• Asrga tatigulik kun” Chingiz Aytmatov
  • O`tmishdan ertaklar” Abdulla Qahhor




    Download 88,5 Kb.
    bet1/3
    Sana30.05.2024
    Hajmi88,5 Kb.
    #257782
      1   2   3
    Bog'liq
    “O`tmishdan ertaklar” Abdulla Qahhor


    O`tmishdan ertaklar” Abdulla Qahhor
    “O‘tmishdan ertaklar“ yozuvchi ijodining o‘ziga xos yakuni, so‘nggi cho‘qqisi bo‘ldi. “O‘tmishdan ertaklar” muallifning bolalikda ko‘rgan-kechirganlari haqidagi avtobiogragik asar, biroq o‘zbek adabiyotidagi mavjud avtobiografik asarlardan.Bu asar Oybekning “Bolalik” qissasidan keskin farq qiladi. Bola obrazi Oybek qissasida birinchi o‘rinda tursa, “O‘tmishdan ertaklar”da bola Abdulla obrazi orqa o‘rinda turadi, u asosan “kuzatuvchi”, “guvoh”, “xolis hikoyachi” tarzida beriladi; yozuvchining asosiy diqqat-e’tibori bola guvohligida oilada, oila tevaragida yuz bergan voqealarni chizishga qaratilgan. Qissada yozuvchi hikoyanavisligicha qoladi, oxirgi “Qo‘qon xarobalari orasida ” bobini mustasno etganda , qissaning sarlavhalangan deyarli har bir bobi tugal hikoyadir, fojeali ruhdagi voqeiy novellalardir. Qissada inson sha’ni, qadri bilan bog‘liq alamli o‘y-tuyg‘ular, jaholatga qarshi isyon bu qissada adibning so‘nggi faryodi kabi yangradi.
    “O‘tmishdan ertaklar” nafaqat yozuvchi ijodiy bisotidagi , balki XX asr o‘zbek adabiyotidagi Cho‘lpon lirikasidan keyingi eng fojeiy, eng g‘amgin, eng mungli asardir. Qissaga A. Oripovning quyidagi satrlari epigraf- bosh so‘z qilib olingani bejiz emas:
    “Eshilib, to‘lg‘onib, ingranadi kuy,
    Asrlar g‘amini so‘zlar”Munojot”.
    Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga
    Qanday chiday olgan ekan odamzod”
    Abdulla Qahhor ijodidagi, jumladan, “O‘tmishdan ertaklar”dagi “o‘quvchida juda og‘ir taassurot qoldiruvchi” zulmat – tarixning malomatli sahifalari”, “qora bo‘yoqlar”ning quyuqligi, nurli jihatlarningzaifligi nuqson emas, asarning o ziga xos xususiyati va fazilatidir.
    Bir joyda qo‘nim topolmay, qishloqma-qishloq ko‘chib, azondan kechgacha ter to‘kib ishlab, tinimsiz temir taqillatib, kichkina xonadon dasturxonini to‘kin qilolmay, armonda yurgan omadsiz ota, sakkizta bolasini qora yer bag‘riga berib, o‘jar qaynona dag‘dalari, dardabar hayot mashaqqatlari tufayli ozib-to‘zib, “arvoh” holiga tushgan mushtipar ona, shafqatsiz darbadar turmush, tahqir-u xo‘rliklardan “indamas”, “soqov”ga aylangan bola haqidagi lavhalar kitobxonning yurak-bag‘rini ezib yuboradi. Yozuvchi mehnatkashlar hayotiga oid biri-biridan ayanchli, biri-biridan dahshatli lavhalar keltiradi.Yo‘qchilik, jaholat qurboni Babarning mudhish taqdiri, ochilmasdan gulg‘unchaligida xazon etilgan “hur qiz” – Sarviniso halokati – har biri dahshat, fojia! Jo‘n, ba’zan tasodifiy xatti-harakatlar juda ko‘ngilsiz va dahshatli oqibatlarga olib keladi. “O‘likning yog‘ini, tirikning tirnog‘ini yeyishga tayyor” turgan “ajdaho” To‘raqul vofurush, o‘jar dog‘uli Valixon so‘fi, olg‘ir, mug‘ambir ellikboshi , oqpodshoning arzandasi yuzboshi bilan bog‘liq hikoyalar dillarni larzaga soladi.
    Qissada goho ko‘ngilga huzur baxsh etuvchi nurli lavhalar, kishilararo hazil-mutoyibalar ham uchraydi, biroq bu quvonchli daqiqalar uzoqqa bormaydi, tezda avvalgisidan battarroq, dahshatliroq hodisalar bilan almashadi.
    Ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, qonunsizlik, jaholat avj olgan yurtda ma’rifat, ijtimoiy adolat uchun olib borilgan kurash usuli ko‘pincha ma;nisiz,behuda, hattoki vahshiyona tus oladi: “Qishloqqa ilm-ma’rifat urug‘ini sochgani kelgan ” Muhammadjon qorining yangicha usuldagi ta’lim maktabi johil kimsalar tomonidan xonavayron etiladi. Usta Abduqahhorning akasi qizi Sarvinisoni urib o‘ldirib qo‘yganda bu qotillik uchun hech kim hech narsa demaydi, aksincha bu ishni yaqin kishilar “yopti-yopti” qilishga urinadilar. O‘zbek adabiyotida ma’nisiz hayotning bu xildagi mudhish manzaralari hech qachon shafqatsizlik bilan ifoda etilgan emas.
    Asrga tatigulik kun” Chingiz Aytmatov
    Chingiz Aytmatov ijodiy faoliyatining boshlanishi uning talabalik davriga to’g’ri keldi. 1952-yili “Sovet Qirg’izistoni” gazetasida “Qirg’iz tilining terminologiyasi haqida”,1953-yil esa “Sovet Qirg’izistoni”gazetasida “Originaldan uzoq bo’lgan tarjimalar” nomli maqolalari e’lon qilindi. “Gazetachi Deyudo”,”Hoshim”(1952), “Sepoyachi”,”Oq yomg’ir”(1954), “Raqiblar”(1955),”Baydamtol sohillarida”(1955) kabi hikoyalari bosilgan. 1958-yili yozilgan “Jamila” qissasi yozuvchiga shuhrat keltirdi. Ushbu asar uning nomini jahonga tanitdi. Asar jahonning 40dan ortiq tillariga tarjima qilingan. “Jamila”qissasi Lui Aragon “Muhabbat haqida yozilgan eng guzal qissa” deb atagan. Chingiz Aytmatov 1991-yil Qirg’izistonning Luksemburg, Belgiyadagi elchisi, 1995-yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti bo’lgan. U O’zbekistonning “Do’stlik”(1995), “Buyuk xizmatlari uchun” (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg’iziston Respublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro “Oltin metal” mukofoti ta’sis etilgan. (1999). Yozuvchi “Momo yer”, “Qizil durrachali sarviqomatim’ kabi asarlarini avval qirg’iz tilida yozib, so’ng o’zi rus tiliga tarjima qilgan. Ba’zi asarlari esa, avval rus tilida yozib masalan “Oqkema”,”Alvido,Gulsari” kabilar qirg’iz tiliga o’girilgan. Uning “Tog’ va cho’l qissalari” turkumiga kirgan asarlari ham yuksak baholangan adibning asarlari jahonning 160ga yaqin tillariga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatovning deyarli barcha asarlari o’zbek tiliga chop etilgan. Adib O’zbekistonning jahon madaniyatida tutgan mavqeiga yuksak baho berib: “Qadim o’zbek madaniyatining O’rta Osiyoga ko’rsatgan ta’sirini ko’hna Vizantiyaning qadim Rusga ko’rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin,” deb yozgan edi.
    Chingiz Aytmatovning eng yaxshi asarlari allaqachonoq yangi jahon adabiyoti klassikasining tarkibiy qismi bo`lib qoldi.Uning kitoblari uslubi jihatidan ham, ko`tarilgan falsafiy masalalarga ko`ra ham bir-biridan farq qiladi, shu bilan birga ularning umumiy jihatlari ham bor. Shu boisdan muallifning har asarini oradan vaqt o`tishi bilan qayta- qayta o`qiging keladi va har gal yangi va yangi jihatlarni kashf etasan kishi. Aytmatov asarlarining kitobxonga ayricha hayajon soladigan ta`sir kuchi jamiyatda pishib yetilgan muammolar o`rtaga tashlanishidadir.1 Chingiz Aytmatovning “Asrga ta`tigulik kun” romani 1980-yilda yozilgann. Asar chop etilishi bilan o`quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Chunki unda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko`rsatkichlar; o`zlikni anglash, o`zgani tushinish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi ko`rsatiladi. Asarda bu masalalar konkret odamlar taqdiri misolida badiiy ifoda etilgan edi. Holbuki, bunday xususiyat sho`ro adabiyoti uchun tamomila begona hisoblanardi.
    Chingiz Aytmatov ulkan san`atkorgina emas,balki jasur inson ham bo`lgani uchun ana shunday vaqtda odamiylik odamlikdan baland ekanligini, kechagi kunini eslaqmaydigan, bobolarning udumlari bilan faxrlanmaydigan , ularga amal qilmaydigan kimsalar na oti va na zotini biladigan manqurtdan farq qilmasligini Sobitjon va Jo`lamon timsollari misolida juda ta`sirli aks ettirdi.
