O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV




Download 60,7 Kb.
bet4/9
Sana29.11.2023
Hajmi60,7 Kb.
#108021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
қурилиш иқтисодиёти 11-амалий

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-avgust,
PF-151-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoniga
1-ILOVA
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Quyidagilar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
a) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda shaharsozlik norma va qoidalarining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etish;
b) aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, shaharsozlik kadastrini yuritish;
v) yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan eksperimental loyihalarni va energiya tejamkor loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shuningdek, loyiha va pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular faoliyatini litsenziyalash, shaharsozlik hujjatlarining ekspertiza qilinishini ta’minlash;
g) qurilish bozorida tovar va xizmatlar qiymatini aniqlashning hamda davlat xaridlarini tashkil etishning shaffof tizimini joriy etish;
d) qurilish obyektlarida nazoratning amalga oshirilishini ta’minlash va muvofiqlashtirish, shuningdek, bino va inshootlarni loyihalash va qurishda seysmik xavfsizlik talablarini kuchaytirish;
e) ichimlik, oqova suv va issiqlik ta’minoti tizimining ekspluatatsiya faoliyatini muvofiqlashtirish, nazoratni ta’minlash, tizimni tubdan isloh qilish va sohani raqamlashtirish;
j) ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish va samarali ishlashini tashkil etish, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanishda nazoratni ta’minlash, shuningdek, avariya holatidagi va ma’nan eskirgan uylarni renovatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
z) shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida kadrlarni mahalliy va xorijiy yetakchi ta’lim muassasalarida tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kompetensiyasini baholash ishlarini tashkil etish hamda sertifikatlash jarayonlarini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoniga
2-ILOVA

Download 60,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 60,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Download 60,7 Kb.