|
3-ma’ruza 3-мавзу: kimyoviy tolalarning to‘qimachilik sanoatidagi ahamiyati reja
|
bet | 1/3 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 19,33 Kb. | | #101264 |
Bog'liq 3-МАВЗУ KIMYOVIY TOLALARNING TO‘QIMACHILIK SANOATIDAGI AHAMIYATI
3-MA’RUZA
3-МАВЗУ: KIMYOVIY TOLALARNING TO‘QIMACHILIK SANOATIDAGI AHAMIYATI
Reja:
Kimyoviy tolalar haqida umumiy tushuncha.
Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish salmog’i
Kimyoviy tolalarning to’qimachilik sanoatidagi xalq xo‘jaligining turli tarmoqlaridagi ahamiyati.
Kimyoviy tolalarning to‘qimachilik sanoatidagi ahamiyati
Tolalarning kompleks xossalarini baholash
Tayanch so’zlar va iboralar. Yuqori molekulyar birikmalar, asbest, mikroorganizmlar, geterozanjirli tola, lavsan, qovushqoqlik, kristallanish, molekulalararo bog‘, eritma, temperatura, mikrofibril, Tolali materiallar, tabiiy va kimyoviy tolalar, kimyoviy texnologiya, tolalarning xossalari, gidrofob tola, tolalar qurilmasi
Kimyoviy tolalar haqida umumiy tushuncha.
Kimyoviy usullar bilan olinadigan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi. Bu tolalar uzluksiz va har xil yo‘g‘onlikda bo‘ladi. Yakka holda olinadigan yo‘g‘on uzluksiz iplar monoiplar (yakka iplar) - ingichkasi esa elementar iplar deyiladi. Juda ingichka uzluksiz elementar iplardan bir nechta uchli qilib pishitish natijasida kompleks iplar hosil qilinib, ular to‘qimachilik va texnik (kord) iplarga bo‘linadi. Ipning uzunlik birligiga (odatda 1 m ga) tog‘ri keladigan buramlar soni uning pishitilishi deb ataladi. Mingdan kam uchga ega bo‘lgan va kam pishitilgan uzluksiz uzun iplar to‘qimachilik iplari deyilib, mingdan ortiq uchga ega bo‘lgan va ko‘p pishitilgan uzluksiz uzun iplar texnik (kord) iplar deyiladi. Bir necha o‘n va yuz minglab uchga ega bo‘lgan yo‘g‘on arqonsimon uzluksiz uzun iplar to‘plami jgut deyiladi. Jgut 30 ј 100 mm uzunlikdagi bo‘laklarga qirqilsa, shtapel tola hosil bo‘ladi. Shtapel tola qisqacha qilib tola deyiladi. Sobiq Ittifoqda kimyoviy tolalar 1930 yillarda sun’iy tolalar ishlab chiqarish bilan boshlangan bo‘lib, 1940 yilda olingan tolaning miqdori 11 ming tonnani tashkil etgan. Urush yillari kimyoviy tolalar ishlab chiqariladigan korxonalarning barchasi vayron etilganligi sababli, sobiq Ittifoqda bunday tolalar ishlab chiqarishni rivojlanishi urushdan keyingi davrga tog‘ri keladi. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish 1960 yilga kelib, urushdan oldingi davrga nisbatan 20 marta ko‘paydi.
|
| |