|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
|
bet | 2/9 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 60,7 Kb. | | #108021 |
Bog'liq қурилиш иқтисодиёти 11-амалийO‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5030-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
7. O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
shaharsozlik, shaharsozlik normalari to‘g‘risidagi qonunchilikka, qoidalar va standartlarga rioya etish nazoratini ta’minlash;
hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini sifatli ishlab chiqishni ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
shaharsozlik sohasida davlat siyosatini o‘tkazish va texnik jihatdan tartibga solish;
loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish;
arxitektura, loyiha ishi va qurilish sohalarida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish;
Qurilish vazirligi tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash.
Qurilish vazirligi mas’ul ijrochilar — manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, belgilangan muddatlarda tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksini sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish maqsadida:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida yangi tuzilayotgan muassasalar faoliyatini tashkil qilish dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
|