8-mavzu. To‘qimachilik tolalari va ularini ishlab chiqarish asoslari




Download 1.62 Mb.
bet1/4
Sana28.10.2022
Hajmi1.62 Mb.
#28391
  1   2   3   4
Bog'liq
8-ma\'ruza CHBM 12-20-26 21
AZAMAT. TARIXDAN SLAYD, 2 лаб, Ergashev Humoyun MI 21 6, Optik tolaning sonli aperaturasini tajriba yo\'li bilan aniqlash, Optik tolada signalning so\'nishini hisoblash, Optik aloqa tizimlarida generatorlarni qo\'llash, Optik aloqa tizimlarida regeneratorlarini qo\'llash, 10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Re, 10 ma\'ruza-2, 11-Ma’ruza Qirqimlar va kesimlar O’zDSt 305 97 Reja-2, Sózlik quramınıń sózlerdiń kelip shıǵıwı sociallıq toparlar tárepinen qollanılıwı boyınsha klassifikaciyalanıwı, o0zgaruvchan-massali-jismning-xarakati (1), Integral sxemalarni loyihalash, JvViSQdp2fpsB3syYaqcQMSPBBPX44y5gEweYApZ, Gruppa tushunchasi-fayllar.org

8-MAVZU. TO‘QIMACHILIK TOLALARI VA ULARINI ISHLAB CHIQARISH ASOSLARI
Respublikamiz iqtisodini rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri, mahsulot sifatini sistematik ravishda oshirib borishdir. Mahsulot sifatini oshirish, assortimentlarini kengaytirish va iste’molchilar talabini qondirish hozirgi bozor iqtisodiyotining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifat darajasini ta’minlash uchun standartlar va texnik shartlarning me’yoriy talablariga bog‘liq holda sistematik nazorat ishlarini olib borish lozimdir.
To‘qimachilik materialshunosligi fani to‘qimachilik materiallarining, ya’ni: tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto‘qimalarning olinishini, tuzilishini, xususiyatlarini va shu xususiyatlarni o‘rganishda ishlatiladigan uslub va asboblardan foydalanishni o‘rgatadi.
Tabiiy tolalarga tabiatdagi organik va noorganik moddalardan olinuvchi to‘qimachilik tolalari kiradi. Tola deb, uzunligi ko‘ndalang kesimi o‘lchamidan katta bo‘lgan, ma’lum darajada egiluvchan, cho‘zilish va pishiqlik xossasiga hamda ingichkalikka ega bo‘lgan jism tushuniladi. Tolalar to‘qimachilik tarmog‘ining xom ashyosi bo‘lgani uchun, ko‘p hollarda to‘qimachilik tolalari deb yuritiladi. Aytilganlarni inobatga olib, tolaga quyidagicha ta’rif beriladi: to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga yaroqli, chegaralangan uzunlikdagi, yumshoq, ingichka va ma’lum qayishqoqlik, pishiqlik, cho‘ziluvanlik xususiyatlariga ega bo‘lgan jismga aytiladi. Tolalar tashqi tuzilishiga ko‘ra elementar va kompleks tolalarga bo‘linadi: uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tolalar elementar tolalar deb ataladi. Uzunligi bo‘yicha bir qancha elementar tolalarning birikmasiga kompleks tola deyiladi. Tolalar kelib chiqishiga qarab tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi: tabiatdagi o‘simliklardan (paxta, zig‘ir, kanop va hokazolar), jonivorlardan (jun, ipak) va ma’danlardan (tosh paxta) olinadigan tolalar tabiiy tolalar deyiladi. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni yoki yuqori molekulali birikmalarni sintez qilish asosida olingan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi.


Download 1.62 Mb.
  1   2   3   4




Download 1.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-mavzu. To‘qimachilik tolalari va ularini ishlab chiqarish asoslari

Download 1.62 Mb.