Yupqa qatlamli (plyonkali) bug`latkichlar yuqori temperaturaga chidamsiz eritmalarni quyuqlashtirish uchun qo`llaniladi. Qurilma trubalari orqali eritmaning bir marta o`tishi natijasida bug`latish jarayoni sodir bo`ladi.
Eritmaning harakat yo`nalishiga qarab, ko`tariluvchi va pastka oqib tushuvchi yupqa qatlamli bug`latkichlarga bo`linadi.
Yupqa qatlamli bug`latkichlar isituvchi kamera va separatordan tarkib topgan bo`ladi (12-rasm).
Isituvchi kamera trubalari 7...9 m uzunlikda bo`lib, suv bug`i yordamida isitiladi.
12a-rasmda ko`tariluvchi qatlamli bug`latkich ko`rsatilgan. Boshlang`ich eritma uzluksiz ravishda isituvchi kameraning pastki qismiga yuboriladi va trubalarning 20..25% uzunligini to`ldirib turadi. Trubalarning qolgan qismi bug` - suyuqlik aralashmasi bilan band bo`ladi.
Ushbu aralashma truba devorida yupqa qatlamli suyuqlikka va uning o`qida bug` agregat holatiga ajralgan bo`ladi. Bug` oqimi harakati paytida suyuqlik qatlamiga ishqalanish oqibatida yupqa qatlam turbulizastiyaga uchraydi va uning yuzasi jadal ravishda yangilanib turadi. Shu omillar hisobiga yuqori issiqlik o`tkazish koeffistienti va katta bug`latish yuzasiga erishiladi.
12b-rasmda pastga oqib tushuvchi qatlamli bug`latkich tuzilishi keltirilgan. Bunday qurilmada boshlang`ich eritma isituvchi kameraning yuqori qismiga uzatiladi.
Quyuqlashtirilgan eritma, separatorning pastki qismidan chiqariladi.
Yupqa qatlamli bug`latqichlarning issiqlik almashinish yuzasi 63...2500 m2 bo`lib, 38 va 57 mm li trubalardan yasaladi.
Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,0 MPa, separatordagi vakuum esa - 93 kPa.
Kamchiliklari; isituvchi bug` bosimi tebranib turgan hollarda ishlashi bir tekisda emas. Agar, ish rejimi buzilsa, qurilmani stirkulyastiyali ishlash rejimiga o`tkazish mumkin.
Rotor – yupqa qatlamli bug`latkichlar yuqori temperaturaga chidamsiz, qovushoq va pastasimon materiallarni, hamda suspenziyalarni bug`latish uchun ishlatiladi (13-rasm).
Bunday bug`latkichlar stilindrsimon yoki konussimon qobiq 5 dan iborat bo`lib, tashqarisi isituvchi g`ilof 6 bilan o`ralgan. Qobiq 5 ichida rotor 3 aylanib, eritmani stilindrik qobiq devoriga yupqa qatlam ko`rinishda purkaydi. Ayrim hollarda esa, oqimcha yoki tomchilar ko`rinishida ham sochib yuborish mumkin.
Devor bo`ylab taqsimlangan eritma asta - sekin bug`latadi va devorda pasta yoki kukunning yupqa qatlami hosil bo`ladi. Ushbu qatlam rotorning parraklari yordamida qirib tashlanadi. Bu turdagi qurilmalarda yuqori issiqlik almashinishga erishish mumkin, ammo bug` bilan suyuqlikning ilinib chiqib ketishi kam bo`ladi.
Issiqlik berish koeffistientini hisoblash uchun ushbu formula tavsiya etiladi:
(21) [7]
bu erda n - aylanish chastotasi, ayl/min; - dinamik qovushoqlik, Pas; - muhitning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti, Vt/mK.
Issiqlik berish koeffistientini boshqa formuladan ham hisoblab topsa bo`ladi:
(22)
bu erda z - rotordagi parraklar soni.
(23)
Qobiq devori va parraklar orasidagi tirqish 0,04...1,5 mm ni tashkil etadi. Boshlang`ich eritma qurilmaning yuqori qismiga uzatiladi va stilindrik devor bo`ylab yupqa qatlam ko`rinishida taqsimlanadi. Parraklarning aylanma tezligi 12 m/s .
Qurilma konstrukstiyasi rotorni o`q bo`ylab siljishiga imkon beradi. Natijada, eritma qatlami qalinligini rostlash va jarayon tezligini oshirish mumkin.
Rotor – yupqa qatlamli bug`latkichlar juda yuqori issiqlik o`tkazish koeffistientiga ega, ya’ni 2300...2700 Vt/m2K. Lekin, bu qurilmalar tuzilishi murakkab, yasash qiyin va juda qimmat. Undan tashqari, issiqlik almashinish yuzasi kam bo`lgani uchun, ish unumdorligi yuqori emas.
|