|
Sayohat-ekskursiya, maxsus tashishlar va bir martalik buyurtmalar bo‘yicha tashishlar
|
bet | 3/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 69,53 Kb. | | #256719 |
Bog'liq 1-mavzuSayohat-ekskursiya, maxsus tashishlar va bir martalik buyurtmalar bo‘yicha tashishlar
Sayoxat-ekskursiya, maxsus yoki bir martalik tashishlar uchun tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarga avtobuslar ajratishga shartnomalarni va bir martalik buyurtmalarni rasmiylashtirish avtomobil transportida yo’lovchilar va bagaj tashish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga muvofiqtashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
SHartnomalar va buyurtmalar buyurtmachidan borish joyi, borish yo‘nalishi, to‘xtash joyi, tashilayotgan yo’lovchilar soni, tashish uchun mas’ul shaxs (guruh rahbari, ekskursovod) to‘grisidagi ma’lumotlar olingandan keyin rasmiylashtiriladi. Avtobusning buyurtmachida bo‘lishi muddati, tashish uchun mas’ul shaxsning familiyasi yo‘l varasasiga kiritilishi kerak.
Har biriga 30 kishidan ortiq odam sig‘adigan ikki yoki undan ortiq avtobuslarda, har biriga 30 kishidan kam odam sig‘adigan yo’lovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi tomonidan yo’lovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish uchun mas’ul bulgan shaxs belgilanadi.
Kolonnalarni Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati transport vositalari bilan kuzatib borish haqidagi qaror ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari, harakat xavfsizligi xizmati avtomobillari bilan kuzatib borish haqidagi qaror esa -tashuvchilar tomonidan qabul qilinadi.
Avtobusda yo‘lovchilar tashnshni tashkil etishda haydovchilarga qo‘yiladigan talablar
Yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan avtobuslarni boshqarishga tegishli toifaga (malakaga) ega bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan haydovchilar qo‘yiladi.
Shaharlararo, tog yo‘nalishlariga, shuningdek bir martalik buyurtmalar bo‘yicha sayyoxat-ekskursiya tashishlariga va bolalarni tashishga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bulib ishlayotgan haydovchilar qo‘yiladi.
Xalqaro yo‘nalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib ishlayotgan va xalqaro avtomobillarda yo’lovchilar tashish sohasida kasb vakolati to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
Avtobusning haydovchisi B8T 974/2000 O‘zbekistan Davlat standartlari talablariga, Avtomobil transportida yo’lovchilar va bagaj tashish qoidalariga muvofiqbo’lishi kerak.
Yo’lovchilarni Shaharlararo-viloyatlararo va xalkaro tashuvchi avtobuslar servis ustaxonasi plombasi bulgan nazorat priborlari (taxograf) bilan jixozlangan, xalkaro tashishlarda esa Uzbekiston Respublikasining tanitish belgisiga xam ega bulishlari kerak.
Texnik bazaga ega bulmagan, tijorat asosida yo’lovchilar tashuvchi avtobuslarning egalari bulgan jismoniy shaxslar 1-2 texnik kurik utkazish uchun, shuningdek avtobuslarni kunlik texnik kurikdan utkazish va haydovchilarni yo‘nalishga chikishdan oldin tibbiy kurikdan utkazish uchun avtoxujaliklar bilan shartnomalar tuzishlari shart.
|
| |