Osma isituvchi kamerali bug`latgich




Download 4,52 Mb.
bet7/15
Sana09.02.2024
Hajmi4,52 Mb.
#153811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
KOH ni bug\'latish 3 korpusli

Osma isituvchi kamerali bug`latgich. Ushbu turdagi qurilmalarda isituvchi kamera 1 o`z obechaykasiga ega bo`lib, qobiq 2 ning pastki qismiga erkin, qo`zg`aluvchan qilib o`rnatilgan. Isituvchi bug` truba 3 orqali uzatiladi va kamera 1 ning trubalararo bo`shlig`iga yuboriladi. Issiqligini bergan bug` kondensat holida hamda isituvchi kameraning pastki qismidan chiqariladi. Isigan eritma esa, qaynash trubalaridan yuqoriga ko`tariladi va erkin stirkulyastiya ta’sirida bug`latish jarayoni sodir bo`ladi (9-rasm).
Ikkilamchi bug` tomchi ushlagich 4 dan o`tib qurilmaning tepasidan chiqib ketadi. Ikkilamchi bug`dan ajratib olingan suyuqlik truba 5 orqali pastga oqizib tushiriladi. Qurilmaning qaynash trubalarining ichki va tashqi yuzalarida hosil bo`luvchi kovakli qatlam (nakip) vaqti – vaqti bilan suv bilan yuvilib turiladi.
Bu qurilmada markaziy stirkulyastion truba isituvchi kamera tashqarisida o`rnatilgan bo`lib, katta ko`ndalang kesimga ega. Shuning uchun ham eritma stirkulyastiyasiyaga ijobiy ta’sir etadi.
Isituvchi kamera erkin, harakatchan holda o`rnatilgani uchun trubalarning teshikli panjaralardagi zichligi buzilmaydi. Undan tashqari, osma holatdagi kamerani demontaj qilish oson.
Osma isituvchi kamerali bug`latkich afzalliklari: eritmalar bug`latishi intensiv; isitish kamerasi osma holda o`rnatilgani uchun, temperaturalar farqi katta bo`lganda ham trubalar zichligi o`zgarmaydi; isituvchi kameraning yaroqsiz trubalarini almashtirish oson; eritma stirkulyastiyasining karraligi katta; qattiq, kovakli qatlam kam hosil bo`ladi.
Bug`latkich kamchiliklari: isituvchi eltkich va kondensatning trubalar orqali kirishi va chiqishi qiyin; metall sarfi katta; qovushoqligi yuqori eritmalarni bug`latish samardorligi past; eritma trubalarga yopishib qoladi.
Erkin stirkulyastiyali bug`latkichlar tuzilishi sodda va kristallanmaydigan, o`rtacha qovushoqlik suyuqliklarni bug`latish uchun qo`llaniladi (10-rasm).
Bug`latish qurilmasi separator, isituvchi kamera va stirkulyastion trubadan tashkil topgan. Separator elliptik qopqoqli stilindrik qobiqdan iborat bo`lib, isituvchi kameraga boltlar yordamida birlashtirilgan. Unda, ikkilamchi bug`ni tomchilardan ajratish uchun turli konstrukstiyali qaytargichlar o`rnatiladi (10a-rasm), Isituvchi kamera esa, vertikal qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi tipida yasalgan bo`lib, trubalararo bo`shlig`iga bug` yuboriladi va trubalar ichida eritma qaynatiladi.
Separator va isituvchi kameralar pastki qismlari stirkulyastion truba bilan birlashtirilgan. Stirkulyastion va qaynatish trubalaridan tarkib topgan tutashgan sistemada tabiiy stirkulyastiya hosil bo`ladi.
Agar, trubalarda eritma qaynash darajasigicha isitilsa, undagi bir qism suyuqlik bug`latishi natijasida trubalarda bug` - suyuqlik aralashmasi hosil bo`ladi. Albatta, bu aralashma zichligi suyuqlik zichligidan kichikdir. Shunday qilib, stirkulyastion trubadagi suyuqlik massasi, qaynash trubadagi suyuqlikdan katta bo`lishi aniq. Natijada, qaynash trubasi – bug` bo`shlig`i - stirkulyastion truba - trubular va hokazo yo`li bo`yicha eritma stirkulyastion harakatlanadi.
Sirkulyastiya paytida qaynayotgan suyuqlik tomonidagi issiqlik berish koeffistienti ortadi va truba yuzasida qattiq, kovakli ifloslik qatlami hosil bo`lishi kamayadi.
Tabiiy stirkulyastiya bo`lishi uchun ikkita shart bajarilishi zarur:
1) Bug` - suyuqlik aralashma qatlamini muvozanatda ushlab turish va zarur tezlik hosil qilish uchun stirkulyastion trubadagi suyuqlik sathining baladligi etarli bo`lishi kerak;
2) Bug` - suyuqlik aralashmasi iloji boricha kam zichlikli bo`lishi uchun qaynash trubalarida bug` ajralib chiqish intensivligi etarli miqdorda bo`lishi darkor.
Eritma va bug` orasidagi temperaturalar farqi ko`p va qaynash zonasida naporning yo`qotilishi kam bo`lgani uchun, stirkulyastiya tezligi 1,8...2 m/s ni tashkil etadi.
Agar, stirkulyastiya tezligi yuqori bo`lsa, bug`latgichning ish unumdorligi va issiqlik almashinish jarayonining intensivligi katta bo`ladi.
10-rasmda eskirib qolgan markaziy stirkulyastiya trubali bug`latgichdan tubdan farq qiladigan qurilma keltirilgan. Ma’lumki, markaziy stirkulyastion trubali bug`latkichlarda temperaturalar farqi kichik va stirkulyastiya intensivligi past bo`ladi. Qaynash trubalarida bug` hosil bo`lishi eritmaning fizik xossalari, truba devori va suyuqlik o`rtasidagi temperaturalar farqi bilan belgilanadi.

Eritmaning qovushoqligi qanchalik kam bo`lsa, shunchalik bug` ajralib chiqishi va stirkulyastiya tezligi ko`p bo`ladi. Intensiv stirkulyastiyaga erishish uchun isituvchi bug` va eritma orasidagi farq 10°C dan kam bo`lmasligi kerak.
10-rasmda keltirilgan bug`latkichlarning issiqlik almashinish yuzasi 10...1200 m2, diametriga qarab qaynash trubalarning uzunligi 3...9 m bo`ladi. Qaynash trubalarning diametri 25, 38 va 57 mm bo`lishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,6 MPa, separatordagi vakuum esa - 93,0 kPa. Stirkulyastion truba ko`ndalang kesim yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,3 dan kam bo`lmasligi zarur.

Download 4,52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 4,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Osma isituvchi kamerali bug`latgich

Download 4,52 Mb.