• AFRIKA MATERIGINING GEOGRAFIK O’RNI VA CHEGARALARI.
  • Afrika. Materik geografik orning asosiy xususiyatlari




    Download 1.14 Mb.
    bet1/4
    Sana02.06.2023
    Hajmi1.14 Mb.
    #68979
      1   2   3   4
    Bog'liq
    AFRIKA. MATERIK GEOGRAFIK ORNING ASOSIY XUSUSIYATLARI


    AFRIKA. MATERIK GEOGRAFIK ORNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

    MUNDARIJA:


    KIRISH……………………………………………………………......2

    1. BOB. AFRIKA MATERIGINING UMUMIY XUSUSIYATLARI

      1. Afrika materigining o’rni va chegaralari.………………………7

      2. Afrika qirg’oqlaridagi okeanlarning materik tabiatiga ta’siri …10

    2. BOB. AFRIKA MATERIGI IQLIMI VA ICHKI SUVLARI.

      1. . Afrika iqlimining tarkib topishi ……………………………….…13

    2.2. Afrika materigi daryolari………………….………………………15

      1. Afrika materigi ko’llari ……………………………………………25

    XULOSA…………..…………………………………………………….27
    ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………..33

    KIRISH
    Materiklar tabiiy geografiyasi tabiy geografiya fanlarining muhim qismidir. Tabiiy geografiyaning o’rganish ob’yekti-geografik qobiqdir. Geografik qobiq bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan yer po’sti, atmosferaning quyi qatlamlari, okean va materik suvlari, tuproqlar, o’simliklar hamda hayvonlardan tarkib topgan. Geografik qobiqning ayrim tarkibiy qismlari, uchastkalari yoki komponentlarini o’rganish bilan tabiiy geografiyaga yaqin va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan - geologiya, geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, tuproqshunoslik, biogeografiya shug’ullanadi. Geografik qobiq-bir butun sistema sifatida, uning tuzilishi, rivojlanishi va o’ziga xos xususiyatlari hamda asosiy qonuniyatlari tabiiy geografiyaning umumiy yer bilimi deb ataluvchi bo’limida o’rganiladi. Geografik qobiqni tahlil qilish uning bir butunligini, uni tashkilo etuvchi komponentlarning hamda unda ro’y beruvchi tabiiy jarayonlarning o’zaro aloqadorligi va bir-biriga bog’liqligini ko’rsatadi. Biroq geografik qobiq bir butunligi bilan birga, makonda ya’ni bir joydan ikkinchi joyga farq qilishi bilan xarakterlidir. Geografik qobiqning bu xilma-xilligi hududiy bo’linishi differensiallanishi deyiladi. Hududiy bo’linish-geografik qobiqning uni tashkil etuvchi komponentlar hamda unda ro’y beruvchi jarayonlarning o’zaro qarama- qarshi ta’siri natijasida rivojlanishi oqibatidir. Geografik qobiq hududiy bo’linishi natijasida nisbatan bir xil joylarning murakkab tabiiy tizimga ajraladi, bu joylar tashqi ko’rinishi va ichki xususiyatlari jihatidan bir- biridan farq qiladi. Geografik qobiqning bunday hududiy qismlari tabiiy komplekslar, eokomplekslar, geosistemalar, landshaftlar deyiladi. Ularning katta-kichikligi va bir xillik darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Geografik qobiqning katta-katta qismlarini egallovchi va faqat mayda masshtabli kartalargagina sig’adigan murakkab yirik geokomplekslar ajratiladi; bular esa yirik masshtabdagi o’rganishni talab etadi. Tabiiy hududiy birliklarni ajratish, kartaga tushirish hamda tasvirlash jarayoni tabiiy geografik rayonlashtirish deyiladi. Tabiiy geografiyaning geografik qobiqning konkret qismlarini-uchastkalarini o’rganish va tabiiy geografik rayonlashtirish bilan shug’ullanadigan tarmog’i regional tabiiy geografiya deyiladi. Latincha-regio o’lka, rayon. Umumiy yer bilimi va regional tabiiy geografik o’zaro chambarchas bog’liq, chunki ularning o’rganish ob’yekti umumiy- epigeosfera, ya’ni geografik qobiqdir. Biroq umumiy yer bilimi epigeosferaga uning bir butunligi, yaxlitligi nuqtai nazaridan qaraydi, regional tabiiy geografiya esa epigeosferani ichki tafovutlari