8-mavzu. To‘qimachilik tolalari va ularini ishlab chiqarish asoslari




Download 1.62 Mb.
bet4/4
Sana28.10.2022
Hajmi1.62 Mb.
#28391
1   2   3   4
Bog'liq
8-ma\'ruza CHBM 12-20-26 21
AZAMAT. TARIXDAN SLAYD, 2 лаб, Ergashev Humoyun MI 21 6, Optik tolaning sonli aperaturasini tajriba yo\'li bilan aniqlash, Optik tolada signalning so\'nishini hisoblash, Optik aloqa tizimlarida generatorlarni qo\'llash, Optik aloqa tizimlarida regeneratorlarini qo\'llash, 10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Re, 10 ma\'ruza-2, 11-Ma’ruza Qirqimlar va kesimlar O’zDSt 305 97 Reja-2, Sózlik quramınıń sózlerdiń kelip shıǵıwı sociallıq toparlar tárepinen qollanılıwı boyınsha klassifikaciyalanıwı, o0zgaruvchan-massali-jismning-xarakati (1), Integral sxemalarni loyihalash, JvViSQdp2fpsB3syYaqcQMSPBBPX44y5gEweYApZ, Gruppa tushunchasi-fayllar.org

Jun tolasining rivojlanishi va xossalari. Har qanday jonivor sirtda o‘suvchi tolani tuk yoki soch deb ataladi. Birok jun sanoatida soch yoki tuk deb jonvorlar sirtidan qirqiladigan eng dag‘al tolalar (ot, mol yoki qo‘y junining eng dag‘al o‘lik tolalari) tushuniladi.

  • Jun tolasining rivojlanishi va xossalari. Har qanday jonivor sirtda o‘suvchi tolani tuk yoki soch deb ataladi. Birok jun sanoatida soch yoki tuk deb jonvorlar sirtidan qirqiladigan eng dag‘al tolalar (ot, mol yoki qo‘y junining eng dag‘al o‘lik tolalari) tushuniladi.
  • Tivit - mayin junli qo‘ylarning butun sirtini tashkil qiladigan va dag‘al junli qo‘ilarning terisiga yopishib yotadigan ingichka buramdor (jingalak) toladir. Tivit ikki qatlamdan iborat: tangachali va qobiq qatlamdan iborat. Tangachali qatlam odatda xalqalar va yarim xalqalar shaklida bo‘ladi.
  • Dag‘al tola - tivitdan dag‘alroq va yo‘g‘onroq bo‘lib, deyarli buramdor (jingalak) bo‘lmaydi, u yarim dag‘al junli va dag‘al junli qo‘ylarning jun qatlamiga kiradi. U uch qatlamdan: plastinkasimon tangachali qatlam, qobiq va yaxlit o‘zak qatlamdan iborat.
  • Oraliq tolalar - tivit bilan dag‘al tuk o‘rtasida oraliq holatni egallaydi. Duragay zotli qo‘ylarning butun jun qatlami shu oraliq tolalardan iborat bo‘lishi mumkin. Oraliq tola uch qatlamdan: tangachali, qobiq va uzuq-uzuq o‘zak qatlamdan iborat.
  • O‘lik tola - dag‘al, to‘g‘ri, qattiq tola bo‘lib, yomon bo‘yaladi va qayta ishlash jarayonida sinib ketadi. U ba’zi dag‘al junli qo‘ylarda bo‘ladi. O‘lik tola xam uch qatlamdan: tangachali, yupqa qobiq va keng o‘zak qatlamdan iborat. O‘zak qatlam tanganing deyarli butun ko‘ndalang kesimini egallaydi

Kimyoviy tolalarni olish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.
Tolalarni olish uchun xom ashyoni tayyorlash. Sun’iy tolalarni ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida paxtadan yoki daraxtlardan ajratilgan sellyuloza, hamda ba’zi bir oqsil moddalar ishlatiladi.
Sintetik tolalarni olish uchun quyi molekulali moddalardan sintez yo‘li bilan polimerlar ishlab chiqariladi.
Yigiruv eritmasini tayyorlash. Polimerlar doim qattiq jism bo‘lganliklari tufayli ulardan tola olish imkoniyatini yaratish uchun ularni suyuqlik, eritma yoki yumshaytirilgan holatga keltirishadi. Sun’iy tolalar odatdagicha suyuqliklardan, sintetik tolalar esa eritmalardan yoki yumshaytirilgan poliamidlardan ishlab chiqariladi.
Tolalarni shakllantirish (yigirish). Jarayonning bu bosqichida yigiruv eritmasi bosim kuchi yordamida fil’era degan maxsus qalpoqchalarning mayda teshikchalaridan o‘tkaziladi. Olinayotgan kimyoviy tolalarning turi, yo‘g‘onligi va ko‘ndalang kesimining ko‘rinishi fil’eralar teshiklarining soniga, diametriga va shakliga bog‘liq. Fil’erada bitta teshik bo‘lsa yakka tola hosil bo‘ladi. Fil’erada 24-50 tagacha teshik bo‘lsa, u holda kompleks tolasi olinadi. SHtapel tolalarni ishlab chiqarish uchun teshiklar soni 40 ming ham bo‘lishi mumkin fil’eralar qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kesimlari xar xil ko‘rinishda yoki ichi bo‘sh bo‘lgan tolalarni olish uchun fil’eralarning teshiklari dumaloq emas, balki turli shaklda bo‘ladi.
Tolalarni pardozlash va to‘qimachilikda ishlov berishga tayyorlash. Olingan tolalarni pardozlash uchun ular yuviladi, quritiladi, buraladi, oqartiriladi yoki bo‘yaladi, ya’ni ularga to‘qimachilikda qayta ishlash uchun talab qilinayotgan xususiyatlar beriladi.
Download 1.62 Mb.
1   2   3   4




Download 1.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-mavzu. To‘qimachilik tolalari va ularini ishlab chiqarish asoslari

Download 1.62 Mb.