• O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
  • Qarori o‘zbekiston respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida




    Download 330.41 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/41
    Sana01.04.2024
    Hajmi330.41 Kb.
    #183934
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    109-сон 13.04.2012. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
    27C20ЭЭ.Boymonov Mexriddin Baxriddin o\'gli


    PDF-faylidagi rasmiy manba
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
    QARORI
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILAR, BAGAJ VA YUK
    BAGAJ TASHISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
    “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 
    Qonuni
    va Vazirlar
    Mahkamasining “Temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy
    hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 30-noyabr, 314-son 
    qaroriga
    muvofiq, O‘zbekiston
    Respublikasining ichki yo‘nalishlarida temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj
    tashishning yagona tartibini belgilash, shuningdek vokzallarda va yo‘lovchi poyezdlarida
    yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar
    Mahkamasi qaror qiladi:
    1. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish
    qoidalari
    ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik
    kompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
    o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk
    bagaj tashish qoidalarini so‘zsiz bajarilishiga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini ishlab
    chiqsin va tasdiqlasin;
    bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va
    qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
    bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
    3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
    o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
    Toshkent sh.,
    2012-yil 13-aprel,
    109-son
    Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-
    apreldagi 109-son 
    qaroriga
    ILOVA

    Download 330.41 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 330.41 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarori o‘zbekiston respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida

    Download 330.41 Kb.
    Pdf ko'rish