|
I - x diagramadan ko’rinib turibdiki, 99,4°S temperaturada = const
|
bet | 4/9 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 82,4 Kb. | | #137873 |
Bog'liq Quritish mavzu Barabanli quritish qurilmasini hisoblash-fayllar.orgI - x diagramadan ko’rinib turibdiki, 99,4°S temperaturada = const chiziqlari sinadi va yuqoriga vertikal ko’tarilib ketadi, ya’ni diagramma ikki qismga bo’linadi. Ushbu temperaturada to’yingan suv bug`ining bosimi 745 mm.sim.ust. teng bo’ladi. (5.197) tenglamadan ko’rinib turibdiki, temperatura t 99,4°S etganda
nisbiy namlik temperaturaga bog`liq bo’lmay va o’zgarmas kattalik bo’lib qoladi.
Havoning suv bug`i bilan to’yinish, chizig`i, ya’ni = 100%, diagrammani to’yinmagan nam havo va chiziqostida joylashgan, suv bug`i bilan o’ta to’yingan havo zonalariga ajratadi.
Suv bug`ining parstial bosim chiziqlari (5.192) tenglamani inobatga olgan holda (5.197) tenglamadan aniqlanadi:
рб
Рх
0,622 х
(5.204)
Suv bug`ining parstial bosimi I - x diagrammaning pastki qismida joylashgan. Diagramma yordamida nam havoning istalgan ikki parametri ma’lum bo’lsa, qolgan parametrlarini topish mumkin.
5.93a-rasm. I-x diagramma yordamida
ma'lum ikki parametr
orqali
nam havoning qolgan
5.93b-rasm. I-x diagrammada
shudring
nuqtasini
5.93c-rasm. I-x
diagrammada
ho'l termometr
aniqlash.
I-x diagramma yordamida, nam havoning istalgan ikki parametri orqali qolgan parametrlarini topish mumkin. Masalan: havo temperaturasi t=550S va nisbiy namligi =70% bo’lgan parametrlar uchun nuqta A ni aniqlaymiz (5.93a-rasm). Bu nuqta uchun nam saqlash parametri x=0,0608 kg namlik/kg quruqhavo va entalpiyasi I=207,25 kJ/kg quruqhavo.
Shudring nuqtasi. Havoning o’zgarmas nam saqlash parametrida sovishi, uning suv bug`lari bilan butunlay to’yinishi natijasida, havo eki gaz tarkibidagi suv bug`larining kondensastiyalanishi ro’y beradi. Ushbu temperatura shudring nuqtasi deb nomlanadi.
5.93b-rasmda A nuqtaga mos boshlang`ich parametrli havo uchun shudring nuqta V ni grafik usulda aniqlash tasvirlangan. Shudring nuqtasi =100% va nam saqlash x1 larning kesilish nuqtasi V orqali o’tgan izoterma tr sifatida aniqlanadi. Ho’l termometr temperaturasi. Havoning nam material bilan izotermik o’zaro ta’siri natijasida havo soviydi. Bunda, havo materialga o’z issiqligini beradi va nam materialdan havoga o’tayotgan suv bug`larining entalpiyasi hisobiga o’z entalpiyasini orttiradi. Bunday sharoitda temperatura pasayadi, entalpiya esa o’zgarmas bo’ladi. Ushbu izoentalpiya jarayoni havoning suv bug`lari bilan to’liqto’yingunga qadar boradi, ya’ni =100% ga erishadigan temperaturagacha. I-x diagrammada A nuqtadan
=100% chizig`ida V nuqta bilan kesishguncha I=const chizig`i o’tkaziladi (5.93v-rasm). Nuqta V orqali o’tadigan, izoentalpiya sharoitida havoning sovish chegarasiga to’g`ri keladigan izoterma tMT – xul termometrning temperaturasi deb nomlanadi.
Quritish potenstiali. Havo temperaturasi tv va ho’l termometr temperaturasi tMT larning farqi quritish potenstiali deb ataladi. Ushbu ko’rsatkich havoning materialdan namlikni yutish qobiliyatini xarakterlaydi. Quritish potenstiali qanchalik katta bo’lsa, materialdan namlikning bug`lanish tezligi shunchalik yuqori bo’ladi. Agar, tv= tMT bo’lsa, quritish potenstiali = 0.
|
| |