• Tayanch so’zlar ADRAS
  • Asosiy matn.
  • 1-маъруза: To’quvchilik texnologiyasi. To‗qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish




    Download 0.79 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana06.04.2023
    Hajmi0.79 Mb.
    #49114
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-маъруза
    005 Mavzu 9-10 Kurs 2 Fizika, 2081-Текст статьи-4845-1-10-20200630, Fizika mustaqil, ChTOIK, 3 курс fransuzz, ImportantPlant, 7 мавзу Тех хужж ва экспертиза, namuna, Avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalarning rivojlanish ta, kolloid kimyo 2, ezoz rus tili


    1-маъруза: 
    To’quvchilik texnologiyasi. To‗qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarni 
    ishlab chiqarish. O‗zbekiston va jahon to‗qimachilik sanoatini rivojlanishi, 
    O‗zbekistonda to‗qima ishlab chiqarish texnologiyalarning asosiy yo‗nalishlari. 
    Rеja: 
    1.To‘qimachilik mahsulotlari, xom ashyolari, mahsulot sifati va sifat 
    ko‘rsatkichlari. 
    2.To‘qimachilik mahsulotlarining umumiy tasnifi, ularning tеxnologik 
    ko‘rsatkichlari va gеomеtrik xossalari 
    Tayanch so’zlar 
    ADRAS- tanda iplari ipak va arqoq ipi pishitilgan paxtadan tashkil topgan, ishlov berilib 
    qo‗shimcha chiyan guli (mauer)‖ naqshi hosil qilingan milliy to‗qima. 
    ATLAS - tanda iplari gazlamaning sirtida yugori zichlikda joylashgan yaltiroq ko‗rinishidagi 
    atlas o‗rilishli to‗gima. 
    ASTAR To‘qimaning ichki  tomoni  yoki kiyim, ko‘rpa, ko‘rpacha kabi buyumlarning
    ichki tomoniga tikilgan mato. 
    Asosiy matn. 
    To’qimachilik mahsulotlari, xom ashyolari, mahsulot sifati va sifat ko’rsatkichlari. 
    To’qimachilik mahsulotlarining umumiy tasnifi, ularning tеxnologik ko’rsatkichlari va gеomеtrik 
    xossalari.Iplar o’zaro ta'sir natijasida xomashyo turiga qarab turlicha shakllanishi.Ipning 
    to’qilishida egilishi.To’quv dastgohlarida to’qima to’qilganda iplarga berilgan taranglik 
    ta'sirida o’z shaklini o’zgartirilishi. 
     
    To‘qimachilik matolarining sifat ko‘rsatkichlari. Mahsulot sifatini o‘lchash va 
    baholashning nazariy va amaliy jihatdan bog‘lanish masalalari hozirgi kunda 
    mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanib bormoqda. To‘qimachilik 
    matolarining sifat ko‘rsatkichlarini standanlashtirishda «sifat» tushunchasi va uni 
    baholash usullarini ko‘rib chiqish lozim. 
    Mahsulot sifati -mahsulotning jami xossalaridan iborat bo‘lib, ishlatilish 
    davrida iste'molchilar talabini to‘liq qondirish demakdir. 
    Mahsulot sifatini ishlatilish davrida aniqlash talab darajasiga qarab o‘zgarib 
    boradi. Shu sababli, bir yoki boshqa turdagi mahsulotlar uchun, ayniqsa, ko‘p 
    maqsadlarda ishlatiladigan mahsulotlarning sifatini baholash doimiy o‘lchamda 
    bo‘lmaydi. Masalan,; zig‘ir gazlamasidan engil yoping‘ich va maxsus kiyim-
    kechak tayyorlanadi, lekin ularning sifat ko‘rsatkichlari turlicha bo‘ladi. 
    Ko‘pgina ilmiy ishlar va adabiyotlarda «sifat » tushunchasi kengroq ishlatiladi 
    va unga berilayotgan ta'riflar ham turlichadir. Prof. A.N.Solovyov «sifat» 
    tushunchasini quyidagicha baholaydi: 
    Material sifati —bu talab xossalariga bog‘liq bo‘lib, materialning qayta 
    ishlanishi va ishlatilishi uchun yaroqliligi demakdir. 
    Mahsulotning sifat ko’rsatkichi —GOST 15467-70 standartiga binoan mahsulot 
    xossasining miqdoriy xususiyati bo‘lib, sifat tarkibiga kiradi, ya'ni uni yaratish va 
    ishlatish hamda iste'molchilarga yetkazishdagi talabini qondirish. 


