Mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan ochish




Download 33,44 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2024
Hajmi33,44 Kb.
#132510
1   2   3   4
Bog'liq
1. Mahsuldor qatlamning ochilish-fayllar.org (2)

3. Mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan ochish

Gorizontal quduqlarda mahsuldor qatlamlarni ochishda (GQ) tik va qiya- yo’naltirilgan quduqlardan farqli ravishda mahsuldor qatlamni gorizontal stvol bilan burg’ilash xususiyatlari hisobga olinadi.


Mahsuldor uyumlarni gorizontal quduqlar bilan ochishning xususiyatlari:

-gorizontal stvolni katta uzunlikda mahsuldor qatlamni yuvish va tushirish- ko’tarish operatsiyalari orqali burg’ilash;


-ruxsat etilgan silindrga tushish va gorizontal uchastka koridori bo’yicha burg’ilashning murakkabligi;
-gorizontal holatda burg’ilash asboblari joylashganda murakkabliklarning paydo bo’lish ehtimolligi.
Gorizontal quduqlar yordamida mahsuldor qatlamlarni burg’ilab ochishda asosiy masala – burg’ilash jarayonida gorizontal stvolni loyihaviy trayektoriyasini amalga oshirish hisoblanadi. Mahsuldor qatlamni gorizontal stvol bilan ochishning boshida ruxsat etilgan silindrga to’g’ri kirish hisoblanadi. Silindrga kirish ruxsati deganda – gorizontal uchastkaning boshlanishiga kirish hisoblanadi. Silindrning diametri – bu konda neftgazli uyumning ishlash sxemasiga mos ravishda qatlamga quduqning aylanasiga kirish uchun ruxsat (qiya –yo’naltirilgan quduqlarda ham shunga o’xshash), silindrning balandligi – mahsuldor qatlam bo’yicha gorizontal uchastkaning o’tish karidori hisoblanadi.
Gorizontal stvolni katta uzunlikda burg’ilash jarayonida burg’ilash quvurlari va ishqalanish kuchi ta‘sirida katta yuklanmalarning paydo bo’lishini hisobga olib burg’iga beriladigan yukni shu sharoitga mos holda hosil qilish kerak. Shuning uchun gorizontal stvolning uzunligi 300 m va undan katta uzunlikda burg’ilanganda burg’ilash qurilmasi quduq ustidagi yuqori uzatma bilan jihozlanadi.
Gorizontal quduqlar bilan mahsuldor qatlamlarni ochishda quyidagi murakkabliklarning paydo bo’lish ehtimolligi mavjud:
gorizontal uchastkadan quyqumlarni olib chiqishning murakkabligi sababli uning evaziga burg’ilash asboblarining qisilib qolishi;
ishqalanish kuchining katta qiymatga ega bo’lganligi uchun burg’ilash jihozlari tez yemiriladi va nosoz holatning kelib chiqish ehtimolligi;
gorizontal stvolda quduq devorining nomustahkamligi tufayli murakkabliklarni paydo bo’lishi;

gorizontal stvol suvneft yoki gazneft kontaktlariga tushganda texnologik burg’ilashning buzilishi, uyumning geologik qirqimini loyihaga mos kelmasligi tufayli.


