O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari




Download 60,7 Kb.
bet1/9
Sana29.11.2023
Hajmi60,7 Kb.
#108021
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
қурилиш иқтисодиёти 11-амалий


11-amaliy mashg‘ulot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari.


1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari.

Boshqaruv tizimida uning tashkiliy asoslari, ya’ni bir-biriga bo‘ysunish va aloqadorlik vertikallari va gorizontalligini yaxshi tushunib olish kerak. Oldingi buyruq-rejali iqtisodiyot sharoitlarida boshqaruv tizimi ittifoq, ittifoq-respublika va respublika ministrliklari va idoralari orqali amalga oshirilardi. «SSSR Davlat qurilish» ministrligi qurilish sohasida yagona ilmiy-texnik va iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi bosh organ edi.

Bu hujjatlarga asoslangan ravishda «O‘zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida» O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (02.12.2003 y. № 538), va «O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g’risida NIZOM» (Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 dekabrdagi 538-son qaroriga 4-ilova) qabul qilindi.


Qurilishning xalq xo‘jaligi tarmog’i sifatida rivojlanish konsepsiyasi davlatdan arxitektura va qurilish qo‘mitasiga («Davarxitekt-qurilish»), qurilishni boshqarishni esa asosan bir-ikki bo‘g’inli asosda olib borish ko‘zda tutilgan. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi sharoitlarda qurilishni boshqarishda mijozlarga «kalitni berish» ya’ni ob’ektlarni foydalanishga tayyor holda qurish shartlari asosida ob’ektlar quruvchi qurilish tashkilotlari - qurilish boshqarmalari va trestlari bo‘lib bormoqda.
«O‘zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida» O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko‘ra quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining eng muhim asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini o‘tkazish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati, shahar va qishloq aholi yashash punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlikka oid qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) kapital qurilishda islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, shartnoma munosabatlarining rolini oshirish, qurilishda narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
3) loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish, qurilishning bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish;
4) kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
5) tanlov savdolari natijalariga ko‘ra tuzilgan shartnomalar majburiyatlari bajarilishining monitoringini olib borish, ob’ektlarni qurish sifati va muddatlarini nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan umumiy soni 96 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlarining soni 85 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi , hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining namunaviy tuzilmasi ushbu qarorda belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisiga xodimlarning cheklangan soni doirasida raisning uch nafar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari hamda 9 kishidan iborat hay’at tuzish hamda xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida qo‘mita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining mazkur qo‘mita tarkibida:
Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, yangi texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazini tashkil etish;
Pudrat savdolarini (tenderlarni) tashkil etish respublika boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasining kapital qurilishda narxlarni shakllantirish mintaqaviy markazlari negizida qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari tashkil etish;
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasining Standartlashtirish va sertifikatlash boshqarmasi negizida xo‘jalik hisobidagi qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazini tashkil etish topshiriladi.
Davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari, qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlarining namunaviy tuzilmalari shuningdek ular to‘g’risidagi namunaviy nizomlar ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini joriy moliyalashtirish davlat byudjeti mablag’lari va byudjetdan tashqari manbalar, shu jumladan davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari hamda qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari daromadlaridan 10 foiz ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlarini yuklangan vazifalarni bajarish, shu jumladan narxlarni shakllantirish masalalari bo‘yicha kerakli materiallar va axborotlar taqdim etish uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlab boradilar.
Ushbu Qarorda investitsiya loyihalarining hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g’risidagi Nizom tasdiqlangan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori

Download 60,7 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 60,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari

Download 60,7 Kb.