6-TAJRIBA ISHI
MAVZU: DANAKLI VA URUG„LI
MEVALARNI QURITISH
Mashg‟ulotning maqsadi. Talabalarni danakli mevalardan o„rik, olxo‟ri va gilos
urug‟li mevalardan olma, nok va bexini quritishda olinadigan mahsulot turlari va ularga
qo„yiladigan talablar bilan tanishtirish. Danakli va urug‟li mevalarni laboratoriya
sharoitida quritishga tayyorlash,
quritish texnologiyasi, quritish rejimlari va
parametrlarini o„rgatish.
Kerakli jihozlar va materiallar. Quritish uchun xomashyo, quritilgan mevalardan
namunalar, patnislar, bug‟lash
kamerasi, askorbin kislota, limon kislota, pichoq, xom-
ashyo, stakan, konvektiv, mikroto‟lqinli, infraqizil va sublimatsion quritish qurilmalari.
Ishning nazariy asoslari. Mahsulot ikki asosiy usul: sun‟iy va tabiiy quritiladi.
Respublikamizda mevalardan uzum, o„rik, olma, nok, shaftoli, olxo„ri, olcha, gilos, anjir,
xurmo, chilonjiyda va boshqa mevalar, shuningdek poliz mahsulotlaridan qovun tabiiy va
suniy zamonaviy energiya tejamkor quritish usullarida quritiladi.
Tabiiu usulda oftobli
havoda bir necha kun mobaynida texnologik jarayon uchun ortiqcha yoqilg„i, elekr
quvvati sarflamasdan quritishni amalga oshirish mumkin. Olinadigan mahsulot turiga
ko„ra mevalarni quritishning bir necha usullari mavjud.
Danakli mevalardan
Olxo‟ri, gilos va o‟rikni konvektiv usulda quritishda 3 kg maxsulotdan 1-1,5 kg
tayyor maxsulot olinadi. Sublimatsion usulda 10 kg maxsulotdan 1-1,2 kg tayyor
maxsulot olish mumkin.
Olxo„rini quritish texnologiyasi.
Olxo„ri qoqisi inson organizmi uchun parhezli davolovchi yaxshi mahsulotdir.
Olxo„rini to„q tusli Berton, Ispolinskiy, Sogdiana, Qora olu, Samarkandskaya, Vengerka
ajanskaya, Vengerka fioletovaya navlari quritish uchun eng yaxshi xisoblanadi. Olxo„rini
katta-kichikligi, yetilganlik holatiga hamda sifatiga qarab saralanadi. Ezilgan,
chirigan,
kasallangan va hashoratlardan zararlangan mevalar ajratiladi.
6.1-jadval
Mevalarni quritish qurilmasida quritish tartibi.
№
Meva turi
Temperatura
0
C
Lenta tezligi
1-lenta
2-lenta
1-lenta
2-lenta
1
Olxo„ri
90-95
0
C
65-70
0
C
25-30
50-60
2
O„rik
90-95
0
C
65-70
0
C
25-30
50-60
3
Shaftoli
90-100
0
C
70-75
0
C
25-30
50-60
4
Gilos
85-90
0
C
65-70
0
C
30-35
65-70
5
Olvoli
85-90
0
C
65-70
0
C
30-35
65-70
Urug‟li mevalardan
Olma, nok va bexidan konvektiv usulda quritishda 3 kg maxsulotdan 1-1,2 kg
tayyor maxsulot olinadi. Sublimatsion usulda 10 kg maxsulotdan 0,8-1,0 kg tayyor
maxsulot olish mumkin.
6.2-jadval
Urug‟li mevalarni quritish kamerasida quritish texnologiyasi
№
Meva turi
Temperatura
0
C
Lenta tezligi
1-lenta
2-lenta
1-lenta
2-lenta
1
Olma
90-95
0
C
65-70
0
C
25-30
50-60
2
Nok
90-95
0
C
65-70
0
C
25-30
50-60
3
Bexi
90-95
0
C
65-70
0
C
25-30
50-60
Bugungi kunda oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida
maxsulotlarni quritish
davrini tezlashtirish va qisqartirish uchun dielektrik (mikroto‟lqin) usullarda dastlabki va
doimiy ravishda ta‟sir ettirib quritish orqali xam yuqori iqtisodiy samaradorlikka
erishiladi.
Belgilangan standart talablar bo„yicha quritilgan mevalar quyidagi turlarga
ajratiladi: quritilgan danakli mevalar va quritilgan urug„li mevalarga.
6.1-rasm. Olxo‟rini (g‟ayloli) konvektiv qurilmasi joylashtirish tartibi.
Standart talablarida qayd etilgan sifat ko„rsatkichlaridan kelib chiqib quritilgan
danakli mevalar quyidagi navlarda tayyorlanadi: ekstra, oliy, birinchi va xo„raki.
O„rikning Subxoni va Mirsaidjeli navidan ishlov
berilib tayyorlangan turshak, qaysa,
kuraga mahsulotiga va qo„shimcha tovar ishlov berilgan quritilgan mahsulotlarga ekstra
navi beriladi.
6.2-rasm. Quritilgan o‟rik maxsulotlari.
6.3-rasm. Quritilgan danakli maxsulot turlari.
Quritilgan danakli mevalar tayyorlashda o„rik, shaftoli, tog„olcha, olcha, olxo„ri,
gilos mevalaridan xom-ashyo sifatida foydalaniladi, hamda mevalari butun holatda
danagi
bilan ishlov berilib, mevalari butun holatda danaksiz bo„lib ishlov berilib yoki
ishlov berilmasdan va mevasi pallalarga ajratilib ishlov berilib yoki ishlov berilmasdan
oftobda va quritish qurilmalarida quritiladi. (1-jadval)
O„rikning pomologik navidan kelib chiqib danagi bilan quritilgan o„rik va
olxo„rilar quyidagi guruxlarga ajratiladi.