• 3. Mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan ochish
  • Mahsuldor qatlamga kirish usullari Reja: Mahsuldor qatlamning ochilish holatiga texnologik jarayonlarning ta




    Download 33,44 Kb.
    bet1/4
    Sana08.01.2024
    Hajmi33,44 Kb.
    #132510
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1. Mahsuldor qatlamning ochilish-fayllar.org (2)


    1. Mahsuldor qatlamning ochilish

    Mahsuldor qatlamga kirish usullari
    Reja:


    1.Mahsuldor qatlamning ochilish holatiga texnologik jarayonlarning tasir qilishini asoslash

    2.Mahsuldor qatlamlarini ochish usullari

    3. Mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan ochish

    4.Xulosa

    5.Foydalanilgan adabiyotlar



    1.Mahsuldor qatlamning ochilish holatiga texnologik jarayonlarning tasir qilishini asoslash

    Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishdan maqsad – tog’ jinslarining neftgaz yotqiziqlarida qazib oluvchi ishlatish quduqlarining tubi zonasini joylashish oraliqlarini shakllantirish maqsadida burg’ilanadi hamda kollektorlarning filtratsiya sig’imdorligi va neftgaz uyumlarida potensial neft va gaz zaxirasining potensial imkoniyatilarini aniqlash uchun izlov-qidiruv quduqlarini burg’ilab baho beriladi.


    Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochishning asosiy masalasi mahsuldor qatlamning kollektorlik xossalarini saqlash va quduqlarga qatlam flyuidlarining quduqqa boshqarib bo’lmaydigan holatlarda kirib kelishini oldini olish hisoblanadi.
    Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochish jarayonlarida neftgazli uyumlarda tog’ jinslarini burg’ilashda mahsuldor qatlamning tubi zonasining holatiga texnologik samaralar amaliy ta‘sir ko’rsatadi. Bunday fizik-mexanik va fizik-kimyoviy ta‘sir etish hisobiga paydo bo’ladi.
    Fizik-mexanik ta’sir qilish quyidagi samaralar bilan tavsiflanadi:
    • mahsuldor qatlamni burg’ilash evaziga tog’ jinslarning massasini yuksizlantirish;


    • mahsuldor qatlam ochilganda bosimning o’zgarishi;


    • quduqdagi harorat rejimining o’zgarishi;


    • burg’ilash asboblarining harakati natijasida burg’ilanadigan tog’ jinsida kollektorlarga gidrodinamik va mexanik ta‘sir qilish;


    • gidrodinamik samaraning o’zgarishi (burg’ilash jarayonidagi va tushirish – ko’tarish operatsiyasidagi gidrozarba);


    • burg’ilash eritsimaning komponentlarini qatlamga kirib borishi;


    • qatlamni burg’ilash jarayonida kollektorga vibratsiyali ta‘sir qilish.



    Mahsuldor qatlamni ochish sifatiga quyidagi samaralar ta‘sir ko’rsatadi:


    • burg’ilash eritmasining turi va uning parametrlari (zichligi, suvberuvchanligi, kimyoviy tarkibi). Burg’ilash eritmasining qattiq zarralarini ta‘sir etishi natijasida g’ovaklik kanallari va yoriqlar berkilib qoladi. Burg’ilash eritmasining filtratlari quyidagi holatlarni keltirib chiqaradi: mahsuldor qatlam tog’ jinsi minerallarining loyli zarralarini bo’kishi; burg’ilash eritmasi filtratlarini qamlamning flyuidlari bilan reaksiyaga kirishi natijasida erimaydigan cho’kindilarning va emulsiyalarning paydo bo’lishi.


    • quduq tubidagi bosim kattaligining qatlam bosimidan oshib ketishi (gidrostatik va gidrodinamik);


    • burg’ilash eritmasining qatlam bilan uzoq muddat kontaklashuvi;


    • qatlamda quduq tubi zonasining atrofida kuchlanish holatining paydo bo’lishi;


    • mahsuldor qatlamning geologik - fizik tuzilishi va mahsuldor qatlamning joylashuv xususiyatlari.


    Kollektor kovakliklardagi loyli zarralarning bo’kishi natijasida mahsuldor qatlamning o’tkazuvchanligi pasayadi. O’tkazuvchanlikning pasayishi loyli materialning turiga, uning dimperslik darajasiga, kationlarning almashish tabiatiga va filtratlarning xossasiga bog’liq bo’ladi. O’tkazuvchanlikning pasayishini asosiy sabablariga kristallarning oraliqlaridagi va ichki kristallarning bo’kishi sabab bo’ladi hamda ikki qatlam oralig’idagi suv malekulalarini tekislik oralig’idagi va zarraning o’zini tekisliklarida taqsimlanishiga bog’liq bo’ladi. Shuni belgilab o’tishimiz kerakki, qatlam suvlari mahsuldor qatlamning o’tkazuvchanligini pasaytirmaydi chunki, ionli muvozanatning barqarorligi tufayli zarralarning bo’kishi sodir bo’lmaydi.


    Qatlam flyuidining fazoli pasayishi molekulyar - sirt holatlari va kapillyar samarasi hisobiga sodir bo’ladi.

    Shunday qilib, burg’ilash eritmasinigg kimyoviy tarkibi qatlam flyuidlari bilan mosligi mahsuldor qatlamning o’tkazuvchanligini pasayish darajasiga ta‘sir qilishni aniqlaydi. Shularga mos holatda mahsuldor qatlamni ochishda mahsuldor qatlamning joylashish, geologik tuzilmasining tuzilishi, qatlam flyuidlarining tarkibi va uni to’yintirgan komponentlarning xususiyatlari hisobga olinadi. Burg’ilash eritmasining suvberuvchanligi filtratlarni qatlamga kirib borish chuqurligiga ta‘sir qiladi.


