaviy texnologiyalarini O’zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish maqsadida o’zining ishlab chiqarish liniyasiga joriy qilib kelmoqda.


    Kompaniyaning ishlab chiqarish muassasalari Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo’lib, 2021 yilda ushbu maskanlarda mamlakatimizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilmayotgan hamda O’zbekiston hududida xorijiy kompaniyalarning patentlari bilan himoyalanmagan eng muhim ozuqaviy nutritsevtik darmonlar, jumladan, zarur ozuqaviy qo’shimchalarni keng qamrovda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

    ANFA PHARMACEUTICALS sifatli hamda samarali davolashni ta’minlovchi zamonaviy biologik faol qo’shimchalarning keng turini taklif etadi. Bugungi kunda ANFA PHARMACEUTICALSning mahsulot portfeli 40ga yaqin bio-qo’shimchalardan iborat bo’lib, mahsulotlar O’zbekiston va Qozog’istonning barcha hududlarida taqdim etilgan.


    Biologik faol ozuqaviy qo’shimchalar – bu nima?


    Balansli ovqatlanish – sog’lig’imizning asosidir. Biologik faol ozuqaviy qo’shimchalar sizning parhezingiz me’yorida bo’lishini ta’minlash uchun lozim bo’lgan birikmalar majmuidir.
    Biofaol ozuqaviy qo’shimchalar, bular dorivor preparatlar sirasiga kirmaydi. Ular o’simlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki ba’zi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham qo’lga kiritilishi mumkin.
    Biologik faol qo’shimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o’simlik ekstraktlari, to’yinmagan yog’li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o’z ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sog’lom moddalarni o’zlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini kuchaytirib, ko’plab kasalliklarning xavfini kamaytiradi.

    Nutritsevtik vositalar oziq-ovqat yoki ichimlik tarkibiga qo’shilganda, ularni muhim moddalar (aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, ko’p to’yinmagan yog’li kislotalar, ozuqaviy tolalar va boshqalar) bilan boyitadi va inson tanasining ayrim fiziologik faoliyatini hamda inson tanasining tizimini tartibga soladi. Ularni boshqacha ko’rinishda (ekstraktlar, surtmalar, nastoyka, kontsentratlar va boshqalar) ham iste’mol qilish mumkin.


    Olimlar va shifokorlarning fikriga ko’ra, biofaol moddalarni to’g’ri va muntazam iste’mol qilish nafaqat yoshlikni, sog’liqni va quvvatni saqlab qolish imkonini beradi, balki hayot tarzini sezilarli darajada yaxshilaydi.
    Ozuqaviy biofaol mahsulotlarni oziq-ovqat va dori-darmonlardan ajratish mezonlari:

    • Ozuqalanishning optimal fiziologik ratsioniga erishish uchun BFQ qo’shimchalardan foydalanish zaruriyati;

    • BFQ mahsulotlarining savdosi ma’lum dozalarda oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida yuritilishi;

    • BFQ mahsulotlarida farmakologik ta’sirning yo’qligi;

    • BFQ mahsulotlarida nojo’ya ta’sirning yo’qligi;

    • BFQ inson organizmi va tizimining fiziologik barqaror bo’lmagan hollarda ularning funktsional faoliyatini qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallanganligi;


    «TOP PHARM SERVICE» kompaniyasi o’z mahsulotlarini qorli tog’lar ortida unib-o’sib chiqqan giyoh-dorivor o’simliklardan maxsus yo’llar yordamida tayyorlaydi. Kompaniya ayni paytda teri kasalliklari, nafas olish kasalliklari, ko’z, burun va quloq kasalliklari, oshqozon-ichak trakti kasalliklari, endokrinologik hastaliklar hamda prostata va siydik yo’li tizimi kasalliklari uchun qo’llaniladigan bio-faol qo’shimchalar ishlab chiqaradi. Shuningdek, giyoh o’simliklardan tayyorlangan qand kasalligiga qarshi kurashuvchi vositalar, sedativ va antidepressant vositalar, ishtaha ochuvchi vositalar, ginekologik kasalliklarni davolash uchun fito-preparatlar, tarkibida kaltsiy mavjud bo’lgan tabiiy preparatlar hamda boshqa kasalliklar uchun biofaol qo’shimchalar ishlab chiqaradi.


    Ishlab chiqarish majmuasi quyidagilarni o’z tarkibiga olgan:
    Tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi 2 ta zavod
    Sifatni boshqarish markazi
    Ilmiy-tadqiqot markazi
    Tayyor mahsulot, xom-ashyo va boshqa materiallar omborxonasi

    Kompaniyaning ishlab chiqarish majmualari ayni vaqtda yetakchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasining ishlab chiqarish majmuasi hamda malakali mutaxassislari ishlab chiqarishni takomillashtirish maqsadida eng zamonaviy texnologik jarayonlar va texnologiyalarni tez va ishonchli ravishda joriy etishni ta’minlaydilar.


    Majmualarning qurilishi va joylashuvi hamda undagi jihozlarning to’gri joylashuvi ishlab chiqarish jarayonining mantiqiy tartibini ta’minlaydi, ish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo’lgan chalkashliklarni oldini oladi va mahsulot sifatiga ta’sir qiluvchi zararli omillarni bartaraf etadi.
    ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasining barcha bo’linmalarining xodimlari ishlab chiqarishni ta’minlash, berilgan vazifalarni bajarish va mahsulotlar sifatni nazorat qilish masalalarini hal qilish uchun yuqori malaka va katta amaliy tajribaga ega.

    Kompaniya tuzulishi





    Sertifikatlar

    «Top Pharm Service» guvohnomasi Savdo-sanoat palatasi guvohnomasi O’zstandart ISO 9001:2015


    ICIM Sertifikati ISO 9001:2015 Muvofiqlik Sertifikati IQNET Sertifikati

    Xulosa
    Biologik faol qoʻshimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, oʻsimlik ekstraktlari, toʻyinmagan yogʻli kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni oʻz ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sogʻlom moddalarni oʻzlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini kuchaytirib, koʻplab kasalliklarning xavfini kamaytiradi.


    Ular oʻsimlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki baʼzi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham qoʻlga kiritilishi mumkin.
    Ozuqaviy biofaol mahsulotlar oziq-ovqat va dori vositalaridan quyidagi mezonlarga koʻra ajratiladi:

    • Ozuqalanishning optimal fiziologik ratsioniga erishish uchun BFQ qoʻshimchalardan foydalanish zaruriyati;

    • BFQ mahsulotlarining savdosi maʼlum dozalarda oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida yuritilishi;

    • BFQ mahsulotlarida farmakologik taʼsirning yoʻqligi;

    • BFQ mahsulotlarida nojoʻya taʼsirning yoʻqligi;

    • BFQ inson organizmi va tizimining fiziologik barqaror boʻlmagan hollarda ularning funksional faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallanganligi;

    Biofaol ozuqaviy qoʻshimchalar dori vositalari sirasiga kirmaydi!

    Foydalanilgan adabiyotlar



    1. https://yuz.uz/uz/news/

    2. https://aniq.uz/

    3. https://www.uzpharm-control.uz/

    4. https://uz.wikipedia.org/

    5. https://anfa.uz/

    Download 1.5 Mb.




    Download 1.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo-texnologiya instituti

    Download 1.5 Mb.