• Bug`latish usullari
  • Oddiy bug`latish
  • Kirish qattiq, uchuvchan bo`lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo`lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo`lgan bug`larni chiqarib yuborish jarayoniga bug`latish




    Download 4,52 Mb.
    bet5/15
    Sana09.02.2024
    Hajmi4,52 Mb.
    #153811
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    KOH ni bug\'latish 3 korpusli

    Eritish issiqligi eritmaning konstentrastiyasi, erituvchi va erigan moddalar xossalariga bog`liq. Qo`shimcha qattiq moddalar erishi davrida kristallik panjara buziladi. Albatta, buning uchun energiya sarflanadi va oqibatda eritmaning sovishi ro`y beradi. Agar, erituvchi va eriydigan moddalar o`zaro kimyoviy reakstiyaga kirishsa, gidratlar hosil bo`lib, jarayon natijasida issiqlik ajrab chiqadi. Shunday qilib, eritish issiqligi erish va kimyoviy o`zaro tasir issiqliklari yig`indisiga teng.
    Oson gidrat hosil qiladigan moddalar musbat eritish issiqligiga (suvda), ega; gidrat hosil qilmaydigan moddalar - manfiy eritish issiqligiga ega.


    Bug`latish usullari

    Sanoatda mavjud texnologiyalarda asosan quyidagi bug`latish usullaridan foydalaniladi:


    - oddiy bug`latish (uzlukli va uzluksiz);
    - ko`p korpusli qurilmalarda bug`latish (faqat uzluksiz);
    - issiqlik nasoslarini qo`llab bug`latish.
    Eritmalar va isituvchi bug` xossalariga qarab hamma 3 ta bug`latish usullari vakuum va bosim ostida o`tkazilishi mumkin. Issiqlik eltkich sifatida, deyarli har doim, to`yingan suv bug`i ishlatiladi. Kamdan - kam hollarda eritmalar elektr toki yoki oraliq issiqlik eltkichlari yordamida isitiladi.
    Oddiy bug`latish. Issiqlik tejalishi katta ahamiyatga ega bo`lmagan va unumdorligi kichik bo`lgan qurilmalarda oddiy bug`latishdan foydalaniladi. Undan tashqari, temperatura depressiyasi yuqori eritmalarnigina uzlukli ishlaydigan, bir korpusli bug`latish qurilmasida amalga oshirish iqtisodiy jihatdan to`g`ri va maqsadga muvofiqdir. Uzlukli bug`latishni ikki xil yo`l bilan olib borish mumkin: boshlang`ich eritmani dastavval yuklash va oz-oz miqdorda yuklash.
    Uzluksiz ishlaydigan oddiy bug`latish qurilmasi 1-rasmda keltirilgan.
    Boshlang`ich konstentrastiyali eritma nasos 1 yordamida sarf o`lchagich 2 orqali isitkich 3 ga uzatiladi. U erda eritma qaynash temperaturasigacha isitiladi va so`ng bug`latkich 4 ga bug`latish uchun yuboriladi. Qurilma 4 ning pastki qismida eritma suv bug`i yordamida isitiladi, natijada erituvchi bug`latadi. Hosil bo`lgan ikkilamchi bug` qurilma 4 ning yuqori qismi bo`lmish separastion bo`limida mayda tomchilardan ajratiladi va barometrik kondensator 5 ga yo`naltiriladi. Undan ikkilamchi bug` kondensastiyalanadi.
    Kondensastiyalanmagan inert gazlar ushlagich 6 orqali vakuum - nasos 8 yordamida so`rib olinadi. Sovutuvchi suv bilan hosil bo`lgan kondensat barometrik truba 7 orqali yig`gichga tushuriladi. Quyuqlashtirilgan eritma nasos 8 yordamidatayyor mahsulot omboriga uzatiladi.



    [4]
    Vakuum ostida eritmalarni bug`latish jarayonini tashkil etishning bir qator afzalliklari bor: eritma qaynash temperaturasi pasayadi; past bosimli bug`larni issiqlik eltkich sifatida qo`llash mumkin.
    Markaziy stirkulyastiya trubali, uzluksiz ishlaydigan bug`latkich 2-rasmda ko`rsatilgan.
    Bug`latkich asosan ikki qismdan, ya’ni isituvchi kamera 1 va separator 2 dan iborat bo`ladi.
    Kamera 1 ko`pincha to`yingan suv bug`i bilan isitiladi. Suv bug`i kameraning trubalararo bo`shlig`iga yo`naltiriladi, u erda truba devori orqali o`z issiqligini eritmaga uzatadi va sovitish natijasida kondensastiyalanadi. Hosil bo`lgan kondensat kameraning pastki qismidagi shtuster orqali tashqariga chiqariladi.
    Trubalarda isitilayotgan eritmaning temperaturasi ortishi bilan zichligi kamayadi. Natijada, eritma truba bo`ylab yuqoriga ko`tariladi va devor orqali o`tayotgan issiqlik ta’sirida qaynash boshlanadi. Qaynash jarayonida hosil bo`layotgan ikkilamchi bug` eritmadan ajraydi va separator 2 ga qarab harakatlanadi. U erda bug` mayda eritma tomchilaridan ajratiladi va bug` tashqariga chiqariladi. Separatorda ajratilgan tomchilar yana qaytadan bug`latayotgan eritmaga qo`shiladi.

    Eritmaning ma’lum qismi (zichligi yuqori) stirkulyastiya trubasi orqali bug`latishning pastki qismiga tushadi. Ushbu trubadagi eritma va isituvchi trubalardagi «bug` - suyuqlik» aralashmasi zichliklari o`rtasidagi farq tasirida beto`xtov ravishda stirkulyastiya qilib turadi. Konstentrastiyasi oshgan, yani quyuqlashgan eritma, qurilmaning pastki qismidan chiqarib olinadi.



    Download 4,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 4,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish qattiq, uchuvchan bo`lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo`lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo`lgan bug`larni chiqarib yuborish jarayoniga bug`latish

    Download 4,52 Mb.