Gorizontal quduqlarni burg’ilashda yuvuvchi suyuqliklarga quyiladigan asosiy talablar:
-quduq stvolini quyqumlardan samarali tozalaydigan hamda burg’ilash asboblarini qisilib qolishini oldini olish ehtimolligi;
-mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasini maksimal saqlash;
-quduq stvolining mustahkamligini saqlash;
-burg’ilash asboblari harakatlanganda ishqalanish kuchlarini kamaytirish.
Mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan qatlamni repressiyada ochishda biopolimerli eritmalardan samarali foydalaniladi. Biopolimerili eritmalarning yutuqlariga mahsuldor qatlamlarni ochishda kollektorlik xossalarini maksimal darajada saqlash va yuqori psevdoplastik xossasiga ega ekanligi gorizontal stvoldan quyqumlarni olib chiqishni va murakkabliklarni oldini olishni ta‘minlaydi.
Biopolimerli eritmalar laboratoriyada tadqiqotlanganda kern namunalariga ta‘sir qilgandan keyin o’tkazuvchanlik koeffitsiyentining tiklanishi aniqlangan. Xuddi, shunga o’xshash tadqiqot FDES-650Z qurilmasida termobarik sharoitda amalga oshirilganda biopolimerli va polimergli-loyli burg’ilash eritmalari past o’tkazuvchan kern namunalariga ta‘sir qilganda biopolimerli eritmalarning afzalliklari tasdiqlangan. Biopolimerli eritma ta‘sir qilgandan keyin kern namunasining o’tkazuvchanligining tiklanishi 87 %, polimergli - loyli eritma ta‘sir qilganda – 63%ni tashkil qilgan .
Biopolimerli eritmalar yordamida yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamlar tekshirilganda ham ularning o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti ham tiklanganligi tasdiqlangan.
Sanoatda mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar yordamida ochishda biopolimerli eritmalardan foydalanilganda mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xossalari yuqori ko’rsatgichda saqlanganligi natijasida quduq qurilishining texnik- iqtisodiy ko’rsatgichi oshgan va ishlatishga topshirish muddati qisqargan.
Aniq geologik sharoitda gorizontal quduqlar yordamida mahsuldor qatlamlarni ochishda qatlamga depressiya hamda qatlam va quduq tubining bosimini tengligida qatlamlarni ochish usuli samarali hisoblanadi. Bunda mahsuldor qatlamlarni qatlamga depressiya sharoitida ochish jarayonida asosan uglevodorod asosli eritmalar qo’llaniladi. Sanoat miqyosidagi tajribalardan mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar yordamida qatlamga depressiya sharoitida ochish yuqori texnik-iqtisodiy samaradorlikka eka ekanligini ko’rsatadi chunki, quduq ishlatishga topshirilganda debiti qatlamga repressiyada ochilgan mahsuldor qatlamlarga nisbatan debitini bir necha marta yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
Yuqorida mulohazalangan fikrlardan gorizontal quduqlar bilan ochilgan quduqlarning debitining yuqoriligiga sabab har xil burg’ilash eritmalari qo’llanilganda ham kollektorlik xossaldari saqlanib qolganda debiti yuqori bo’ladi.
Kollektorlik xossalarini maksimal darajada saqlanishini ta‘minlash maqsadida mahsuldor qatlamlarni ochishda mahsuldor qatlamlarni ochishdan oldin undan yuqorida joylashgan tog’ jinslarini izolyatsiya qilish uchun mahsuldor qatlamning shipigacha kolonna tushiriladi va ishlatish kolonnasi sementlanadi. Bunda mahsuldor qatlamlarni ochishdan oldin burg’ilangan tog’ jinslarida mumkin bo’lgan murakkabliklarning oldi olinadi.
Gorizontal stvolni burg’ilashdan oldin yuqorida joylashgan burg’ilangan tog’ jinslarida murakkabliklar sodir bo’lganda burg’ilash eritmasining zichligini oshishi, uning tarkibini o’zgarishi mahsuldor qatlamni sifatli ochishda salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda yuqorida joylashgan tog’ jinslari mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan sifatli ochish maqsadida maxsus burg’ilash eritmalarini
qo’llashda qulay sharoitni paydo qiladi.
Konda oldindan rejalashtirilgan gorizontal stvollar bilan mahsuldor qatlam uyumi uchastkasining geologik qirqimini aniqlashtirish maqsadida quduqning qurilish jarayonida gorizontal quduqni burg’ilashdan oldin pilotli stvolni burg’ilash amalga oshiriladi.
Mahsuldor qatlamning geologik ma‘lumotlari bo’yicha pilot stvol burg’ilangan
oraliqda geologik qirqim aniqlashtiriladi va zaruriy holatda loyihaviy

qirqim ma‘lumotlari o’zgartiriladi va quduqning gorizontal trayektoriyasi korrektirovka qilinadi.