hamda regional xususiyatlari jihatidan ko’rib chiqadi. Bunda shuni ham yodda tutish kerakki, geografik qobiqning ichki tafovutlari tasodifiy bo’lmay, umuman butun geografik qobiqning mavjudligi va rivojlanishini boshqaruvchi umumiy qonuniyatlarning namoyon bo’lishidan iboratdir. Shuning uchun ham regional tabiiy geografiya geografik qobiq umumiy xususiyatlari va qonuniyatlarining konkret hududlard qanday namoyon bo’lishini o’rgatadi va. Binobarin umumiy yer bilimi regional tabiiy geografik kurslar uchun zaruriy ilmiy-nazariy bazadir, deb aytish mumkin. Regional tabiiy geografiyani o’rganishda, shuningdek, geografik qobiqning ayrim komponentlarini o’rganuvchi tarmoq kurslardan-geologiya, o’simliklar geografiyasi, tuproqshunoslik va h.k. Regional tabiiy geografiya geografik qobiqning tabiiy chegaralar bo’yicha ajratilgan ayrim hududiy birliklarini o’rganadi. Bu tabiiy hududiy birliklar juda katta -masalan, butun bir materik, materikning bir qismi, okean, o’rtacha-materik doirasidagi katta tabiiy rayon, masalan, Sahroi Kabir va kichik bo’lishi mumkin. O’rganilayotgan rayonlarning katta-kichikligi va murakkabligiga qarab, ularni o’rganish mashshtabi hamda mukammallik darajasi ham o’zgaradi, bu esa, o’z navbatida regionlarni qanday o’rganish vazifalariga bog’liq. Kicik regionlar odatda batafsil o’rganiladi va bu o’rganishlar natijasi xalq xo’jaligida amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Katta hududlarni to’la emas, kamroq darajada, kichik msshtabda o’rganishning amaliy ahamiyatidan ta’limiy ahamiyati kattadir. Kichik masshtabli regional geografiya mamlakatshunoslik bilan chambarcha sbog’liq. Keng ma’noda olinganda, mamalkatshunoslik biror mamlakat yoki rayonni siyosiy-ma’muriy chegarada tasvirlashdan iborat; u tabiat va tabiat resurslari, aholi, xo’jalik, madaniyatini tasvirlashni o’z ichiga oladi. Biroq mamlakatshunoslik deganda, kishilik jamiyati uchun muhit bo’lgan tabiiy geografik sharoitning o’zini o’rganishni ham tushunish mumkin. Bunday tabiiy geografik mamlakatshunoslik amalda regional tabiiy geografiyaning o’zi deyish mumkin. Butun geografik qobiq haqida va uni tashkil etuvchi tizimlar-tabiiy komplekslar haqida gap ketganda, kishilik jamiyati faoliyatining tabiatga ko’rsatadigan juda katta ta’sirini unutmaslik kerak. Umuman geografik qobiq va uning ayrim qismlari tabiiy huddiy tizimlar sifatida garchi, Yer sharinig rivojlanishi jarayonida shakllangan bo’lsada, bu tizimlar kishilik jamiyatining ta’sirida ma’lum darajada o’zgargan. Jamiyatning rivojlanish darajasiga, uning qaysi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga mansubligiga, o’rganilayotgan hududda aholi qay darajada zich joylashganligiga qarab, tabiiy komplekslarning inson tomonidan o’zgartirilishi turlicha xarakterda bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda geografik qobiqda biron bir joy yo’qki, u kishilik faoliyatining ozmi-ko’pmi bevosita yoki bilvosita ta’sirida bo’lmagan bo’lsin. Ba’zi hollarda bu ta’sir shu qadar kuchli va uzoq davom etganki, tabiiy sharoitning tub o’zgarishlariga olib kelgan hamda “antropogen” landshaftlarni vujudga keltirgan. Masalan, sanoat yulsak darajada rivojlanagan va shaharlar ko’p to’plangan regionlarda yoki dehqonchilik madaniyati ming yillik tarixga ega bo’lgan rayonlarda tabiatning takrorlanmas o’zgarishlari va haqiqiy tabiiy komplekslarning buzilishlari ro’y beradi. Hattao, inson faoliyati tabiatga muntazam ta’sir ko’rsatmaydigan joylarrda, chunonchi, okeanlarning, markaziy qismlarida yoki bu darajada namoyon bo’ladi. Ma’lumki, hatto muntazam qatnovchi hozirgi zamon kemalari yoki samolyotlari atrof- muhitning muayyan o’zgarishlariga sabab bo’ladi. Shuning