|
Mavzu yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati
|
bet | 1/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 69,53 Kb. | | #256719 |
Bog'liq 1-mavzu
MAVZU
|
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati.
|
Ma’ruza rejasi
Avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishda qo‘yiladigan talablar.
Avtobuslarning texnik holati.
Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish.
Avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishda qo‘yiladigan talablar
Talablar avtobuslarda yo’lovchilar tashishda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilovchi hujjat xisoblanadi. Yangi avtobus yo‘nalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Shaharlar, tumanlar hokimliklari;vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan kat’iy nazar o‘z transporti bilan avtobusda tashishlarni amalga oshiruvchi yoki o‘z tizimiga kirmaydigan korxonalar (tashkilotlar) bilan tashish shartnomalari tuzgan tashuvchilar.
1. O‘zbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari;
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘ldan o‘tish joylari, paromlarni qurish, rekonstruksiyaqilish, ta’mirlash va saqlashni ta’minlovchi vazirliklar, idoralar; yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalarini o‘rnatuvchi va ulardan foydalanuvchi yo‘l, kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar; tashuvchilar va yo‘l tashkilotlarini, yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatlarini ob-xavo sharoitlarining nokulay uzgarishlari tugrisida xabardor qiluvchi gidrometeorologiya tizimi tashkilotlari; yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida normativlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi, yo‘l harakatini boshqarish va tashkil etish tadbirlarini amalga oshiruvchi yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati haydovchilarni qatnovdan oldin va qatnovdan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlovchi Uzbekistan Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari;
2. Boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan avtomobilda tashish xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiyhujjatlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (uning hududiy bo‘linmalari) uchun tadbiq etiladi va majburiy kuchga egadir.Ushbu Talablar O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yo’lovchilar tashishga tadbik etilmaydi. Avtobuslarda yo’lovchilar tashish xavfsizligi bevosita yo‘nalishlarda: avtobusning haydovchilari;
3. Mulkchilik shakllaridan qatiy nazar avtobuslarda yo’lovchilar tashishni amalga oshiruvchilar;
tasarrufida avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘l kesishmalari, paromlar, yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari bo‘lgan yo‘llardan foydalanish, kommunal va boshqa tashkilotlar (korxonalar);
Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati (YHXDX) bo‘linmalari tomonidan ta’minlanadi.
4. Quyidagilar mulkchilik shakllaridan qatiy nazar avtobuslarda yo’lovchilar tashishni amalga oshiruvchilarning xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: avtobuslarni tegishli malakaga ega bo‘lgan haydovchilar bilan butlash; yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha mashgulotlarni belgilangan muddatlarda o‘tkazish va haydovchilarning kasb mahoratini oshirish; haydovchilarning o‘z vaqtida tibbiy qayta tekshirishdan va yo‘lga chiqishdan oldin muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ustidan nazoratni tashkil etish; haydovchilarning stajirovkasi o‘z vaqtida o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi; haydovchilarni avtobus yo‘nalishlari sxemalari, shuningdek, yo‘nalishdagi ob-havo sharoitlari yo‘l olatining o‘zgarishi va yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash; haydovchilar tomonidan ish vaqtining yo‘l qo‘yiladigan muddatiga rioya etilishi, shuningdek, ularning dam olishi va ovqatlanishi tashkil etilishini nazorat qilish; avtobuslarni texnik jihatdan soz xolatda saqlash; yo’lovchilar tashishni oqilona tashkil etish; xavfsizlik ta’minlanishini, haydovchilar mehnati va dam olishini hisobga olgan xolda yo’lovchilar oqimini, harakat tezliklarini normalash va harakat jadvalini tuzish; avtobuslardan foydalanish, haydovchilar tomonidan yo‘nalishbo‘yichaharakat jadvaliga va Yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish; foydalanishda bo‘lgan har bir avtotransport vositasida litsenziya kartochkasi mavjud bo‘lishini ta’minlash; yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunhujjatlari va normativ-huquqiyhujjatlarga rioya etish.
5. Quyidagilar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining (uning hududiy bo‘linmalarining) avtobuslarda yo’lovchilar tashishda xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: avtomobillarda tashishni tashkil etish va harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiyhujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; avtomobillarda tashishni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish; O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan avtomobil transporti sohasidagi xalqaro bitimlar va konvensiyalarning asosiy shartlari va qoidalariga xorijiy va milliy tashuvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish; tashish yo‘nalishlarini tender asosida amalga oshirish mexanizmini joriy etish, tender kontraktlariga rioya etilishini nazorat qilish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun faoliyat ko‘rsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish.
6. Quyidagilar yo‘llardan foydalanish, kommunal, temir yo‘l tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ning avtobuslarda yo’lovchilar tashishda xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘zlarining tasarrufidagi avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘l kesishmalari, paromlar, yo‘l belgilari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa vositalarini to‘siqlariz va xavfsiz harakatlanishni ta’minlovchi texnik soz xolatda saqlash; yo‘llarning xavfli uchastkalarini tezkorlik bilan aniqlash, xavf manbalarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish, buning imkoniyati bo‘lmaganda avtobus yo‘nalishini yopish chora-tadbirlarini ko‘rish; avtomobilyo‘llari, ko‘chalar, sun’iy inshootlar, temir yo‘l kesishmalari, paromlarni jihozlash va saqlashga doir avtobus yo‘nalishlarini tekshirish komissiyalari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish.
7. Quyidagilar avtobuslarda yo’lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashda harakat qatnashchilari tomonidan: yo‘lharakati qatnashchilarining xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini; avtobuslarning haydovchilari malakasini; avtobuslarning texnik xolatini; avtomobilyo‘llari, ko‘chalar, yo‘l inshootlari va temir yo‘l kesishmalarini saqlashni; yo‘l belgilari, yo‘lharakatini tartibga solish boshqa vositalarini o‘rnatish va saqlash tartibini; avtomobilyo‘llari, ko‘chalardagi xavfli uchastkalarni tezkorlik bilan aniqlash va ularni bartaraf etish tartibini; yo‘l-transport hodisalarini aniqlash va ularni bartaraf etishni tartibga soluvchi normativlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilishYo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati bo‘linmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi. Avtobuslarda yo’lovchilar tashishni tartibga soluvchi ko‘rsatib o‘tilgan normativlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda, Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati tomonidan ularni bartaraf etish, zarur xollarda avtobus harakatini to‘xtatish chora-tadbirlari ko‘riladi.
8. Mulkchilik shakllaridan qatiy nazar, avtobuslarda yo’lovchilar tashishni amalga oshiruvchi yoki ta’minlovchi tashuvchilar rahbarlari mazkur Talablar bajarilmaganligi uchun amaldagi qonunhujjatlariga muvofiqshaxsan javob beradilar.
|
| |