• Uchma-uch payvandlash bajarilish usuliga qarab ikki asosiy turga ajratiladi: 1. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlash
  • 2-amaliy mashg’ulot Uchma-uch pаyvаndlаsh mаshinаlаrini tuzilishini o’rgаnish. Chokli kantaktli payvandlash mashinalarini tuzilishini o’rganish




    Download 4.02 Mb.
    bet1/2
    Sana29.03.2024
    Hajmi4.02 Mb.
    #181065
      1   2
    Bog'liq
    Sirtqi-2
    HEMIS Student manual, Gidravlika 2, Fizik kimyo Akbarov, all, DARS JADVALI, таркат, 13K-22 EEE Ishchi oquv dasturi, Dars jadvali, курс иши методичка бажариш (1), 0‘ZGARMAS TOK MASHINALARI, Схемотехника 1-4, 8-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, po\'latlarga termik-kimyoviy ishlov berish, 7as termo dinamika, Практикум Методичка Железауглеродистые сплавы

    2-amaliy mashg’ulot
    Uchma-uch pаyvаndlаsh mаshinаlаrini tuzilishini o’rgаnish.
    Chokli kantaktli payvandlash mashinalarini tuzilishini o’rganish.
    Uchma-uch payvandlash deb, kontaktli payvandlashning shunday turini aytiladiki, bunda payvandlash detallarning birlashtiriladigan butun yuzasi, butun uchma-uch birikish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Payvandlash uchun detallar qisish qurilmasi yordamida pastki tok o‘tkazuvchi elektrodlarga siqiladi. Bu elektrodlar kontaktli payvandlash mashinasi transformatori ikkilamchi chulg‘amining har xil ishorali qutblari hisoblanadi. Tokni almashlab ulagich (переключатель) yordamida transformatorning ikkilamchi chulg‘ami zanjirini tutashtirib, qarshilikka keltirilgan detallar orqali katta kuchli tok o‘tkaziladi. Shunda ikki detalning tegish qarshiligi evaziga jadal ajralib chiqayotgan issiqlik payvandlanayotgan yuzalarning metallning erish haroratiga yaqin haroratgacha tez qizishini ta’minlaydi. Detallar talab etilgan darajada qizigandan keyin cho‘ktirish qurilmasi yordamida bosiladi.
    Yuqori harorat va bosimning birgalikdagi ta’siri payvandlanayotgan qismlar materialidan umumiy kristall panjara hosil bo‘lishi tufayli detallar payvandlanishini ta’minlaydi.
    1-qisuvchi, 2-tirgak, 3-mashina jag‘lari, 4-harakatlanuvchi stanina, 5-uzatish yuritmasi, 6-harakatlanuvchi plita suriladigan yo‘naltiruvchilar, 7-plitalar, 8-stanina, 9-stanina ichiga bosqichlarni almashlab ulagichi bulgan payvandlash transformatori, 10-transformator ikkilamchi kontur, 11-qo‘zgalmas stanina.
    Uchma-uch payvandlash bajarilish usuliga qarab ikki asosiy turga ajratiladi:
    1. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlash
    Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda detallar avval Fb kuch bilan siqiladi va payvandlash transformatori tarmoqqa ulanadi. Detallar orqali payvandlash toki Ipay o‘tadi va detallarning uchma-uch birikish joylari erish haroratiga yaqin haroratgacha asta-sekin qiziydi. Keyin payvandlash toki uzib qo‘yiladi va cho‘ktirish kuchi keskin oshiriladi, shunda ular uchma-uch birikish joyida deformatsiyalanadi. Bunda payvandlash joyidan sirtdagi pardalarning bir qismi siqilib chiqadi, fizik kontakt shakllanadi va birikma hosil bo‘ladi.
    Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda birinchi tayyorgarlik bosqichida detallar katta kuch ta’sirida bir-biriga tegadi. Ikkinchi bosqichda tok ulanib, birikmaning yon yuzalari asosiy metallning erish harorati Terish ning (0,8—0,9) qismi qadar qizdiriladi. Metallning tutash qismlari ma’lum chuqurlikkacha qiziydi va birgalikda plastik deformatsiyalanish sodir bo‘ladi.

    Download 4.02 Mb.
      1   2




    Download 4.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-amaliy mashg’ulot Uchma-uch pаyvаndlаsh mаshinаlаrini tuzilishini o’rgаnish. Chokli kantaktli payvandlash mashinalarini tuzilishini o’rganish

    Download 4.02 Mb.