uchun tabiiy geografiya u yoki bu regionni ta’riflashda inson faoliyatining natijalarini tahlil qilmay, uning kelgusidagi oqibatlarini hisobga olmay va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiat boyliklaridan eng oqilona foydalanishga oid tavsiyalar bermay o’ta olmaydi. Agar geografik qobiqdagi u yoki bu joyni tahlil qilishda kishilik faoliyati natijasilari hisobga olinmay, faqat tabiiy sharoit va qonuniyatlar ko’rib chiqilsa, bunda gap ideal tabiiy ob’yektlar ustida ketgan bo’ladi, vaholanki, bunday ob’yekt haqiqatda endi yo’q. Materiklar tebiiy geografiyasi kursida barcha materiklar va okeanlarning ularga tutash qismlari-dengizlar va orollar bilan o’rganiladi. Bunda quruqlikka asosiy e’tibor beriladi, okeanlar va dengizlar esa asosan ularning materiklar tabiiy sharoitining shakllanishidagi ahamiyati va aholining hayoti hamda faoliyatiga ta’siri nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Har bir materikning ta’rifi regional tabiiy geografik ta’riflashning umum qabul qilgan muayyan rejasi bo’yicha beriladi. Bu rejani geografik qobiq doirasida tabiiy hududiy komplekslarni hosil qiluvchi tabiat komponentlarining o’zaro aloqadorligi va bir-biriga bog’liqligi taqozo etadi. Dastlab materikning, uning o’lchamlari, shakli, geografik o’rni, tabiati asosiy xususiyatlarining umumiy ta’rifi beriladi. Bu nisbatan kichik kirish qismidan so’ng mazkur materikni o’rab turuvchi okeanlarning qirg’oq bo’yi qismlari qisqacha ta’riflanadi. Bundan keyin keluvchi “Tabiat shakllanishining asosiy bosqichlari” nomli bob butun materik tabiatining komponentlari-rel’yef, iqlimi va boshqalar tahlil qilinadi. Bunda asosiy tabiat resurslariga qisqacha baho beriladi. Komponentlar obzorining oxirida shu materikning aholisi, uning kelib chiqishi, rivojlanishi va joylashishining asosiy bosqichlari, irqiy xususuyatlari, shuningdek, uning tabiatga ko’rsatgan ta’sirining darajasi hamda xarakteri to’g’risida ma’lumot beriladi. Materik umumiy ta’rifining oxirida uning tabiatining hududiy taqsimlanishi xususiyatlari va uning doirasida ajaratiladigan tabiiy komplekslar sistemasi masalasi ko’rib chiqiladi. Geografik qobiqning ajratiladigan regionlari murakkab tabiiy komplekslardan iborat bo’lib, ular tarkibida umuman geografik qobiqni tashkil etuvchi barcha tabiat komponentlari ishtirok etadi va o’zaro bir-biriga ta’sir etib turadi. Shuning uchun na tabiat zonalari, na geomorfologik rayonlashtirish birliklari bunday regionlar bo’la oladi; chunki ular ayrim guruh komponentlar taqsimlanishinigina aks ettiradi va kompleks tabiiy geografik rayonlashtirishning birliklari hisoblanadi. “To’la” tabiiy komplekslarning shakllanishida esa, geografik qobiqning barcha komponentlari ishtirok etadi va binobarin, ulardan biri emas, balki ular orasidagi o’zaro aloqa xarakteri hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Rel’yef, iqlim, suvlar, organik dunyoning tarkibi va tashqi ko’rinishi xususiyatlari, zonal strukturaning namoyon bo’lish xarakterining xuddi shu o’zaro aloqasiga bog’liqdir. Mazkur kursda rayonlashtirishning asosiy birligi va geografik ta’riflashning asosiy o’b’yekti bir butun, geografik jihatdan alohida ajralib turuvchi hududdir, bu hududning asosiy qismi bir iqlim mintaqasida joylashgan bo’lib, bir tektonik oblastga kiradi. Uning doirasida bir iqlim tipi bilan biror morfostruktura tipining ustun turishi bilan xarakterlanuvchi nisbatan kichik tabiiy hududiy birikmalar ajratiladi. Tabiiy sharoiti bir-biriga o’xshash o’lkalar materikning katta qismlari-subkontinentlarni yoki okeanning katta qismlarini tashkil qiladi. Geografik qobiq hududiy bo’linishining eng katta birliklari materiklar yoki okeanlardir.

