• Annotatsiya.
  • Kalit so‘zlar
  • Ключевые слова
  • Xos xususiyatlari




    Download 439.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana25.01.2023
    Hajmi439.66 Kb.
    #39433
      1   2
    Bog'liq
    oliy-ta-lim-tizimida-mustaqil-ta-limni-tashkil-etishning-o-ziga-xos-xususiyatlari
    iqtidorli talaba, 14 -Ma\'ruza HFX, MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO (2), Muxlisaxon pas, 1-mustaqil ish. O`zbek tili. tayor, 5555555, Аъзамова Шаҳзода Отақўзи қизи, Список литературы, 9-Amaliy mashg, Munisaxon, tabiiy-resurslarni-boshqarish-ekologiya-va-atrof-muhit-muhofazasi, Texnologik ta\'lim chet el adabiyotlar ro\'yxati 3, 1, The bar chart provides information about the students preferred to emigration to foreign country in three different level of education of Bulgarians in three years


    381 
    2022-SENTABR/OKTABR 
    OLIY TA’LIM TIZIMIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA 
    XOS XUSUSIYATLARI. 
    M.I.Quvondiqova .Andijon davlat pedagogika instituti. 
    Annotatsiya. 
    Maqolada oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’limni tashkil etishning o’ziga xos 
    xususiyatlari,mustaqil ta’lim turlari, shuningdek oliy ta’limda mustaqil bilim olish 
    faoliyatini tashkil qilish bo’yicha tavsiyalar berilgan. 
    Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, mustaqil fikrlash, mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etish 
    bo’yicha tavsiyalar. 
    Аннотация. 
    В статье приведены особенности организации самостоятельного обучения в 
    системе высшего образования, виды самостоятельного обучения, а также 
    рекомендации по организации самостоятельной учебной деятельности в высшей 
    школе. 
    Ключевые слова: рекомендации по организации самостоятельного обучения, 
    самостоятельного мышления, самостоятельной учебной деятельности. 
    Insonning psixologik va pedagogik imkoniyatlari ko‘lamidan oqilona foydalanish, 
    shu asosda ma’lum ijtimoiy istiqbollarini belgilash, aynan har bir shaxsning o‘zi jamiyat va 
    xalqning bir qismi sifatida o‘zini-o‘zi anglashi, o‘zini-o‘zi rivojlantirishi va kamol toptirishi 
    muqarrardir. Bu jarayon esa, tabiiyki uzluksiz ravishda Respublikamizda amalga 
    oshirilayotgan ijtimoiy turmushdagi turli sohalar bo‘yicha iqtisodiy taraqqiyoti uchun 
    muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsni shakllantirish muammosi va uni pedagogik – 
    psixologik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirish shu sohaga dahldor barcha yo‘nalishlarga alohida 
    ma’suliyat yuklaydi. 
    Ta’lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog talabalarning mustaqil fikrlashlari uchun 
    sharoit yaratishi lozim, aks holda talaba ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar 
    o‘rganadiki, ular oxir oqibat har qanday noto’g’ri yoki yot g‘oyalarga ergashib 
    ketaveradigan bo‘lib qoladi. Ya’ni, darsni tashkil etishning noan’anaviy usullariga keng yo‘l 
    ochish, darslarda talabalarining interaktiv muloqotini tashkil etish, ular miyasining 
    yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi 
    Mustaqil ta’lim oliy ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, u 
    quyidagi sohalarda bajariladi:
    1. Ma’ruza mavzusi va materiali bo‘yicha mustaqil ishlar: ma’ruzada bayon qilingan 
    asosiy tushunchalar, muhim masalalarni idrok etish va anglab olish uchun ma’ruzadan keyin 
    o‘z yozuvlari (konspekti)ni tartibga keltirish, tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari, birinchi 
    manbalarni o‘rganish bilan o‘z yozuvlariga tuzatishlar kiritish va to‘ldirish, o‘qilgan 
    manbalardan qo‘shimcha matnlar olish. 


