• Paxta tolasining tuzilishi va xossalari
  • Mavzu: Tola va ularni turlari. Paxta tolasining tuzilishi va kimoviy xossalari




    Download 138.7 Kb.
    bet1/8
    Sana27.03.2024
    Hajmi138.7 Kb.
    #179283
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Yiu J The Definitive Guide to ARM Cortex, Fiskal va monetar siyosat Savlat, Ya.N. Bot (2-sem), Xaydarova Gulzodaxon Botanika tezis, 24998, 1-maruzaga, 6-maruza-ТМИЧМТ-1, 42350, 2222, 1111111111, 1 маруза, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus, Reja O‘lchash vositalarini qiyoslash va uning turlari, Chaqiruv qog`ozi-379231101446

    Mavzu: Tola va ularni turlari. Paxta tolasining tuzilishi va kimoviy xossalari. Tolaning fizik-mеxanik xossalari. Kimyoviy tolalar. Tolaning xossalari uning kimyoviy tarkibi va tuzilishi. paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi.


    Reja:

    1. Paxta tolasining tuzilishi va kimyoviy xossalari.

    2. Tolaning fizik-mexanik xossalari.

    3. To‘qimachilik tolalari.

    4. To‘qimachilikda ishlatiladigan kimyoviy tola turlari.

    5. Tabiiy va kimyoviy tolalar haqida tushuncha.

    6. Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi jarayonlarini ketma-ketligi.

    7. Valikli va arrali jinlash texnologiyalari



    Tayanch so‘z va iboralar: tola, seyalyuloza, pektin moddalar va pentodlar, azot va oqsil moddalar, pilta, pilik, aralashma.

    Paxta tolasining tuzilishi va xossalari


    Paxta tolasining tuzilishi va Kimyoviy xossalari.
    Paxta tolasi naychadan iborat bo‘lib, chigitdan ajratilganda bir uchi uziladi.
    Tolaning xossalari uning Kimyoviy tarkibi va tuzilishi bilan belgilanadi.
    Paxta tolasi quyidagi moddalardan iborat, %:
    Seylyulozalar 97
    Pektin moddalar va pentodlar 1,5
    Azot va oqsil moddalar 0,3
    Yog‘lar va mum 1
    Kul moddalari 0 , 2
    Paxta tolasining asosiy moddasi bo‘lgan sellyuloza molekulalari aralashmalar bilan birga uzunchoq shaklda bo‘lgan makromolekulalarga – fibrillarga birikadi. Ular bir-biriga birikib uzunchoq jism – paxta tolasini xosil qiladi. Naycha –tolada Kimyoviy elementlar notekis taqsimlangan. Tola sirtida asosan yog‘-mum moddalari yupqa qatlam tarzida joylashib ximoya qatlami – kutikulani xosil qiladi. Keyingi qatlamlar asosan sellyuloza (kletchatka) dan iborat bo‘ladi. Uning xossalari paxta tolalarining xo tolaning fizik-mexanik xossalari assalarini belgilaydi.
    Paxta - Kimyoviy turg‘un modda. U suv va yorug‘lik ta’sirida uzoq muddat emirilmaydi, ishqor xamda kislotalarning kuchsiz eritmalari ta’siriga yaxshi chidaydi. Paxta tolasi kislotalar (sul fat, xlorid va azot kislotalar) ning konsentrlangan eritmalari ta’sirida, shuningdek quyoshning to‘g‘ri tushgan nurlari ta’sirida emiriladi. Kislotalar ta’sirida paxta xatto ko‘mirga aylanadi.
    Ishqorlarning, masalan, o‘yuvchi natriyning issiq eritmalari ta’sirida (bu operatsiya yaltiratish deb ataladi) paxta tolasi shishadi, buraluvchanligini yo‘qotadi, pishiqligi ortadi va ma’lum sharoitlarda ular yaltiray boshlaydi. Paxta tolasining bu xossasidan gazlamalarning pishiqligini oshirish va kirishishini kamaytirish uchun foydalaniladi. Xar xil Kimyoviy moddalar va bo‘yoqlar yordamida paxta tolasi bo‘yaladi, oqartiriladi, shuningdek tola sellyulozasi modifikatsiyalanib unga yangi xossalar beriladi.
    Paxta tolasi xar xil bakteriyalar va zamburug‘lar ta’sirida emirilganligi uchun tolaning o‘zini xamda undan olinadigan buyumlarni saqlash paytida yaxshilab shamollatib turish kerak.

