|
Kirish qattiq, uchuvchan bo`lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo`lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo`lgan bug`larni chiqarib yuborish jarayoniga bug`latish
|
bet | 3/15 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 4,52 Mb. | | #153811 |
Bog'liq KOH ni bug\'latish 3 korpusliNazariy qism
Bug’latish jarayoni nazariy asoslari
Bug`latish jarayonida eritmalarning konstentrastiyasi ortadi va natijada uning fizik va issiqlik xossalari o`zgaradi.
Bug`latish qurilmalarini hisoblash, loyihalash va ekspluatastiya qilish uchun muhim bo`lgan eritmalarning ba’zi bir xossalarini ko`rib chiqamiz.
Temperatura depressiyasi - . Eritma Te va erituvchilar T qaynash temperaturalari o`rtasidagi farqdir, ya’ni t = Te –T temperatura depressiyasi deb nomlanadi. Eritmalar nazariyasidan ma’lumki, bir xil T temperaturada toza erituvchi ustidagi bug`larining bosimi r, eritma ustidagi bug`larning bosimi re dan har doim ko`p bo`ladi. Yoki bir xil bosimda toza erituvchining qaynash temperaturasi eritmaning qaynash temperaturasidan past bo`ladi.
Eritmalarning temperatura depressiyasi erituvchi va erigan moddalar xossalariga bog`liqdir. Bosim va konstentrastiya ortishi bilan temperatura depressiyasi oshadi. Ko`pincha ushbu ko`rsatkich tajribaviy yo`l bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, bug`latkichlarda issiqlik yo`qotilishi oqibatida temperaturalarning pasayish hodisasi yuz beradi. Natijada temperaturalar farqi kamayadi va jarayon intensivligi susayadi. Temperaturalar yo`qotilishi , temperatura depressiyasi , gidrostatik va gidravlik depressiya lar yig`indisiga teng, ya’ni: = + + .
Agar, eritmaning atmosfera bosimdagi temperatura depressiyasi atm ma’lum bo`lsa, istalgan boshqa bosimlardagi depressiya Tishenko formulasidagi tahminan hisoblab aniqlanish mumkin:
(1) [2]
bu erda T - ma’lum bosimdagi toza erituvchining qaynash temperaturasi, K; r - ma’lumki bosimdagi toza erituvchining bug`latish issiqligi, kJ/kg; atm - atmosfera bosimidagi temperatura depressiyasi, oC.
Agar, atm kattaligi bo`yicha tajribaviy ma’lumotlar yo`q bo`lsa, uni bir nechta usul bilan tahminan hisoblab topish mumkin. Biror bosimda eritmaning bitta qaynash temperaturasi ma’lum bo`lsa - Babo, ikkita temperaturasi ma’lum bo`lganda esa - Dyuring yoki Kireev qoidasiga binoan aniqlash imkoni bor.
Babo qoidasiga binoan, biror konstentrastiyali eritma ustidagi bug` bosimining pasayishi (r1 -r2)/r1 yoki r2/r1 temperaturaga bog`liq emas va o`zgarmas qiymatga tengdir:
(2)
bu erda r1 va r2 - erituvchi va eritma bug`larining bosimlari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kirish qattiq, uchuvchan bo`lmagan yoki uchuvchanligi yomon bo`lgan moddalar eritmalarini qaynatish davrida erituvchisini va hosil bo`lgan bug`larni chiqarib yuborish jarayoniga bug`latish
|