    1.1 BOB. AFRIKA MATERIGINING UMUMIY XUSUSIYATLARI



      1. AFRIKA MATERIGINING GEOGRAFIK O’RNI VA CHEGARALARI.

    Afrika materigi-yer sharida maydonining kattaligi jihatidan Yevrosiyodan keying ikkinchi materik. Atrofdagi orollar bilan birgalikda uning maydoni 30,3 mln. km , orollarni qo’shmaganda-29,2 mln. km2 Afrika materigi yevrosiyo bilan chambarchas bog’liq; bu materiklarni Qizil dengiz bilan O’rta dengizgina ajratib turadi. Afrika bilan Yevrosiyo sharqiy yarimshardagi yaxlit quruqlikdan iborat bo’lib, uni boshqa materiklardan juda katta maydondagi okeanlar ajratib turadi. Materikning eng chekka nuqtalari shimolda-Al-Abyad burni - 370201 shimoliy kenglik, janubda-igna burni 340 521 janubiy kenglik. Afrika shimoldan janubga 8 ming km ga cho’zilgan (rasm-1). Materikning eng serbar qismi ekvatordan shimolda-100 va 160 shimoliy kengliklar orasidadir; bu yerda Afrika 170331 g’arbiy uzunlikda Almadi burnidan 510241 sharqiy uzunlikdagi Xafun burnigacha davom etadi va eni 7500 km ga yetadi. Afrika qirg’oqlari yaqinida orollar u qadar ko’p emas. Orollardan eng kattasi Madagaskar. Bundan tashqari, Hind okeanida Sokotra, Zanzibar, Pemba, Mafiya, Komor, maskaren orollari bor. Bu orollarning deyarli hammasi materik orollari bo’lib, materikdan u qadar uzoqda emas. Atlantika okeanida materik va vulkan orollaridan Madeyra, kanar, yashil burun, Masias-Ngema-Biyogo, prinsipi, san-Tome, annoban orollari joylashgan. Yevrosiyo orografiyasi juda parchalangan, past-baland bo’lsa va xilma-xil bo’lsa, Afrika rel’yefi aksincha, ancha tekis va yer yuzasining tuzilishi ham murakkab emas. Afrika rel’yefida balandligi balandligi balandligi 200 m dan 1000 m gacha bo’lgan tekisliklar va yassi tog’liklar asosiy o’rin tutadi. Maydonini 10 % dan kamrog’I pasttekisliklardan, 20 % dan ko’prog’I tog’li o’lkalardan iborat. Amterikning chekka qismlari ko’pincha ichki rayonlarga nisbatatn bir oz balandroq. O’rtacha balandligi 750 m. Afrika ekvatorning har ikki tomonida joylashgan. Asosiy qismi tropic-ekvatorial kengliklarda, shuning uchun ham harorat ko’pincha juda balnd bo’ladi. Materik ichki qismlarining rel’yefi ancha tekis va atrofi berk bo’lganidan Afrika iqlimi o’ziga xos kontinentaldir. Tekislik rel’yefining ko’pchilikni tashkil etishi va geografik o’rni materikda geografik zonallikning yaqqol namoyon bo’lishiga sharoit yaratgan. Tabiiy sharoiti nisbatan bir xil bo’lgan va deyarli kenglik bo’ylab cho’zilgan keng polosalar qonuniy ravishda ekvatordan shimol va janubga tomon almashina boradi. Zonal struktura materikning kattagina va rel’yefiga ko’ra bir xil bo’lgan shimoliy qismida ayniqsa yaqqol namoyon bo’lgan. Miloddan oldin ko’p asrlar ilgariyoq materikning sohiliga va ichki rayonlariga Osiyo va Shimoliy Amerika xalqlari: finikiyaliklar, misrliklar, karfagenlar kelib turishgan. Ilk o’rta asrlarda Sharqiy va shimoliy Afrikaga Arabiston yarim orolidan arablar kelgan. \XV asrda portugallar Hindistonga boradigan yo’l qidirib, Afrikaning sohillarini tekshirishgan. Bu esa qul savdosi hamda yevroplaiklarning Afrika mamlakatlarini zabt etish davrining boshlanishi edi. XVIII asr oxiri va XIX asrda Angliya bilan Fransiya materikning ichki qismlarida bir qancha mustamlakalar zabt etdilar. Shundan keyin kashfiyotlar va tadqiqotlar boshlanib ketdi. 1788 yilda inglizlar “Afrika ichki qismlarini kashf etishga yordam assotsiyasini” tuzdilar. Bu assotsiatsiya yirik ekspeditsiyalar tashkil qildi. Afrikadagi eng yirik daryolar: Niger, Nil, Kong ova Zambezi daryolari havzalarining tadqiq etishi bilan bog’liq asosiy geografik muammolarning hal qilinishi XIX asrdagi tadqiqotlarning ijobiy samarasi edi. Markaziy va janubiy Amerikani o’rganishga ingliz olimi D. Livingston katta hissa qo’shdi. Bu olim 30 yil davomida 1843-1873 yillarda Atlantika okeanidan Hind okeanigacha keyptaun burnidan deyarli ekvatorgacha bo’lgan katta maydonlarni o’rgandi.

    1. asrning ikkinchi yarmida Nil daryosi bilan Kongo daryosining suvayirg’ichidagi o’lkalarni rus olimi V.V. yunker o’rgandi.

    2. asrning birinchi yarmida butun continent yoki uning ayrim qismlari va o’lkalari geografiyasi bo’yicha yirik asarlar paydo bo’ldi. 1960 yildan Afrikani tadqiq etishda jiddiy qiziqishlar boshlandi, chunki bu davrga kelganda sobiq mustamlakar o’rnida mustaqil davlatlar paydo bo’la boshlagan edi.


    Download 1.14 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Afrika. Materik geografik orning asosiy xususiyatlari

    Download 1.14 Mb.