|
Kirish qattiq, uchuvchan bo`lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo`lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo`lgan bug`larni chiqarib yuborish jarayoniga bug`latish
|
bet | 1/15 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 4,52 Mb. | | #153811 |
Bog'liq KOH ni bug\'latish 3 korpusli
Mundarija
Kirish
Nazariy qism..........................................................................................................
Bug`latish jarayoni nazaraiy asoslari...................................................
Bug`latgichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari......................................
Bug’latgichlarnihisoblash tenglamalari............................. ................
Texnologik qism.....................................................................................................
2.1. Texnologik sxemaning yozuvi..............................................................
2.2. Bir korpusli bug’latish qurilmasining texnologik hisobi......................
III.Hayot faoliyati xavfsizligi.....................................................................................
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Qattiq, uchuvchan bo`lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo`lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo`lgan bug`larni chiqarib yuborish jarayoniga bug`latish deyiladi.
Odatda, sanoat miqyosida bug`latish jarayoni eritmalarni qaynatish yo`li amalga oshiriladi.
Eritmalarni bug`latishdan maqsad ularning konstentrastiyasini orttirish bo`lib, ya’ni eritmalarni quyuqlashtirishdir. Agarda, quyuqlashtirilgan eritmalardan yana erituvchi chiqarilsa, qattiq moddalar kristallana boshlaydi va kristallar ajralib chiqadi.
Suyultirilgan eritmalar konstentrastiyasini oshirish yoki ulardan erigan moddalarni kristallash usulida ajratib olish uchun bug`latish jarayoni qo`llaniladi.
Kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda bug`latish jarayonidan keng ko`lamda foydalaniladi. Masalan, tuz, ishqor kabi moddalarning suvli eritmalarini, mineral va organik kislotalar, ko`p atomli spirtlar, shakar va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida tomat, sut va sharbatlarni konstentrlashda bu jarayonsiz texnologiyani tasavvur qilib bo`lmaydi. Shu bilan birga, ushbu jarayonni toza erituvchi ishlab chiqarish uchun ham qo`llasa bo`ladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, agar bug`lanish jarayoni qaynash temperaturasidan past, istalgan temperaturada eritma yuzasida sodir bo`lsa, bug`latish esa - qaynash temperaturasidan yuqori temperaturada, eritmaning butun hajmida yuz beradi.
Ushbu jarayonlar bug`latish qurilmasi deb nomlanadigan qurilmalarda amalga oshiriladi. Ma’lumki, uzluksiz va uzlukli bug`latish jarayonlarini tashkil etish mumkin. Uzlukli ishlaydigan qurilmalar, odatda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqaradigan texnologiyalarda qo`llaniladi.
Yirik sanoat korxonalarida uzluksiz ishlaydigan bug`latish qurilmalaridan foydalaniladi va ularning issiqlik almashinish yuzalari 600...1000 m2 bo`ladi. Bunday qurilmalarning tejamliligini aniqlovchi asosiy omil bo`lib, undagi bug` va suv sarfi hisoblanadi. [1]
Bug`latish vakuum, atmosfera va yuqori bosim ostida olib borilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kirish qattiq, uchuvchan bo`lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo`lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo`lgan bug`larni chiqarib yuborish jarayoniga bug`latish
|