|
-sinf uchun geografiyadan test savollari (1-3)
|
bet | 3/16 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 74,48 Kb. | | #103838 |
Bog'liq abuturenttest6-sinf uchun geografiyadan test savollari (1-3)
1.Dunyo okeanini tadqiq etish va foydalanish hamda muhofaza qilish maqsadida YUNESKO qoshida qanday tashkilot tuzilgan ?
A.Davlatlararo okeanografik komissiya B. Xalqaro dengiz komiteti
C. Davlatlararo dengiz komissiyasi D.Dunyo okeani komissiyasi
2.Xalqaro gidrografik byuro 1928-yilda nima to`g`risida qaror qabul qilindi?
A.Sargass dengizini tan olish B.Janubiy okeanning mavjud emasligi
C.Marianna botig`ini eng chuqur botiqligi D.Shimoliy Muz okeanining mustaqil okeanligi
3.Afrikadagi Kalaxari cho`li ,Zambezi va Kongo daryolarini o`rgangan tadqiqotchini va uning millatini aniqlang.
A.Livingston,ingliz olimi B.Kabot,amerikalik olim C. Tasman,ingliz olimi D.Stenli, amerikalik olim
4.Uzunligi 2000 km ga teng suv osti tizmasini toping.
A. Mendeleyev B.Bofort C. Lomonosov D.Nordensheld
5.Nimaning qalinligi o dan 1500 m gacha boradi?
A.yer po`stining B. ko`p yillik muzloq yerlarning
C. yer po`sti bilan mantiya o`rtasidagi platformaning D. o`rtacha kenglikdagi troposferaning
6.Yer yuzining 30° kengliklaridan ekvatorga tomon esib , ekvator yaqinida g`arb tomonga burilib ketadigan shamollarni belgilang .
A.musson B.briz C.g`arbiy shamollar D. passat
7.Tinch okeanining qaysi qismida cho`kindi jinslarning qalinligi 500-600 m ni tashkil etadi?
A.chuqur botiqlarda B.ekvatorial mintaqada C. shelfda D. shimoliy qismida
8. “Issiqlik mashinasi”ning harakat yo`nalishi , tezligi kabi xususiyatlariga Oy va Quyoshning tortishi hamda Koriolis kuchi ,hatto antropogen omil bilan birga yana nima ta’sir etadi?
A.yerning ichki energiyasi B.shamollar C.havo bosimi D.yerning tashqi energiyasi
9.Qizil-qo`ng`ir tuproq xos tabiat zonasini aniqlang .
A. chalacho`l B tropik cho`llar C.tog`oldi zonasi D. savannalar
10. Qaysi okeanning shimoli-g`arbiy qismida eng kam yog`in kuzatilgan?
A. Atlantika B.Shimoliy Muz okeani C.Hind D. Tinch
11. Ko`p yillik muzloq yerlar qanday hosil bo`ladi?
A. tuproq, cho`kindi jinslar bilan yer osti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan
B. tuproq bilan organik va cho`kindi jinslarning muzlab qolishidan
C.tuproq bilan yer osti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan
D.cho`kindi jinslarning muzlab qolishidan
12. Qizil – sariq ferrolit tuproqlar qaysi mintaqada tarqalgan?
A. tropik B. subekvatorial C. ekvatorial D. subtropik
13. Nil daryosini uning Kageri irmog`i bilan nima bog`lab turadi?
A. Viktoriya ko`li B.Nyassa ko`li C.Rudolf ko`li D. Viktoriya sharsharasi
14. Quyidagi javoblardan qaysi biri “99,5%” iborasiga mos keladi?
A. dunyo okeanidan olinadigan mahsulot tarkibida jonivorlarning ulushi
B. atmosfera massasining 80 km gacha bo`lgan quyi qatlamiga to`g`ri keluvchi qismi
C. tabiiy gaz tarkibida uglevodorodlar hissasi
D. atmosfera tarkibida azot va kislorod gazlarining hissasi
15. Quyidagilardan qaysi birida harorat 4000°C atrofida bo`ladi?
A. quyosh qutblarida B. yer yadrosida C. yer mantiyasida D. quyosh tojida
16.Gamada bu-….
A. vodiylar B. platolar C. toshloq sahrolar D. qumli cho`llar
17. Eramizdan avvalgi III asrda Eratosfen tuzgan dunyo xaritasida keltirilgan orolni belgilang .
A. Irlandiya B. Tale C. Seylon D. Madagaskar
18. Qaysi Litosfera plitasining tezligi yiliga 4 sm ga teng?
a) Avsraliya b) Amerika s) Afrika d) Hindiston
19.”Dengiz sayozliklarida ,marjon riflari atrofida organizmlar eng ko`p tarqalgan.Bu yerlarda haqiqiy suvosti o`tloqlarini uchratish mumkin”.Bu ta’rif qaysi materik uchun xos?
A.Shimoliy Muz okeani B.Hind okeani C.Atlantika okeani D.Tinch okeani
20.Nunutaklar nima?
A.Baliq turi B.ekvatorial o`rmonlarda uchraydigan o`simlik turi
C.Tog`larning muzlardan chiqib turgan cho`qqilari D. cho`kindi jinslarning muzlab qolishi
21.Toroslar nima ?
A.Okeanlardadagi qalashib ketgan muzlar B.Okeanda uchraydigan baliq turi C.Tog`larning muzlardan chiqib turgan cho`qqilari D. cho`kindi jinslarning muzlab qolishi
22. 45 minutlik dars jarayonida Yer shari Quyosh atrofida aylanganida qancha masofani bosib o`tadi?
A.80,5 km B.78,7 km C.90,8 km D.89,5 km
23. 6000 m balandlikka ko`tarilgan alpinistlarning barometri 150mm simob ustunini ko`rsatgan bo`lsa, shu vaqtda tog` etagidagi havo bosimi qanchaga teng bo`ladi?
A.650mm B.750 mm C.850 mm D.550 mm
24.Yillik yog`in miqdori 200 mm ,bug`lanuvchanlik 1000 mm .Namlik koeffitsentini toping?
A.20% B.5% C.40% D. 100%
25.Yer yuzasida harorat +30° bo`lsa, yer yuzasidan qancha balandlikda qor hosil bo`ladi?
A. 6000 m B.5000m C.4000m D . 7000 m
|
| |