• Yakuniy avtomatlar nazariyasi
  • Interaktiv dasturiy faoliyat
  • Holatlarning o‘tish diagrammasi




    Download 36,22 Kb.
    bet7/13
    Sana26.05.2024
    Hajmi36,22 Kb.
    #254201
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    Data base security - lecture 9

    Holatlarning o‘tish diagrammasi
    Holatlarning o ‘tish diagrammasi — chekli avtomat, ya’ni matematik abstraksiyani taqdim etishning grafik shakli sanaladi. Undan texnik obyekt yoki real dunyo obyektlarining determ inallashgan xatti-harakatini modellashtirish uchun foydalaniladi. Spetsifikatsiya talablarini tahlil etish va belgilash bosqichida holatlar o‘tishining diagrammasi boshqaruvchi ta’sirni olishda ishlab chiqiladigan dasturiy tizim xatti-harakatini namoyon qiladi. Boshqaruvchi ta’sir yoki signallar deganda, tizim orqali olinadigan boshqaruvchi ma’lumot tushuniladi.
    Masalan, foydalanuvchining komandalari va kompyuter tizimiga ulangan datchik signallari boshqaruvchi harakat sanaladi. Ana shunday boshqaruvchi ta’sir olgach, ishlab chiqilayotgan tizim ma’lum bir harakatni amalga oshirishi yoki tashqi ta’sir bilan o‘zaro ta’sirlashib, boshqa holatga o‘tishi yoki o ‘sha holatda qolishi mumkin.


    Yakuniy avtomatlar nazariyasi
    Holatlarning o‘tish diagrammasini tuzish uchun yakuniy avtomatlar nazariyasiga ko‘ra quyidagilarni aniqlab olish lozim:
    Asosiy holat,
    Boshqaruvchi ta’sir (yoki o‘tish shartlari),
    Bajariladigan xatti-harakat va bir holatdan boshqasiga o‘tish variantlari,
    Holatlarning o ‘tish diagrammasini tuzishda foydalaniladigan shartli belgilar.
    Agar dasturiy tizim ishlash jarayonida atrof-muhit (foydalanuvchi yoki datchiklar) bilan o ‘zaro faol harakat qilmasa, masalan, sodda interfeysdan foydalansa va ayrim hisob-kitoblarni berilgan boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha amalga oshirsa, holatlarning o`tish diagrammasi odatda hech qanday qiziqish uyg'otmaydi. Bu holda u faqat ketma-ket bajariladigan o ‘tish amallarini namoyon qiladi. Ya’ni, boshlang‘ich holatdan ma’lumotlarni kiritish holatiga o‘tadi, so‘ng hisob-kitob qilingach chiqish holatiga, va nihoyat ishni yakunlash holatiga o'tiladi.


    Interaktiv dasturiy faoliyat
    Rivojlangan interfeysga ega interaktiv dasturiy faoliyat uchun asosiy boshqaruvchi harakat bu foydalanuvchining buyruqlari, aniq vaqtdagi dasturiy ta’minot uchun — datchiklar va (yoki) ishlab chiqarish jarayoni operatoridan keladigan signallardir. Interaktiv dasturiy ta’minot uchun turli xil, agar bu aniq vaqtdagi dasturiy ta’minot bo‘lsa, bir turdagi signallar qabul qilish xos xususiyatidir.
    Interaktiv tizimlardan farqli ravishda, joriy vaqt tizimi uchun dasturiy ta’minotning olingan signalni qayta ishlashi uchun qat’iy cheklangan vaqt belgilangan. Bunday cheklashlar masalan, Petri tarmog‘ i yoki Markov jarayonidan foydalanilgan
    holda tizim harakati bo‘yicha qo‘shamcha tekshirishlarni o'tkazishga majbur qiladi. Holatlarning o‘tish diagrammasini tuzish vositasi orqali xatti-harakatlar xususiyatini aniqlashni talab etuvchi dasturiy ta’minotga tarmoqda ishlashga mo`ljallangan turi ham kiradi. Bu holatda server va mijoz o‘rtasida uzatiladigan ma’lumotlarni tasavvur etgan holda boshqaruvchi ta’sir ko‘rinishida ular xatti-harakatining modeli alohida tuziladi.
    Dastur interfaol sinfga mansub bo‘lib, spetsifikatsiyalashni tahlil etish va belgilash bosqichiga muvofiq foydalanuvchi bilan interfeys darajasida dastur mohiyatini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Holatlar o ‘tishining olingan diagrammasini dasturiy ta’minot buyurtmachisi bilan kelishib olish zarur.

    Download 36,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 36,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Holatlarning o‘tish diagrammasi

    Download 36,22 Kb.