• Strukturaviy yoki obyektga mo‘ljallangan modellar
  • Funksiyalar royxati va qayta ishlanadigan ma’lumotlar
  • Funksiyaviy spetsifikatsiya




    Download 36,22 Kb.
    bet5/13
    Sana26.05.2024
    Hajmi36,22 Kb.
    #254201
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Data base security - lecture 9

    Funksiyaviy spetsifikatsiya
    Funksiyaviy spetsifikatsiyaga nisbatan quyidagilar aniqlanadi:
    • to‘ liqlikka nisbatan talab shuni anglatadiki, spetsifikatsiya barcha muhim axborotni saqlashi, unda hech bir muhim ma’lumot o‘tkazib yuborilmasligi, muhim bo'lmagan axborot bo‘lmasligi kerak. Masalan, ishlanma muallifiga nisbatan samarali qarorlarni tanlashda xalaqit bermasligi lozim;
    • aniqlik talabi shuni anglatadiki, spetsifikatsiya ham buyurtmachi, ham ishlanma muallifi tomonidan bir xilda qabul qilinishi shart.
    Oxirgi talabni bajarish ancha qiyin. Chunki, hatto tabiiy tilde batafsil spetsifikatsiyalash kerakli aniqlikni ta’minlamaydi. Aniq spetsifikatsiyani faqat ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning ayrim formal modelini ishlab chiqibgina aniq spetsifikatsiyani aniqlash mumkin.


    Strukturaviy yoki obyektga mo‘ljallangan modellar
    Spetsifikatsiyani aniqlash bosqichida foydalaniladigan formal modellarni ikkita guruhga ajratish mumkin: ishlanmaga yondashuvga bog‘liq (strukturaviy yoki obyektga-mo‘ljallangan) modellar va unga bog‘ liq bo'lmagan modellar. Ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot xususiyatlarini namoyish etuvchi holatlar
    o‘tishining diagrammasi u yoki bu signallarni olishda va predmet sohasining matematik modeli ishlanmaga har qanday yondashuvda foydalaniladi.
    Spetsifikatsiyani tahlil etish va aniqlashga tuzilmaviy yondashuv doirasida modellarning uchta turidan foydalaniladi: funksiyaga mocljallangan model, ma’lumotlarga va ma’ lumotlar oqimiga mo‘ljallangan model.
    Har bir modeldan dasturiy ishlanmaning o‘z maxsus sinfi uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir.


    Funksiyalar ro'yxati va qayta ishlanadigan ma’lumotlar
    Shuni hisobga olish kerakki, barcha funksional spetsifikatsiya ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning bir xil tavsifini bayon etadi. Bular: funksiyalar ro'yxati va qayta ishlanadigan ma’lumotlar. Ular spetsifikatsiya talablarini tahlil etish va aniqlash jarayonida ishlanma muallifi foydalanadigan tizimli ustuvorlari
    bilan farqlanadi.
    Holatlarning o‘tish diagrammasi dasturiy ta’minot vaziyatining asosiy aspektlarini, ma’ lumotlar oqimi diagrammasi ma’lumotlar oqimining yo‘nalishi va strukturasini, sinflarning konseptual diagrammasi esa predmet sohasidagi asosiy tushunchalar munosabatini belgilab beradi.
    Chunki, turli modellar loyihalashtirilayotgan dasturiy ta’minotni turli tarafdan bayon etadi. Bunda bir vaqtning o‘zida bir necha modellardan foydalanish va ularda matn, lug‘at, izoh va tegishli diagrammani tushuntirib beruvchi boshqa vositalarni qo'llash tavsiya etiladi.



    Download 36,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 36,22 Kb.