Majburiy stirkulyastiyali bug`latkichlar




Download 4,52 Mb.
bet8/15
Sana09.02.2024
Hajmi4,52 Mb.
#153811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
KOH ni bug\'latish 3 korpusli

Majburiy stirkulyastiyali bug`latkichlar eritma stirkulyastiyasining intensivligi va issiqlik o`tkazish koeffistientini oshirish imkonini beradi. Bunday qurilmalarda qovushoqligi katta bo`lgan eritmalarni ham bug`latish mumkin (11-rasm). Eritma stirkulyastiyasi propellerli yoki markazdan qochma tipdagi nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Boshlang`ich eritma isituvchi kamera 1 ning pastki qismiga yuborilsa, quyuqlashtirilgan eritma esa - separatorning pastki qismidan chiqariladi (11a-rasm).Eritma qaynash trubalari uchidan ozgina pastroq sathda ushlab turiladi. Isituvchi kamera trubalaradagi eritma tezligi 1,2...3,5 m/s bo`ladi. Eritma stirkulyastiya qiladigan sistema suyuqlik bilan to`lib turgani uchun nasos ishi faqat gidravlik qarshiliklarni engish uchun sarflanadi. Qaynash trubalarining pastki qismidagi bosim, tepa qisminikidan, truba ichidagi suyuqlik ustini va qarshiliklar yig`indisiga teng miqdorda ortiq bo`ladi.Shuning uchun, trubaning ko`p qismida eritma qaynamasdan, faqat isitiladi.
[6]
Truba uchining ma’lum bir qismidagina eritma qaynaydi. Nasos uzatayotgan suyuqlik miqdori bug`latayotgan suvdan bir necha barobar ortiqdir. Shuning uchun ham, suyuqlik massasining qaynash trubasidan chiqayotgan bug` - suyuqlik aralashmadagi bug` massasiga nisbati juda katta.
Bu turdagi bug`latkichlar isitish yuzasi 25...1200 m2, qaynash trubalarining uzunligi 4...9 m, diametri 25, 38, 57 mm bo`lishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa. Stirkulyastion truba ko`ndalang kesimi yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,9 dan kam bo`lmasligi kerak.
Majburiy stirkulyastiyali bug`latkichlar afzalliklari: issiqlik o`tkazish koeffistienti juda katta (erkin stirkulyastiyaligi qaraganda 3...4 marta ko`p), shuning uchun isitish yuzasi kam bo`lsa ham bo`ladi; kichik temperaturalar farqida (3...5°C) ham samarali ishlaydi; kristallanishga moyil eritmalar bug`latilganda, issiqlik almashinish yuzalarida iflosliklar yopishib qolmaydi.
Bunday qurimalarning kamchiligi shundaki, nasosni ishlatish tufayli energiya sarfi ko`payadi.
Odatda, bug`latkichlar qimmat legirlangan metallardan yasalganda, hamda qovushoqligi yuqori va kristallanishga moyil eritmalarini bug`latish uchun qo`llash yuqori samara beradi.

Download 4,52 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 4,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Majburiy stirkulyastiyali bug`latkichlar

Download 4,52 Mb.