    Burg’ilash eritmasining filtratlarini qatlamga kirib borish chuqurligi mahsuldor qatlamning ochilish sifatiga ta‘sir ko’rsatadi. Filtratlarni kirib borish chuqurligining o’lchamlari quduqlarni geofizik tadqiqot qilish natijasida aniqlanadi. Bunda filtratlarni kirib borish zonasining diametrini burg’i diametri yordamida burg’ilangan quduq diametriga nisbati orqali aniqlanadi.
    Burg’ilash eritmasining mahsuldor qatlam bilan kontaktlashi vaqtida yuqorida izoh berilgan samaralar qatlamda quduq tubi atrofidagi zonaning o’tkazuvchanligini pasaytiradi va kollektorlik xossalarini pasaytiradi. Filtratlar bilan birgalikda qatlamga burg’ilash eritmasining qattiq ko’rinishdagi zarralarining dispers fazasi kirib keladi.
    Qattiq zarralarning fraksiya tarkibi qatlamga kirib borish chuqurligini aniqlaydi. Har xil tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan eksperimental va kon ishlari ma‘lumotlari qattiq zarralar g’ovakliklarga kirib borganda mahsuldor qatlamning o’tkkazuvchanligini pasaytirib yuborishi to’g’risidagi fikrga kelishgan.
    Burg’ilash eritmasi komponentlarining qatlamga chuqur kirib borishini oldini olish uchun quduq stvolining quduq atrofi zonasida kolmatatsiya zonasini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kollektorlarga qattiq zarralarni kirib borishi g’ovakliklarning va qattiq zarralarning o’lchamlarini nisbatlari bilan tavsiflanadi.

    Qatlamning quduq tubi zonasida shakllantirilgan kolmatatsiya zonasi ―quduq - qatlam tizimida katta rol o’ynaydi, quduqlarni burg’ilashni davom ettirish va uni tugallashda texnologik jarayonlarga katta ta‘sir ko’rsatadi.


    Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida qatlamga beriladigan repressiya kattaligi oshib ketganda (quduq tubi bosimining qatlam bosimidan yuqoriligi) amalda qatlam quduq tubi zonasiga (QQTZ) ta‘sir qiladi, filtrat va qattiq zarralarni chuqurroq kirib borishini oshiradi.
    Quduqning o’tkazuvchanligini va debitini amalda keskin pasayib ketishiga burg’ilash jarayonida qatlamga beriladigan repressiya ta‘sir ko’rsatadi. Konlarda olib borilgan ishlatishga kiritiladigan qazib oluvchi quduqlardan olingan ilmiy tadqiqotlar qatlamni ochishda qatlamga beriladigan repressiya 1,5 marta belgilangan qiymatdan oshib ketganda quduqlar ishlatishga topshirilgandan keyin uning solishtirma debiti 2 marta kamayganligi aniqlangan.
    Bunda shuni ko’rsatib o’tishimiz kerakki, qatlamga berilgan yuqori repressiya qatlam o’z holatida gidravlik yorilishga olib kelishi hamda mahsuldor qatlamni ochishda murakkabliklarni keltirib chiqarishi va kollektorlik xossalariga salbiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin.
    Burg’ilash eritmalarini mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasiga salbiy ta‘sir qilish jarayonlari quduqlarni o’zlashtirish vaqtida oqimni to’liq kirib kelmasligiga sabab bo’ladi. Qatlamning quduq tubi zonasini tozalash va rejalashtirilgan quduq debitini ta‘minlash uchun QQTZsiga tuz kislotali, qatlamni gidravlik yorish va boshqa zaruriy ishlov beriladi.
    Bu holatlarning hammasi quduqlarni o’zlashtirish vaqtini uzaytiradi, tijoriy tezlikni pasaytiradi, quduqni qurish bahosini oshirib yuboradi. Qatlamga beriladigan depressiya qiymati oshirilganda (qatlam bosimini quduq tubi bosimidan yuqori ekanligi) quduqlarni o’zlashtirish davrida gaz yoki suv oqimlarini kirib kelishiga olib keladi.
    Qidiruv quduqlarida filtratsiya kanallarini blokirovka qilish natijasida mahsuldor qatlamga kirish bekilib qolishi mumkin.
    Mahsulor qatlamni ochishda burg’ilash eritmalarining sifatiga qo’yilgan talablar:
    burg’ilash eritmasining zichligi minimal bo’lishi;
    burg’ilash eritmasining tarkibi qatlam suvlarining tarkibi va mineralizatsiyasiga mos kelishi, erimaydigan cho’kindilarni paydo bo’lishini oldi olinishi kerak;
    qatlamda joylashgan kollektor g’ovakliklaridagi loyli materiallarni bo’kishiga yo’l qo’ymasligi kerak;
    burg’ilash eritmasi mahsuldor qatlamda geofizik tadqiqqotlarni sifatli olib borishda sharoit yaratishi kerak;
    boylik va atrof muhitni ekologik xavfsizligini ta‘minlashi kerak.

    Download 33,44 Kb.
      1   2   3   4




    Download 33,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsuldor qatlamga kirish usullari Reja: Mahsuldor qatlamning ochilish holatiga texnologik jarayonlarning ta

    Download 33,44 Kb.