Mahsuldor qatlamning koridorida gorizontal stvolning trayektoriyasini o’tishda zamonaviy usullarni amalga oshirish orqali nazorat qilinadi. Bunda haqiqiy loyihaning geologik qirqimiga mos holda quduq devorining mustahkamligi, qatlam va quduq tubi bosimining holati hamda burg’ilash rejimi mahsuldor qatlamni gorizontal stvol bilan ochish jarayonini aniq vaqt rejimida kuzatish hisoblanadi.
Masalan, mahsuldor qatlamni gorizontal stvol bilan ochish jarayonini aniq vaqt rejimida nazorat qilishda «Shlyumberje» kompaniyasining texnologiyasini keltirsak, u jahon amaliyotida ayniqsa, dengizda burg’ilashda keng qo’llanilgan.
Burg’ilash jarayonida mahsuldor qatlamni chegarasini aniqlash uchun PeriScope (Schlumberger) geonavigatsiya asboblaridan foydalaniladi qaysiki, quduqni qazishni optimallashtirish va u mahsuldor qatlamning burg’ilanadigan oralig’ining xossasiga baho berish imkonini beradi.
Burchakning 360°C dagi kengligida va katta chuqur tadqiqotlash quduqning stvolidan 6,4 m.gacha masofada burg’ilash jarayonida qatlamlarning chegaralarini va flyuidlarni aniqlashtirish, suvneft kontaktini aniqlash va qochish, pilot stvolni burg’ilamasdan mahsuldor qatlamning modelini aniqlash imkoniyatini beradi.
Bu tizim yordamida mahsuldor qatlamning chegarasini va suvneft kontaktini aniqlashtirish quduqning stvolini kollektor chegarasida ushlab turish imkoniyatini beradi va natijada debitni va neftni olish koeffitsiyentini oshiradi. Umuman olganda bu texnologiya qo’llanilganda tavvakalchilikdan kechilganda burg’ilashga bog’liq va pilot stvolning zaruratining mavjud emasligi burg’ilashdagi xarajatlarni qisqartiradi.
Gorizontal quduq stvolining nomustahkamligi muammolarni hal qilish uchun tog’ jinsi qirqimlarida mavjud yuvilishga moyil va kovaklar shakllanganda burg’ilash eritmasini yutilishi evaziga sodir bo’ladigan yutilishlarni oldini olishda StethoScopkompaniyasining «Shlyumberje» asboblari qo’llaniladi. Bu asbob yordamida burg’ilash jarayonida karotaj qilish amalga oshiriladi ya‘ni, quduq tubi va burg’ilash rejimida bosimlar o’lchanadi. Bunda ko’p funksiyali asbob EcoScope qo’llaniladi va to’liq petrofizik tahlilni uning yordamida zamonaviy ta‘minlash
programmasi yordamida ma‘lumotlarni uzatish va burg’ilash jarayonidagi quduq stvolining oldindan qurilgan modelining mustahkamligini yangilash amalga oshiriladi.
Quduq stvolining haqiqiy holati model bilan taqqoslanadi va zarur bo’lganda haqiqiy holatiga mos holga keltirish uchun o’zgartirish kiritiladi. Real vaqt rejimida yangilangan modeli evaziga quduq stvolini mustahkamligini yo’qotilishi aniqlashtiriladi.
Aniq vaqt rejimida quduqning stvolini mustahkamligini prognoz qilish va nazorati gorizontal stvolning mustahkam trayektoriyasini loyihalashda qobul qilinadi. Shu bilan burg’ilash eritmasining optimal zichligi, eritmaning ruxsat etilgan ekvivalent chegarasi va burg’ilash jarayonining parametrlarini optimallashtirish amalga oshiriladi.
Murakkab geologik sharoitda qurilgan gorizontal quduqlarning kon tajribalari geologik sabablar bo’yicha uyumning mahsuldor qismidan gorizontal stvolni o’tish ba‘zida mahsuldor bo’lmagan qismidan chiqib ketgan holatlari ham uchraydi hamda suvneft kontaktiga kirish natijada murakkabliklarni bartaraflash yoki burg’ilangan gorizontal stvolni batomom tugatishga olib kelgan.
Bu usul quduqning har qanday qalinligi bo’yicha mahsuldor qatlam uchastkasini tanlab umumlashtirishga va u orqali qatlam suyuqligi oqimini olish, quduq tubi zonasida kollektorlik xossasini yaxshilash va uning oqimini jadallashtirish imkoniyatini beradi hamda bir vaqtning o’zida kollektorlik xossalari, tarkibi yoki ularni suyuqlik bilan to’yinganlik xossalari bir-biridan farq qilganda qatlamlarning bir nechta uchastkasini alohida ishlatish mumkin.

Bu usulning amalda kamchiliklari ham mavjud.


