Quritish mavzu: Barabanli quritish qurilmasini hisoblash
QURITISH
MAVZU: Barabanli quritish qurilmasini hisoblash .
KIRISH
1.Nazariy qism
2. Quritish jarayoni kinetikasi
3. Quritgichlarni hisoblash
4. XULOSA
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Umumiy tushunchalar
Qattik va pastasimon materiallarni suvsizlantirish yo’li bilan ularga zarur xossalar berish, transport vositalarida uzatish va uzoqmuddat davomida saqlash imkoniyatini beradi.
Suvsizlantirishni 3 xil usulda amalga oshirish mumkin:
Mexanik (siqish, cho’ktirish, filtrlash, stentrifugalash va h.);
Fizik-kimeviy (suvni o’ziga tortib oluvchi moddalar yordamida (kalstiy xlorid, sulfat kislota va h.);
Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish, ya’ni quritish.
Lekin, yuqorida qayd etilgan usullardan eng samaralisi, issiqlik ta’sirida suvsizlantirish, ya’ni quritishdir. Chunki, quritish jarayonida to’liq suvsizlantirishga erishsa bo’ladi.
Qattiq va pastasimon materiallar tarkibidagi namlikni bug`latish va hosil bo’layotgan bug`larni chetga olish chiqishga quritish jarayoni deyiladi.
Nam materiallarni issiqlik yordamida quritish - sanoatda eng keng tarqalgan usul. Ushbu usul kimyoviy, oziq-ovqat va bir qator boshqa texnologiyalarda ishlatiladi. Material tarkibidagi namlik dastavval arzon, mexanik (masalan, filtrlash) usulda, yakuniy, to’la suvsizlantirish esa - quritish usulida olib boriladi. Suvsizlantirishning bunday kombinastiyalashgan usuli iqtisodiy jihatdan samaralidir.
Sanoatda nam materiallarni quritish sun’iy (maxsus quritish qurilmalarida) va tabiiy (ochiqhavoda quritish - juda davomiy jarayon) usullar qo’llaniladi.
Fizik mohiyatiga ko’ra, quritish jarayoni murakkab diffuzion jarayondir. Uning tezligi, quritilayotgan material ichidan namlikning atrof muhitga tarqalishi, diffuziya tezligi bilan belgilanadi. Ma’lumki, quritish jarayoni bu issiqlik va modda (namlik) ning material ichida harakati va material yuzasidan atrof muhitga uzatilishidir. Shunday qilib, quritish bu issiqlik va massa almashinish jarayonlarining bir-biri bilan uzviy bog`langan majmuasidir.
Qattiq, nam materialga issiqlik ta’sir etish usuliga qarab quritish quyidagi turlarga bo’linadi:
konvektiv quritish - bunda nam material bilan qurituvchi eltkich bevosita o’zaro ta’sirda bo’ladi. Odatda, qurituvchi eltkich sifatida qizdirilgan havo yoki tutun gazlari ishlatiladi;
kontaktli quritish - issiqlik tashuvchi eltkich va nam material orasida ajratuvchi devor bo’ladi. Materialga issiqlik shu devor orqali izatiladi;
|