|
6-sinflar uchun test savollari.(1-1)
|
bet | 1/16 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 74,48 Kb. | | #103838 |
Bog'liq abuturenttest
6-sinflar uchun test savollari .(1-1)
1.Okean bilan dengiz yuzasi bilan quruqlik yuzasi tutashgan chegara nima deb ataladi?
A.Dunyo okeani B.qirg`oq chegarasi C.qor chizig`i D. qo`ltiq.
2.Relyef , suvlar , o`simlik , aholi punktlari , yo`llar , chegaralar va boshqalar bir xil aniqlikda va mukammallikda ko`rsatilgan xaritalar qanday xaritalar hisoblanadi?
A. kompleks xaritalar B.umumgeografik xaritalar C. tabiiy xaritalar D.mavzuli xaritalar.
3. Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas , balki bir-biri bilan bog`langan bir qancha komponentlar ko`rsatilgan xaritalar qanday xaritalar hisoblanadi?
A. kompleks xaritalar B.umumgeografik xaritalar C. tabiiy xaritalar D.mavzuli xaritalar.
4.Yunon olimi Pifagorning Yer shar shaklida degan fikriga asoslanib , kim birinchi globusni yasagan ?
A. yunonistonlik Krates B.Abu Rayhon Beruniy C.nemis olimi Martin Bexaym D.Hoji Yusuf Hay’atiy
5. Kimning nechanchi yilda ishlagan globusi Samarqanddagi madaniyat va san’at tarixi muzeyida saqlanmoqda?
A. Krates er .av.II asr B.Abu Rayhon Beruniy 1016 y C. Martin Bexaym 1492 y D.Hoji Yusuf Hay’atiy 1886 y
6.Geografik qobiq tushunchasiga yaqin bo`lgan g`oya qachon kim tomonidan aytilgan?
A. 1912 y Anuchin B.1966 y Grigoryev C. 1984 y Oshev D.1902 y Anuchin
7.Geografik qobiq Yerning boshqa qobiqlaridan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
A.geografik qobiq komponentlari doimiy ravishda o`zaro aloqadorlikda bo`lishi va bir-biriga ta’sir etishidir
B.modda va energiya almashinish jarayonining bo`lib turishidir
C.geografik qobiqda organik hayotning , jumladan, insoniyat jamiyatining mavjudligidir
D. barchasi to`g`ri
8. Okean suvi necha yilda bir marta yangilanadi?
A. 1000 B.2000 C.3000 D.5000
9. Hozirgi keksa tog`lar qaysi erada paydo bo`lgan?
A. Arxey B.Proterozoy C.Paleozoy D.Mezozoy
10.Quyidagilardan geosinklinal mintaqani aniqlang.
A. Turon B.Sharqiy Yevropa C.Sibir D. Markaziy Amerika
11. O`rta okean tizmalarida litosfera plitalari nimadan chiqayotgan moddalarning halqasimon harakati hisobiga bir-biridan uzoqlashadi?
A. yadro B. mantiya C. yer po`sti D.astenosfera
12. Okean po`stida so`nggi tadqiqot ishlari natijasida bazaltli qatlamdan pastda joylashgan qanday qatlam borligi aniqlandi?
A. pastida qatlam yo`q B. magmatik C.granit D. metomorfik
13. Yer po`sti va yuqori mantiya oralig`idagi chegarani kim nechanchi yilda aniqlagan?
A. 1914 y Moxorovichich B.1966 y Grigoryev C. 1984 y Oshev D.1902 y Anuchin
14.Materiklarning necha %i dengiz va okean suvlarining tagida joylashgan?
A.25% B.30% C.35 % D.40%
15.Kelib chiqishiga ko`ra magmatik xususiyatga ega bo`lgan yerosti suvini aniqlang.
A. buloq B.geyzer C. grunt suvi D. qatlamlar orasidagi suv
16.Havo harorati dengiz sathida +14°C bo`lsa , yuqori chegarasida -55°C gacha pasayadi .Gap qaysi qatlam haqida borgan?
A. troposfera B. termosfera C. mezosfera D. stratosfera
17. Havo massalari qanday yo`nalishda harakat qiladi?
A. vertikal B. gorizontal C. girdob D. A va B
18.Havo massalari yuqori bosimli mintaqalarda qaysi tomonga harakatlanadi?
A. pastdan tepaga B. tepadan pastga C. soat yo`nalishi bo`ylab D. soat yo`nalishiga qarama-qarshi
19. Barcha tabiat komplekslari , ya’ni iqlim mintaqalari va tabiat zonalari ekvatordan har ikkala qutblar tomon qonuniy ravishda almashinib boradi.Bunga sabab nima ?
A. relyef B. havo massalari C. iqlimiy sharoit D. havo bosimi
20. “Qit’alar go`yo suv sathida suzib yurgan daraxt barglari singari bir-biri tomon yaqinlashib yoki uzoqlashib , sekin harakatda bo`ladi” . Bu fikr kimga tegishli .
A. Al-Xorazmiy B. Beruniy C. Vegener D. Laplas
21.Qaysi olim Dunyo okeanini birinchi bo`lib 5 ta qismga (Tinch , Atlantika , Hind,Shimoliy va Janubiy Muz) ajratdi?
A. Varenius B. Vegener C. Laplas D. Shokalskiy
22. Liguriy dengizi qaysi okeanga tegishli .
A. Atlantika B. Hind C. Shimoliy Muz D. Tinch
23. Dunyo okeanining eng issiq suvi qayerda kuzatilgan ?
A. Qizil dengiz B. Fors qo`ltig`i C. Arabiston dengizi D. Sargasso dengizi
24. Nima ta’sirida okean suvining 1500 m gacha qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi?
A. ikki tomonga esadigan shamollar B. bir tomonga esadigan shamollar C. sunami D. to`lqinlar
25.25-75 sm/s tezlikka ega bo`lgan oqim qaysi ?
A. Golfstrim B. G`arbiy shamollar C. Janubiy passat D. Peru
|
| |