    Ko`nglining eng tubidagi yuksak ezgu tuyg`ular ifoda etilgan bu romanga X asrda yashab o`tgan arman yozuvchisi Grigor Narikatisining “Musibatnoma” kitobidan “Bu kitob jism-u fig`onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening” satrlarining epigrif qilib olinishida ham teran ma`no bor. Chingiz Aytmatov uchun ham bu roman “jon-u jahonning o`zi edi. 2 .Asar chindan-da jahonga mashhur yozuchining dilidagi oh-u fig`oni, jonini o`rtagan dardlari, alamlari bayonidir. Kitobda odm degan mavjudotning azizligi, uni tarixiy ildizlaridan , tilidan, g`ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahsgatli jinoyat ekan yovqur Nayman onaning tengsiz tengsiz fojiasi asosida aks ettirilgan.
    Chingiz Aytmatovning buyuk yozuvchiligi shundaki, siyosatdan tamomila chetda turuvchi, siyosiy muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamtargina odam ham aslida siyosatning ta`siridan holi bo`lolmasligini Bo`ronli Edigey misolida juda ishonarli aks ettirgan.
    JAMILA
    Chingiz Aytmatov qirg‘iz va rus tillarida ijod qilgan taniqli qirg‘iz yozuvchisi edi. Uning eng mashhur asarlaridan biri “Jamila” romanidir (Jamila yoki Jamila deb ham ataladi). “Jamila” 1958-yilda nashr etilgan bo‘lib, qirg‘iz adabiyotining klassikasi hisoblanadi. Hikoya Ikkinchi jahon urushi yillarida bo‘lib o‘tadi va Jamila ismli qirg‘izistonlik yosh ayol va Jamilaning oilasida qolayotgan yarador Doniyor ismli askar o‘rtasidagi taqiqlangan sevgi atrofida bo‘ladi. Ularning munosabatlari orqali Aytmatov sevgi, qurbonlik va urushning odamlar va jamoalarga ta'siri mavzularini o'rganadi.
    “. Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasini o'qib chiqib inson haqid emas balki inson erki haqida hikoya qilganligi haqida hulosaga keldim. Umuman olganda ushbu fikrlar asosli. Chunki asardagi aytilgan yillar hammasi urush yillarida sodir bo'lgan voqealar majmuidir. Odamlarning urush yillaridagi halovati, tinchligi yo'q bo'lgan. Bu asardan olgan eng qiziq savol va muhokama qilish uchun arzigulik fikr, bu Jamila to'g'ri qaror qabul qildimi yo'qmi degan savol edi. Asosan asarda Jamilaga e'tiborsizlik, turmush o'rtog'i tomonidan ko'rmagan mehr,sevgi, e'tibor, hurmat bularni barchasi Jamilani shu qarorni qabul qilishga majbur qildi. Balki chindan xam Jamilada xam ayb bordir ammo bu yerda eng katta ayb Sodiqda edi. Bu fikrimni bir maqol bilan ifodalasam "Erkak kishi oshqozoni bilan, ayol kishi qulog'i bilan sevadi" . Xulosa qilib aytganda xar bir inson o'z fikrlash doirasidan kelib chiqib Jamila to'g'ri ish qildi yoki to'g'ri emas deb hisoblaydi lekin ayol qalbi bilan aytganda u to'g'ri ish qildi, chunki ayolga e'tibor shirin so'z kerak. Yana bir tarafdan Jamila xam aybdordek boladi lekin bu yerda qars ikki qo'ldan chiqadi Sodiqda xam Jamilada xam ayb bor . Jamilani qarorini xar tomonlama xam to'g'ri deb hisoblay olmaymiz taqdirga tan berib qaynonasi bilan bir uyda yashayotgan, erkatoy kelin edi. Unga nisbatan hech qanday yomonlik yoq edi. Aksincha, qaynog'asining xam sevimli yangasi, kolxozdagani mehnatkash ayol ishchilaridan biri edi. Faqat yaxshilik ko'rib yashayotgan bo'lasada uning qalbidagi olov qochishga undardi. Lekin Nima bo'lganda xam u ojiza. Oxirida Jamila e'tiborsizlikka chiday olmadi va so'nggi qilgan qarori unga baxt keltirar.

    Download 88,5 Kb.
      1   2   3




    Download 88,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`tmishdan ertaklar” Abdulla Qahhor

    Download 88,5 Kb.