|
"Buxgalteriya hisobi va audit"
|
bet | 1/13 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 73,42 Kb. | | #259047 |
Bog'liq ..MONOPOL RAQOBATLASHGAN BOZOR, UNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
TOSHKENT AMALIY
FANLAR UNIVERSITETI
"Buxgalteriya hisobi va audit" fakulteti
|
“Tarmoqlar iqtisodiyoti ” kafedrasi
|
Ro'yxatga olindi №
«____» _______20__ й
|
Ro'yxatga olindi №
«____» _______20__й
|
“Tarmoqlar iqtisodiyoti ” kafedrasi
KURS ISHI
MAVZU: MONOPOL RAQOBATLASHGAN BOZOR, UNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Ilmiy rahbar:_________________________________________________
(lavozim, FISh)
Bajardi: BHA 22-S-04 A Berdiyeva Zuxro
Komissiya a’zolari: ____________________________
_________________________
___________________________
Himoya natijasi: «_____» baho «___» ______________ 20__й.
Toshkent – 2024
MAVZU: MONOPOL RAQOBATLASHGAN BOZOR, UNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
MUNDARIJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
Bozor va raqobat tushunchasi
Raqobatning mohiyati, shakllari, turlari va usullari
3. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda raqobatning roli
4. O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar va monopoliyaga qarshi qonunchilik
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. Bozor mеxanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat‘iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim bеlgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi.Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar, korxonalar o'rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda kеltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqеini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kеrakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va matеriallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida istе‘molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi. Raqobatni har qanday sohada ko'rishimiz mumkin: resurs yitkazib beruvchilar orasida-o‘zlarining iqtisodiy rеsurslarini (kapital, tabiiy rеsurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va rеsurslarni yetkazib bеruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. Raqobat iste'molchilar orasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, yani xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koproq naflilikka ega bolishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar.Shunday qilib, raqobat kop qirrali iqtisodiy hodisa bolib, u bozorning barcha subеktlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor sub'ektlari iqtisodiy manfaatlarning to'qnashuvidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi. Raqobat mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovar pul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli raqobatning asosiy sohasi bozor hisoblanadi. Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar raqobat kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Raqobatning halol va g'irrom turlari ham mavjud. Halol raqobat bu-ma'lum bir belgilab berilgan qonun qoidaga asoslanib hammaga maqbul usullar bilan raqobat olib borilishiga aytiladi. G'irrom raqobatda esa ta'qiqlangan va qoralangan usullarda, yani qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol raqobatni tan oladi.
Raqobat va monopoliya bir-biriga teskari bo'lgan tushuncha.Monopoliya qarobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi.Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliya jamiyat uchun zararlidir. Chunki monopoliya bor joyda iqtisodiy rivojlanish bo'lmaydi. Iqtisodiy rivojlanish bo'lmagan davlat asta-sekin yo'q bo'la boshlaydi.
Monopoliyaga qarshi siyosat -monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi e‘lon qilgan ma‘lumotlarda O`zbekistonda 2020-yilning noyabr oyi holatiga kora, 131 ta tabiiy monopoliya subyekti mavjud.2019-yil bilan taqqoslaganda mamlakatdagi tabiiy monopoliya subyektlari soni oltitaga kamaydi. Otgan yil yakunlari bo‗yicha O`zbekistonda 137 ta tabiiy monopoliya subyekti qayd qilingandi.Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham raqobat boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996 yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi. "Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992 yil 3-avgust) qonunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996 yil 26 aprel) qonuniga asosan, gʻirrom raqobatga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996 yil 27 dekabr) qonunida ham sogʻlom raqobat muhitining huquqiy shart-sharoitlari taʼminlab berilgan.
|
| |