Birinchidan yuvuvchi suyuqlikning tarkibini va zichligini mustahkamligi, qatlam bosimining anomallik koeffitsiyenti va faqat mahsulor qatlamdan tashqari yuqorida joylashgan qatlam qalinliklarining hammasini va mustahkamlash kolonnasi tushirilmagan qatlamlarni yutilish bosimining indeksi hisobga olinadi. Shuning uchun yuqorida joylashgan qatlamlarning anomallik koeffitsiyenti mahsuldor qatlamnikidan

Agar mahsuldor qatlamni burg’ilash uchun narxi yuqori maxsus suyuqlikdan foydalanilganda, yuqorida ko’rib chiqilgan usullarga nisbatan uning iste‘mol hajmi va narxi katta bo’ladi. Ikkinchidan mahsuldor qatlam amalda tamponaj eritmalari bilan ifloslanishi mumkin chunki, burg’ilash jarayoniga nisbatan sementlash jarayonida ortiqcha bosim yuqori bo’ladi.


Uchinchidan bu usul – sementlanmagan va kuchsiz sementlangan kollektorlarni mustahkamligini va butunligini ta‘minlamaydi;
-oqimni olish uchun hosil qilingan depressiya bosimining ta‘sirida kollektor buziladi va quduqqa qatlam suyuqligi bilan birgalikda parchalangan mahsulotlarni ya‘ni, qumlarni va juda silliq illi zarrachalarni olib chiqadi.
Ba‘zida mahsuldor qatlamlarni tamponaj eritmalari bilan ifloslanishini oldini olish uchun 1-rasm, v – da ko’rsatilgan ochish usullari qo’llaniladi. Oldingi usullardan farqi ishlatish kolonnasining pastki qismiga oldindan frezerlangan yoriqli quvurlar tushiriladi va quduqda mahsuldor qatlamning shipidan yuqori qismi semenlanadi. Bu usulni faqat birinchi ikkita holatlarda qo’llash mumkin. Yuvuvchi suyuqlikning tarkibi va zichligi uchinchi usulda ko’rib chiqqanimiz kabi tanlanadi.
Qatlamlarni birlamchi ochishda 1–rasm, d –da ko’rsatilganini qo’llash. Mahsuldor qatlamdan yuqorida joylashgan tog’ jinsining qalinligini burg’ilashni boshlaguncha u mustahkamlash kolonnasi bilan mustahkamlanadi va quvurning orqa halqasi sementlanadi. Qatlam burg’ilangandan keyin quduqqa ichma-ich (yashirin) mustahkalash kolonnasi tushiriladi va sementlanadi. Undan keyin ikkilamchi ochishning birorta usuli qo’llanilib mustahkamlash quvuri va sement halqasi teshiladi, qatlam va quduq tizimida gidrodinamik aloqa o’rnatiladi hamda qatlam suyuqligi olinadi. Agar yashirish kolonnaning pastki oralig’i quduq tubidan to kesimgacha sementlanganda ya‘ni, mahsuldor qatlamdan yuqorida joylashgan
(100 – 300 m. oralig’i) qismi sementlanganda eng oxirgi tamponaj eritmaisning ta‘sirida to’liq ifloslanishining oldi olinadi.

Qatlam suyuqligi filtratsiyalanadigan stvol yuzalarini kattalashtirganimizda quduqning debiti oshadi. Filtratsiyalanish yuzalarini oshirishning bir nechta usullari mavjud.




Xulosa
Neft va gaz qazib olishda shubhasiz qatlam haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish muhim sanaladi. Qatlamning kollektorlik xususiyatiga ega bo’lishi, qatlamdagi darzliklar, g’ovakliklar va qatlamning o’tkazuvchanlik qobilyatini o’rganib chiqish kondagi quduqlarni ishga tushirishda muhim rol o’ynaydi. Ularning to’liq o’rganilishi quduqni ishga tushirishni osonlashtirish bilan birga, quduqdan qazib olinayotgan mahsulotlarning kunlik debitini hisoblash, va uni oshirishga yoki debitning kamayish sabablarini o’rganishga katta yordam beradi. Aynan shuning uchun ham quduqni ishga tushirishda qatlamning kollektorlik xususiyatlarini to’liq o’rganib chiqish zarur.


Download 33,44 Kb.
1   2   3   4




Download 33,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsuldor qatlamlarni gorizontal quduqlar bilan ochish

Download 33,44 Kb.