• O’lchash. Bevosita va bilvosita o’lchash usullari.
  • To’g’risida




    Download 119.83 Kb.
    bet1/10
    Sana27.03.2024
    Hajmi119.83 Kb.
    #179214
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Yiu J The Definitive Guide to ARM Cortex, Fiskal va monetar siyosat Savlat, Ya.N. Bot (2-sem), Xaydarova Gulzodaxon Botanika tezis, 24998, 1-maruzaga, 6-maruza-ТМИЧМТ-1, 1706275, 2222, 1111111111, 1 маруза, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus, Reja O‘lchash vositalarini qiyoslash va uning turlari, Chaqiruv qog`ozi-379231101446

    O’lchash va o’lchov asboblari to’g’risida. O’lchash xatoliklari.


    Reja:

    1. O’lchash. Bevosita va bilvosita o’lchash usullari.

    2. O’lchov asboblari xatoliklari, sezgirligi va variastiyasi to’g’risida.

    3. O’lchov asboblari xatoligi. O’lchov asboblarining absolyut, nisbiy va keltirilgan nisbiy xatoliklari.

    4. Variastiya va keltirilgan variastiya to’g’risida tushuncha.

    5. O’lchov asboblarining aniqlik sinfi.

    6. Asosiy va qo’shimcha xatoliklar.



    O’lchash. Bevosita va bilvosita o’lchash usullari.


    Metrologiya o’lchashlar, uni ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo’llarini o’rgatadi. Metrologiyaning asosini o’lchashning umumiy masalalari, fizik kattaliklar birligi va ularning tizimlari haqidagi ma’lumotlar, o’lchashning usul va vositalari, o’lchash natijasining to‘g‘riligini aniqlash usullari va hokazolar hosil qiladi. O’lchashga doir fizik kattaliklar mexanik, elektr, issiqlik, optik, akustik bo’lishi mumkin. Bu kattaliklarning bir turi texnologik jarayon rivojlanishining bevosita ko‘rsatkichi bo’lsa, boshqalari shu jarayon bilan funksional boglangan bo’ladi. Fizik hodisalarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanish turli fizik kattaliklarni o’lchash, ya’ni ma’lumot olish bilan bog’liq. Ma’lumot qanchato’la va xolisona bo’lisa, fizik hodisalarning tub ma’nosini tushunish shunchachuqur bo’ladi. Fizik kattalikning muayyan qiymati texnologik jarayonning rivojlanishi haqidagi ma’lumotning muhim qismidir. Turli usul va asboblarorqali ifodalangan texnologik jarayonning holati haqidagi axborotlarni ma’lumot, ya’ni informatsiya deb bilamiz. Informatsiyalar, asosan, o’lchashasboblari va qurilmalari yordamida olinadi.
    O’lchash - fizik kattaliklar qiymatlarini tajribada maxsus texnik vositalar yordamida aniqlash.
    Ko‘p hollarda o’lchash jarayonida o’lchanayotgan kattalik shunday fizik kattalik bilan taqqoslanadiki, unga 1 ga teng bo’lgan qiymat berilib, buuning fizik kattalik birligi yoki o‘lchov birligi deyiladi.

    Download 119.83 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 119.83 Kb.