    Paxta osongina yonadi. Shuning uchun ip gazlama sanoatining ishlab chiqarish xonalarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilinishi va xar xil avtomatik o‘t o‘chirish sistemalari qo‘llanilishi lozim.
    Ayrim tolalarning etilganlik darajasi xam paxta tolasining xossalari va tuzilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. To‘qimachilik korxonalariga keltiriladigan tolalar massasida etilganlik darajasi xar xil bo‘lgan, ya’ni mutlaqo etilmagan (o‘lik) toladan tortib to o‘ta etilgan tolalargacha bo‘ladi. Etilmagan tola yupqa devorli naychadan iborat; u pishiq bo‘lmaydi va yomon bo‘yaladi. Etilmagan tolalar paxta toyida bir-biriga yopishib kichik yaltiroq plastiklar ko‘rinishini oladi. Bunday tolalar aralashishi paxta sifatini pasaytiradi. Mikroskop ostida bunday tolalar noto‘g‘ri ezilgan lentalar tarzida, ko‘ndalang kesimi esa yupqa devorli ezilgan naycha shaklida ko‘rinadi.
    Ancha etilgan tolalar naychasining devori qalinroq bo‘ladi (3.1-rasm). Bunga sabab shuki, tola etilgan sari uning ichki devoriga protoplazma (kletchatka shirasi) bilan to‘lgan kanaldan yangi-yangi qatlamlar qo‘shiladi. Bunda qatlamlarni xosil qiladigan sellyuloza molekulalari cho‘ziq shaklda bo‘ladi. Bunday molekulalar gruppasi tola bo‘ylab 30-40° burchak ostida yotadigan spiralsimon qatlamlarni xosil qiladi.
    Naycha devori qalinlashgan sari tolaning pishiqligi, qayishqoq-ligi oshadi. quriyotgan tolalar naychalarining devorlari deformatsiyalana boshlaydi. Bunda ular dam bir tarafga, dam ikkinchi tarafga o‘q bo‘ylab eshilib, buraluvchanlikni xosil qiladi. Etilganlik darajasi xar xil bo‘lgan tolalarning buraluvchanligi xam xar xil bo‘ladi. To‘liq etilgan tola ensiz kanalga va yaqqol buraluvchanlikka ega bo‘ladi.
    Tolalar massasida qalin devorli o‘ta etilgan va deyarli buraluvchan bo‘lmagan tolalar xam uchraydi, chunki quriganda naychalar deformatsiyalanmagan bo‘ladi. Bunday tolalar pishiq bo‘ladi, lekin qattiq bo‘lib, paxta sifatini pasaytiradi.
    Tolaning etilganlik darajasi uni mikroskop ostiga qo‘yib ko‘rilgan shaklini etalon shaklga taqqoslab yoki optik priborda rangiga qarab aniqlanadi. Etilganlik darajasini aniqroq bilish uchun xisoblab ko‘rish lozim. Buning uchun tola mikroskop ostiga qo‘yilib, kanalchaning eni va tola devorining qo‘sh qalinligi o‘lchanadi, keyin ularning nisbati xisoblanadi.

    3.1-rasm. Tolalarning tuzilishi va xossalari ularning pishganlik darajasiga bog‘liqligi.

    Download 138.7 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 138.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tola va ularni turlari. Paxta tolasining tuzilishi va kimoviy xossalari

    Download 138.7 Kb.