|
9-Mavzu. Ma`lumotlar bazasini tiklash Rezervli nusxalash
|
bet | 1/13 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 36,22 Kb. | | #254201 |
Bog'liq Data base security - lecture 9
9-Mavzu. Ma`lumotlar bazasini tiklash
Rezervli nusxalash
Muhim axborotning yo‘qolishidan saqlanish uchun muntazam ravishda ma`lumotlami rezervli nusxalash lozim. Rezervli nusxalash o‘ta muhim ma`lumotlaming asl nusxalari yo‘qolganida ulami tiklash maqsadida vaqti-vaqti bilan takrorlash yoki zaxira nusxalarini yaratish.
Aytish mumkinki, rezervli nusxalash-uskunaning buzilishi yoki foydalanuvchi tomonidan tasodifan fayllaming yo‘q qilinishi holida axborotni yo‘qolishidan sug‘urtalash. Rezervli nusxalashning ikkita asosiy usuli mavjud: qat’iy disk qiyofasini nusxalash va kompyuter fayl tizimini nusxalash.
Qat’iy disk qiyofasini nusxalash
Qat’iy disk qiyofasini nusxalash - diskning aniq nusxasini yaratish.
Bunda nafaqat foydalanuvchi maiumotlarini, balki Windowsni va operatsion tizimi holati xususidagi barcha axborotni tiklashga erishiladi.
Faylli nusxalash - kompyuter fayl tizimini, ya’ni kompyuterda saqlanuvchi papkalar va fayllami nusxalash. Bunday nusxalash foydalanuvchining papkalarini va fayllarini tiklashga yordam bersa-da, tizimni ishchi holatiga qaytara olmaydi. Nusxalashning bu ikki xilini amalga oshirishning muayyan usuli xususida gap ketganda ularning bir necha asosiy xillarini ajratish mumkin: to`liq nusxalash, differensial nusxalash va inkremental nusxalash.
To`liq nusxalash
To`liq nusxalash - ko‘rsatilgan maiumotlami butunligicha to`liq nusxalash. Bunda nusxalashlar orasidagi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi.
Differensial rezervli nusxalash deganda oxirgi to‘liq nusxalashdan keyingi vaqtda o‘zgargan axborotni nusxalash tushuniladi.
Ya’ni har bir keyingi nusxalash birinchi nusxalashdan beri o‘zgargan barcha fayllami o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, rezerv nusxani tiklash uchun birinchi to‘liq va oxirgi nusxalashlami olish lozim. Inkremental nusxalash faqat yangi va oxirgi nusxalashdan keyingi o‘zgargan fayllami nusxalaydi. Shu sababli u eltuvchidan differensial nusxalashga nisbatan kam joyni egallaydi. Ammo incremental nusxani tiklash murakkabroq, chunki nafaqat birinchi va oxirgi, balki barcha oraliq nusxalangan fayllami hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
“Ko‘zguli nusxalash”
Nusxalashning yana bir usuli “ko‘zguli nusxalash” mavjud. Ushbu usulga binoan diskda yangi fayl paydo boiishi bilanoq, u nusxada ham (vaqtning real rejitnida) paydo boiadi. Ba’zi mutaxassislar ushbu usulni ikki tomonlama sinxronlash deb atashadi.
Rezervli nusxalashga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- axborot saqlanishining ishonchliligi. Saqlash tizimining buzilishlarga bardosh uskunalarni qoilash, axborotni takrorlash va nusxalardan biri yo‘q qilingan holda yo‘qolgan nusxani ahnashtirish orqali erishiladi;
- ekpluatatsiyada soddaligi. Avtomatlashtirish (iloji boricha foydalanuvchi va ma’mur ishtirokini minimallashtirish) orqali erishiladi;
- tezda tatbiq etish (dastumi osongina o'matish va sozlash, foydalanuvchilami tezlik bilan o‘rgatish).
|
| |