• Kurs ishining tuzilishi
  • "Buxgalteriya hisobi va audit"




    Download 73,42 Kb.
    bet2/13
    Sana01.06.2024
    Hajmi73,42 Kb.
    #259047
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    ..MONOPOL RAQOBATLASHGAN BOZOR, UNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

    Kurs ishining maqsadi: Monopol raqobatlashgan bozor tizimini tushunish va o'rganish.
    Kurs iishining vazifalari: Monopolning ma'nosi va turlari haqida tafsilotli ma'lumot berish. Monopolning afzalliklarini, masalan, narxlarni belgilash, kuchli brendlar bilan ishlash imkoniyatini ta'minlash, foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish, innovatsiyalarni kengaytirish kabi, tushuntirish. Monopolning kamchiliklarini, masalan, narxlarni oshirish, sifatni pasaytirish, tanlov va tanlov sohasida cheklanishlar kabi, tushuntirish. Monopol raqobatlashgan bozorlarning tartibi va nazorati haqida ma'lumot berish. Monopolni tartibga solishning qanday usullarini va strategiyalarini ta'riflash va shuningdek monopol raqobatlashgan bozorlarda to'g'ridan-to'g'ri hamkorlik qilishning muhimligi haqida tushuntirish kurs ishiniing vazifasi hisoblanadi.
    Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi 2 bob, 4 ta paragraf, kirish qismi, xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar qismidan tashkil topdi.
    1.Bozor va raqobat tushunchasi
    Bozor iqtisodiyotida monopoliya raqobatga qarshi kuch sharoitida paydo bo`ladi va u raqobat ta`siri sharoitini o`zgartiradi.
    Monopoliya — bu bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy hodisa bo`lib, unda yirik sotuvchi yoki xaridorlar o`z iqtisodiy qudratiga suyanib, boshqa bozor ishtirokchilariga hukmlarini o`tkazadilar. Bunda monopolchilarning shaxsiy manfaatiga asoslangan, ularning foydasini ko`zlagan shartlar qolgan barcha uchun majburiy hisoblanadi. Bularga nisbatan boshqalar bozorga ta`sir o`tkazish kuchiga ega bo`lmay, o`z manfaatlarini ko`zlash imkonidan mahrum bo`ladilar. Taklif hajmi va bozordagi baho monopoliya tomonidan belgilanadi.
    Monopoliya holati firmalarga juda qo`l keladi. Chunki xaridorlarga qaram bo`lish, ularning didiga qarab ish tutish zaruratidan holi bo`linib, ularning talabiga zid ish ko`rish imkoni tug`iladi. Agarda xaridorlar majburiy qo`yilgan baholardan norozi bo`lsalar, monopolchi ishlab chiqarishni qisqartirib, savdoga chiqadigan tovar (xizmat)larni kamaytirishi mumkin. Bunda xaridorlarning mavjud yuqori bahoni tan olishdan boshqa iloji qolmaydi, albatta. Buning xaridorlarga qanday ta`sir etishi, kam xarajatli oilalarning ahvoli og`irlashuvi bilan monopoliyaning ishi bo`lmaydi. Monopolchilarni faqat bir narsa: yuqori foyda va katta daromad qiziqtiradi.
    Monopolcha bozorni boshqarishning turlicha foyda olish usullari mavjud bo`lishiga qaramay, ularning hammasi jamiyat uchun katta iqtisodiy zarar keltirishini insoniyat o`z tarixida ko`rib o`tdi. Bu haqida keyinroq so`z yuritamiz. Hozir tabiiy monopoliya haqida so`z yuritaylik. Jamiyatning normal talabiga mos keladigan monopoliyalar ham bo`ladi. Bularni, albatta, iqtisodiyot siqib chiqarmaydi va jamiyat ta`qiqlashni istamaydi. Masalan, firma noyob tovarlar ishlab chiqarsa, bunda eng yangi texnologiyani qo`llab, foydadan xoli bo`lmagan holda past narxlarda sotish usulini qo`llab bozorni egallasa, buning yomon tomoni yo`q. Tabiiy usulda yuzaga kelgan monopoliya qonuniy bo`lib, uni yo`q qilish maqsadga muvofiq emas yoki iqtisodiy foy-dadan xoli emas.
    Bunday monopoliyalar tabiiy boyliklardan foydalanish, transport, aloqa yoki kommunal xo`jalik tarmoqlarida bo`lishi mumkin. Masalan, juda noyob foydali qazilma uchun bitta shaxta etarli bo`lib, ikkinchi raqibning keragi yo`q. Shuningdek, aloqa shoxobchalari, gaz quvurlari kabilarni ko`rsatish mumkin.
    Tabiiy monopoliya shunday holatni taqozo etadiki, bunda ob`ektiv kuchlar (tabiiy yoki texnik) sababli tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish bir firma qo`lida bo`lib, lekin bu jamiyat uchun foydali hisoblanadi. Buning oldini olib bo`lmaydi, hatto zaruriyati ham yo`q. Ammo narx-navo bu monopoliyalar uchun davlat tomonidan yoki mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanish zaruriyati tug`iladi.
    Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’yektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor sub’yektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini, ya’ni kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchini yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: - tartibga solish vazifasi-ishlab chiqarishni talab, ya’ni iste’molga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi; - resurslarni joylashtirish vazifasi-ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi; - innovatsion vazifasi-fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’yektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi; - moslashtirish vazifasi-korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining kengayishiga o‘tishini bildiradi; - taqsimlash vazifasi-ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi yalpi ichki mahsulotning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi; - nazorat qilish vazifasi-bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.

    Download 73,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 73,42 Kb.