    To‘qimachilik matolarining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha talab shartlari 
    standartlar, texnik shartlar yoki qandaydir bir me'yoriy-texnik hujjatlarda 
    keltiriladi. 
    Barcha mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari ifodalanishi bo‘yicha o’lchamli va 
    o’lchamsiz (nisbiy yoki balli)ga bo‘linadi. 
    Sifatni 
    baholash 
    darajasi 
    —bu jarayonlarning jami bo‘lib, sifat 
    ko‘rsatkichlarining 
    nomenklaturasini 
    o‘z 
    ichiga 
    oladi 
    va 
    mahsulot 
    sifatiniboshqarishda ularning sonli qiymatini, shuningdek, bazali va nisbiy 
    ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. 
    Mahsulotxossasi—mahsulotning yaratilishi, ishlatilishi yoki iste'molida yuzaga 
    keluvchi obyektiv imkoniyatlar. 
    Hozirgi paytda me'yoriy-texnik hujjatlarning talablarini hisobga olgan holda, 
    to‘qimachilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini baholashda mahsulotning 
    navi aniqlanadi, attestatsiyalash davrida esa uning sifat bosqichi belgilanadi. 
    Mahsulot sifatini nazorat qilish tekshirishga bog‘liq bo‘lgan mahsulot sifat 
    ko‘rsatkichlari talablarida belgilanadi. 
    Sinov —ob'ektni miqdoriy yoki sifat xossalari bo‘yicha eksperimental aniqlash 
    demakdir. 
    Sinov usuli —sinov ishlarini o‘tkazish uchun belgilangan tamoyil- larning 
    qo‘llanilishidagi jamiqoidalar. 
    — 
    Mahsulot sifati boshlang‘ich qiymatga ega. Shu sababli, mahsulot sifatini 
    baholash yoki o‘lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim: 
    — 
    to‘la-to‘kis ishonchli baholash usullari material xossalarining me'yoriy 
    shartlariga bog‘liqligi bo‘lib, bu xossalarni aniqlashda xatoliklar hisobga olinadi;
    — 
    sifat ko‘rsatkichlarini tanlash materialning ishlatilishga to‘la-to‘kis 
    yaroqliligini ko‘rsatadi; 
    — 
    ta'minlovchi, imkoniyatlarini hisobga olgan holda me'yoriy shartlarning 
    ratsional darajasi. 
    Mahsulot sifat ko‘rsatkichini ifoda etgan birligiga ko‘ra quyidagilarga ajratish 
    mumkin: 
    — 
    miqdoriy birliklarda aks etgan; 
    — 
    miqdoriy bo‘lmagan birliklarda aks etgan; 
    — 
    asosga binoan sinash yo‘li bilan olingan; 
    — 
    birgina xossasini ifoda etuvchi; 
    — 
    barcha xossasini ifoda etuvchi. 
    Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to‘g‘ri va haqiqatga yaqin 
    bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega. 
    Masalan, bir to‘p matoning sifat ko‘rsatkichini aniqlashda, odatda, oddiy 
    standart sinash usulidan fiydalaniladi. O‘lchash xatoligi 5%dan oshmaydigan 
    maxsus asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Sinov ishlarini olib borishdan oldin 
    namuna belgilangan sharoitda saqlanishi lozim. Bunda boshlang‘ich 
    ko‘rsatkichlari belgilash katta ahamiyatga ega. Boshlang‘ich ko‘rsatkichlar o‘z 
    navbatida to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, ahamiyat)i ydki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. 
    Tekshirish 
    orqali 
    aniqlangan 
    o‘lchashlar 
    mahsulot 
    sifat 
    darajasini 
    mujassamlashtirgan negizli ko‘rsatkichlarbilan taqqoslanadi.  



    Download 0.79 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.79 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-маъруза: To’quvchilik texnologiyasi. To‗qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish

    Download 0.79 Mb.
    Pdf ko'rish