    382 
    2022-SENTABR/OKTABR 
    2. Amaliy mashg‘ulotlarga, seminar va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik sohasida 
    mustaqil ishlash, axborotlarni tartibga keltirish, savollar tuzish, javoblar hozirlash, o‘quv 
    mashg‘uloti loyihalarini tuzish, savol - javoblarga, muhokamada qatnashishga, amaliy 
    ishlarni bajarishga tayyorlanish. 
    3. Referatlar, ma’ruzalar, kurs ishlarini yozish bo‘yicha o‘quv - biluv topshiriqlarini 
    bajarish bo‘yicha mustaqil ishlar. 
    4. Nazorat ishlari (joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlari) sohasida o‘quv - biluv 
    topshiriqlarini bajarishga doir mustaqil ishlar. 
    5. Malakaviy amaliyotlar bilan bog‘liq o‘quv - biluv topshiriqlarini mustaqil bajarish: 
    pedagogik amaliyot, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘liq o‘quv- biluv topshiriqlari 
    shular jumlasiga kiradi. 
    6. Maxsus kurs va maxsus seminarlarni o‘rganish bilan bog‘liq mustaqil ishlar: 
    ma’ruza mavzusiga doir adabiyotlarni o‘qib, o‘rganib, biror masala bo‘yicha matn 
    tayyorlash, ma’ruza o‘qishga hozirlanish kabilar. 
    7.Malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash sohasida mustaqil 
    ishlar 
    Talabalar mustaqil faoliyatining shakllari, metodlari xilma xil bo‘lib, fanni (sohani) 
    mustaqil o‘rganishning negizi hisoblanadi: ilmiy adabiyotlarni annotatsiya qilish, birlamchi 
    manbalar bo‘yicha konspekt tuzish, referat va ma’ruza yozish, kurs va bitiruv ishlarini 
    bajarish, auditoriyadan tashqari paytda tajriba o‘tkazish hamda olingan miqdoriy natijalarni 
    ham miqdor, ham sifat jihatidan tahlil qilish va boshqalar. 
    Har qanday yangilik, taraqqiyot inson aql zakovatining mahsuli hisoblanadi, xuddi 
    shu bois fan texnika rivoji ko‘p jixatdan mutaxassisning mustaqil fikrlashiga bog‘liq. Talaba 
    kamoloti jismoniy, axloqiy va aqliy bosqichlardan iborat bo‘lib, bu borada uning mustaqil 
    fikrlashi muhim o‘rin egallaydi. Hozirgi davrning talabalari jismoniy, axloqiy jihatdan 
    komillik darajasiga erishsada, lekin aqliy kamolotga erishishi bir qancha ko‘rinishlarga, 
    ya’ni asab tizimining taranglashuvi, aqliy zo‘riqish, hissiy jiddiylashuv, barqaror irodaviy 
    akt, uzluksiz faollik, fidoyilik namunalari evaziga bosqichma bosqich amalga 
    oshiriladi.Mustaqil tafakkur bu kishilardagi aqliy faoliyatning asosiy tavsifi bo‘lib, 
    tafakkurning individualligini belgilaydi.Shu boisdan, Oliy ta’limda mustaqil bilim olish 
    faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi: 
    1. Mustaqil faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha beriladigan maslahat, vaqtni 
    rejalashtirishga qaratilgan maslahat. 
    2. Mustaqil bilim va ma’lumot olish bo’yicha beriladigan maslahat: 
    ➢ kutubxonadan 
    foydalanish to‘g‘risidagi maslahatlar.
    ➢ kitob bilan ishlash haqida maslahatlar.
    ➢ oqilona (ratsional) o‘qish yo‘llari yuzasidan maslahatlar.
    ➢ konspekt tuzishga oid maslahatlar.


    383 
    2022-SENTABR/OKTABR 
    ➢ o‘qilgan 
    psixologik manbalarning muhim joylarini ajratishga yo‘naltirilgan 
    maslahatlar: 
    ➢ Bevosita o‘qish jarayoniga taalluqli maslahatlar: 
    ➢ ma’ruzani samaralirok konspekt qilishga alokador maslahat, 
    ➢ o‘qilgan o‘quv materiallarini omilkor, mantiqiy esda olib qolish bilan bog‘liq asosiy 
    fikrlarni umumlashtirish va tezisni tuzish bilan bog‘liq maslahatlar. 
    ➢ Ijodiy faoliyatga tegishli maslahatlar: 
    ➢ referat yozish mazmuni, mohiyati va xususiyati yuzasidan maslahat
    ➢ kurs ishi yozish qoidasi, talabi va prinsipi bo‘yicha bildiriladigan maslahat; 
    ➢ bitiruv ishi yozishga doir fikr mulohazalar; 
    ➢ tezis va maqola tayyorlashga aloqador bo‘lgan maslahatlar; 
    ➢ magistrlik dissertatsiyasiga taalluqli yo‘l — yo‘riqlar majmuasiga yo‘naltirilgan 
    maslahat. 

    Download 439.66 Kb.
      1   2




    Download 439.66 Kb.
    Pdf ko'rish