|
-sinf uchun geografiyadan test savollari (2-4)
|
bet | 8/16 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 74,48 Kb. | | #103838 |
Bog'liq abuturenttest6-sinf uchun geografiyadan test savollari (2-4)
1. Shimoliy muz okeanini o`rganishga katta hissa qo`shgan olimni aniqlang .
A. Lazarev B. Tasman C. Nordensheld D. Kuk
2. Martin Bexaym yasagan globusda qaysi hududlar tasvirlanmagan?
A. Amerika, Avstraliya va Antarktida B. Avstraliya va Janubiy Amerika
C. Amerika va Avstraliya D. Shimoliy Amerika
3. Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo`lib aniqlagan olim qaysi mamlakatlik edi?
A. Buyuk Britaniya B. Italiya C. Fransiya D. Germaniya
4. Daraxtsimon sal, tik palmalar o`sadigan tabiat zonasini aniqlang .
A.subtropik nam o`rmonlar B. subtropik o`rmonlar va butazorlar
C. tropik o`rmonlar D. tropik savannalar
5. Qaysi materik relief tuzilishiga ko`ra uch qismga ajraladi ?
A. Avstraliya B. Shimoliy Amerika C. Yevrosiyo D. Arabiston
6. 1 litr suvda 270 gramm tuz bor suv havzasini aniqlang .
A. Fors ko`rfazi B. Qizil dengiz C.O`lik dengiz D. Suvaysh kanali
7. Afrikaning chegaralari ekvatordan shimol va janub tomonlarga 15-20° kengliklarga cho`zilib borgan mintaqasini toping .
A. subtropik B. ekvatorial C. subekvatorial D. tropik
8. Qaysi hududlar kelajakda Afrikadan ajralib ketadi ?
A. Afrika yer yorig`idan shimoldagi B. Afrika yer yorig`idan janubdagi
C. Janubiy Afrikadagi D. Afrika yer yorig`idan sharqdagi
9.Tinch okeani dengizini aniqlang.
A. Arafur B. Timor C. Andaman D. Bali
10. Yerning qaysi qismida yozda 186 sutka kunduzi bo`ladi?
A. ekvatorda B. tropiklarda C.shimoliy qutbda D. sharqiy yarim sharda
11. Kaledon tog` hosil bo`lish bosqichi o`z ichiga qaysi davrlarni oladi?
A. kembriy, ordovik B. ordovik,silur C. devon,perm D.silur devon
12. Kongo daryosiga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang ?
A. yillik suv sarfi deyarli o`zgarmaydi. B.Lukuga irmog`i Tanganika ko`lidan boshlanadi.
C. Livingston sharsharalar guruhi mavjud D. Gvineya qo`ltig`ida yirik delta hosil qiladi
13. Qaysi olimning fikricha taxminan 200 mln yil muqaddam yer yuzida yagona Pantalassa okeani bo`lgan?
A. Vegener B. Sayks C. Beruniy D.Oliver
14.Afrika ekvatorial o`rmonlar zonasining o`rta yarusida qanday o`simliklar o`sadi?
A. seyba B.palma daraxtlari C.moyli palmalar D. paparotniklar
15.Qaysi okeanda 200-800 m chuqurlikda suv harorati 1,3-2°C ga teng ?
A. Shimoliy muz B.Atlantika C.Hind D.Tinch
16. Tinch okeanining qaysi qismida 2000-3000 mm yog`in yog`adi?
A. mo`tadil kengliklar g`arbida B. mo`tadil kengliklar sharqida
C.subtropik kengliklar sharqida D. ekvator atrofida
17.Quyidagi javoblardan qaysi biri bilan “17,54°C” iborasi mos tushadi?
A. Hind okeani yuza suvining o`rtacha kengliklardagi harorati
B. Troposfera bilan stratosfera o`rtasidagi o`rtacha havo harorati
C.dunyo okeani suv yuzasining o`rtacha yillik harorati
D. O`rta dengiz yuza suvining o`rtacha harorati
18. Avstraliyaning ikkinchi relief shaklini aniqlang.
A. Janubiy Avstraliya B. Markaziy tekislik C.shimoliy Avstraliya D.Shimoliy tekislik
19. Yer yuzasida 1774 yilda qanday voqea yuz berdi?
A.Atmosferaning gaz tarkibi aniqlandi B. Baffin yeri kashf etildi
C. Birinchi dirijabl sinovdan o`tkazildi D. Yaponiya bilan Xitoy o`rtasida urush boshlandi
20. Okeaniya xalqlarining asosiy qismi qaysi til oilasiga kiradi?
A. paratay B.afroosiyo C.avstroneziya D.Hind Yevropa
21. Dengiz sathidan balandligi 500 m dan ham ortiq tekisliklar nima deb ataladi?
A. Palaxsali tog`lar B. tekis tog`lar C.qirlar D. yassi tog`lar
22. Nima dastlab Liviya deb atalgan?
A.O`rta dengiz B. nubiya cho`li C. Sahroi Kabir D. Afrika materigi
23. Hind okeani dengizlarini aniqlang.
A.Andaman,Koro,Tasman B.Seram ,Flores ,Qizil C.Arabiston,Koro ,Fidji D.Arafur ,Deyvis ,Timor
24. Qaysi okean maydoni qaysi davlat maydonidan 10 marta ortiq ?
A. Atlantika okeani Hindiston maydonidan B.Tinch okeani Rossiya maydonidan
C.Shimoliy Muz okeani Xitoy maydonidan D.Hind okeani Meksika maydonidan
25. Qaysi okeanda yuza suvlari sho`rligi 30-32 promillega ,tubida 34-35 promillega teng?
A. Atlantika B. Shimoliy Muz C.Tinch D. Janibiy
|
| |