Avtobusda yo’lovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga qo’yiladigan talablar




Download 69,53 Kb.
bet2/6
Sana29.05.2024
Hajmi69,53 Kb.
#256719
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

Avtobusda yo’lovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga qo’yiladigan talablar
9. Yo’lovchilar tashishga mo‘ljallangan avtobuslarni
boshqarishga tegishli toifaga (malakaga) ega bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan
va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan haydovchilar qo‘yiladi.
10. Shaharlararo, tog‘yo‘nalishlariga, shuningdek, bir
martalik buyurtmalar bo‘yicha sayyohat-ekskursiya tashishlariga va
bolalarni tashishga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib
ishlayotgan haydovchilar qo‘yiladi.
11. Xalqaro yo‘nalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib ishlayotgan va xalqaro avtomobillarda yo’lovchilar tashish sohasida kasb vakolati to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
12. Avtobusning haydovchisi B5T 974/2000 O‘zbekistan Davlat standartlari talablariga, Avtomobil transportida yo’lovchilar va bagaj tashish qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
1N. Avtobuslarning texnik xolati va ulardan foydalanish ,
13. Avtobuslarning texnik xolati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti harakatdagi qismiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni tuzatish to‘g‘risidagi Nizomga, tayyorlovchi korxonalarning yo‘riqnomalariga va boshqa normativ-texnik hujjatlarga javob berishi kerak.

  1. 1-SH toifadagi avtomobilyo‘llarida barcha tur va rusumdagi avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi.

1U-U toifadagi avtomobilyo‘llarida o‘q nagruzkasi 6 tonnagacha bo‘lgan avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi.
Tog‘ yo‘nalishlarida va ularga tenglashtirilgan yo‘nalishlarda foydalanadigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, g‘ildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega bo‘lishi kerak.
Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida «sayohatchi» va «ekskursiya» degan ko‘rsatkich, bir martalik buyurtmalar bo‘yicha maxsus tashishlar uchun esa «buyurtma» degan ko‘rsatkich o‘rnatiladi.
Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yo‘lharakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish belgisi o‘rnatilishi kerak.
Shahar va Shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo’lovchilar tashishda avtobusdagi yo’lovchilar soni avtobuslarning to‘liqsig‘imidan ortik bo‘lmasligi, Shaharlararo, tog‘, sayohat-ekskursiya yo‘nalishlarida, bolalarni tashishda va bir martalik tashishlarda esa - o‘tirish uchun belgilangan joylar sonidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda ishlash uchun faqat bagaj bo‘limlari mavjud bo‘lgan avtobuslargina qo‘yiladi.
Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan ortiq bo‘lganda yoki yo‘nalish uzoqligi 400 km va undan ortiqni tashkil etganda avtobusda yo’lovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalkaro yo‘nalishlarda 400 km va undan uzoqyo‘nalishlarda avtobusda yo’lovchilar tashishni bir haydovchi bilan, shuningdek, tungi qatnovlarni tashkil etish ta’qiqlanadi, tender kontraktida boshqacha xol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda, sayohat-ekskursiya yo‘nalishlarida avtobuslar harakati jadvalida avtobusni har 1,5 soat boshqarishdan keyin haydovchining kamida 15 minut yohud 4,5 soat boshqarishdan keyin 45 minut dam olishi majburiy tartibda nazarda tutiladi.
Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtovokzallar, avtostansilar, dispetcherlik punktlari), harakat jadvalida nazarda tutilgan xollarda, chipta-hisobga olish varaqasida kelgan va jo‘nab ketgan vaqti to‘g‘risida belgi qo‘ydirishi kerak.
Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi nosozliklar paydo bo‘lganda, shuningdek,haydovchi o‘zini yomon his etganda avtobus harakati darhol to‘xtatilishi kerak. Buhaqda eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) dispetcheriga yohud avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishning bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi majburiy bulgan tashuvchiga xabar qilinadi.
Yo‘nalish hujjatlari: viloyat (Shahar) xokimligida yoki transport bo‘yicha ular tomonidan vakolat berilgan organda; O‘zbekistan avtomobil va daryo transporti agentligida (uning hududiy bo‘linmasida) tashuvchilarda bir nushadan saqlash uchun yetarli bo‘lgan nushalarda tuziladi. Muntazam xalkaro avtobus yo‘nalishi hujjatlari yo‘nalish hududlari orqali o‘tadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nushadan saqlash uchun yetarli bo‘lgan nushalarda tuziladi.
Yo‘nalishhujjatlari zaruriyatga ko‘ra, yo’lovchi okimlarini o‘rganish asosida, harakat sxemasi va avtobuslarning texnik tavsifi o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Download 69,53 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 69,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtobusda yo’lovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga qo’yiladigan talablar

Download 69,53 Kb.