• Bajardi:Garliev Sardor Didarbay o’gli Magistratura va kechki fakulteti, KBHA-72 gruh Talabasi.
  • “iqtisodiyot’’ kafedrasi




    Download 370.56 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana30.03.2024
    Hajmi370.56 Kb.
    #182817
    TuriReferat
    Bog'liq
    iqtisodiyot kurs ishiiiii
    02-ma\'ruza (2-semestr), 08-ma\'ruza (2-semestr) taqdimot, kiberxavfsizlik7..., kiberxavfsizlik 7, chaqaloqlarni sayr qildirish ratsionini tuzish


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY TA`LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
     
     
    “IQTISODIYOT’’ KAFEDRASI 
     
    “IQTISODIYOT NAZARIYASI’’ FANIDAN 
     
     
    REFERAT 
    Mavzu: O’zbekiston moliya bozorini rivojlantirishda pul-kredit
    siyosatini orni 
    Bajardi:Garliev Sardor Didarbay o’gli 
    Magistratura va kechki fakulteti,
    KBHA-72 gruh Talabasi. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


     
     
    TOSHKENT-2024 


    Reja: 
    Kirish. 
    1.Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni taminlashda pul-kredit siyosatining 
    o’rni. 
    2.Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mehanizmlari( inflyatsion 
    targetlash rejimiga o’tishning ahamiyati). 
    3.O’zbekistonda iflyatsion targetlash rejimini joriy etish istiqbollari. 
    4.Pul-kredit siyosatining oraliq rejimi. 
    Xulosa. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 


    Kirish 
    2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari 
    rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta 
    muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning 
    ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Valyuta kursi shakllanishida tamomila 
    yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy 
    e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit 
    siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi. 
    Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning 
    muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini 
    takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank 
    tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq. 
    Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini 
    liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon 
    qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini 
    yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit 
    siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-
    bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi. 
    Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
    faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi 
    bo‘ldi.Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy 
    bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va 
    institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda 
    tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli 
    istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi 
    kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda 
    inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga 
    olingan holda ishlab chiqilgan. 
    Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual 
    asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish 
    uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka 
    yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan. 


     1.Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni 
    ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rni. 
    Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy 
    barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va 
    rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit 
    hisoblanadi.Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli 
    iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini 
    yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, 
    narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy 
    siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak. Rivojlangan va 
    rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro 
    moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda 
    narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini 
    ko‘rsatmoqda.Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va 
    ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy 
    tuzilishiga qarab farqlanadi.
    Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston 
    Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh 
    maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta 
    barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan 
    barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish 
    mumkin.
    Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning 
    barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi.Bunda, erkin 
    suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi 
    funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq 
    tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda 
    o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab 
    chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.Ayni paytda Markaziy 
    bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish 
    va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq belgilab olish maqsadida 
    qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan. 
    2023 yilda mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qildi. Jumladan, sanoat 6, xizmat 
    ko‘rsatish 6,8, qurilish 6,4, qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz 
    o‘sgan.
     
    Bu yil yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 6 foizga ko‘paytirib, 100 milliard dollarga 
    yetkazish maqsad qilingan. Yig‘ilishda shu boradagi vazifalar, zaruriy chora-tadbirlar 
    muhokama qilindi. 
    Davlatimiz rahbari buning uchun, avvalo, eng katta islohotchi bo‘lgan iqtisodiy kompleks 
    xodimlari juda qattiq ishlashi kerakligini ta’kidladi. 
    Masalan, umumiy sanoat hajmi o‘sgani bilan, ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 40 
    foizdan oshmayapti. Bular asosan importga qaramlik, energiya iste’moli yuqoriligi va 
    ortiqcha xarajatlar ko‘pligi sababli bo‘lmoqda. 


    Shu bois iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun “2024 yil – 
    tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili” bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Xaridlar va 
    logistikani maqbullashtirish, energiya resurslarini tejash va raqamlashtirish orqali qancha 
    xarajatni kamaytirish mumkinligi tarmoqlar kesimida ko‘rsatib o‘tildi. 
    Joriy yilda yirik tarmoqlarda qo‘shilgan qiymatni 45 foizdan oshirish, tannarxni 15 foizga 
    kamaytirish, jami sanoatda 7 foiz o‘sishni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.Shu bilan 
    birga, iqtisodiy kompleksdagi rahbarlar faoliyatini oylik, choraklik va yillik samaradorlik 
    ko‘rsatkichlari (KPI) bilan bog‘lash, o‘rinbosarlar sonini ko‘rib chiqish taklifi ilgari 
    surildi.Yig‘ilishda moliyaviy intizom masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.O‘tgan yili ayrim 
    davlat korxonalari tomonidan dividend va soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjetga 8 trillion so‘m 
    tushum ta’minlanmagan. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida soliq tushumlari 20 foiz o‘sgan 
    bo‘lsa, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 7 foizga ham yetmagan.Bunday 
    holatlar hududiy soliq bo‘limi boshliqlari va o‘rinbosarlari, mahalladagi soliqchilarning ishi 
    sustligini ko‘rsatadi. Shu bois bu tizim qayta ko‘rib chiqilib, yangi yo‘nalishlar 
    belgilandi.Birinchi yo‘nalish – 40 mingta byudjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi 
    tumanlardan Soliq qo‘mitasida yangi tashkil qilinadigan Tumanlararo byudjet tashkilotlari 
    inspeksiyasiga o‘tkaziladi. Ushbu inspeksiya to‘liq raqamlashgan bo‘ladi va G‘aznachilik 
    elektron tizimiga integratsiya qilinadi.Ikkinchi yo‘nalish – Qo‘mitada soliq qarzini undirish 
    bo‘yicha ham tumanlararo inspeksiya tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud 
    vakolatlar beriladi. Buning hisobiga, tumanlardagi qo‘shimcha 200 nafar soliqchini 
    mahallabay ishlashga o‘tkazish imkoni bo‘ladi.Uchinchi yo‘nalish – respublika soliq 
    tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan 
    ishlaydigan alohida tizim bo‘ladi. Buning uchun Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya 
    tarkibida yangi tuzilma tashkil qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bevosita ishlaydi. 
    Iqtisodiyot va moliya vazirligiga soliqlar tushumini o‘z vaqtida ta’minlash, korxonalar 
    xarajati asossiz o‘sishining oldini olish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.\Bojxona sohasiga 
    to‘xtalinar ekan, o‘tgan yili import bo‘lgan tovarlarga salkam 60 trillion so‘mlik imtiyoz 
    qo‘llangani, lekin ularning samaradorligi bo‘yicha yetarli tahlil yo‘qligi qayd etildi. Shu bois 
    imtiyoz bilan kirgan tovarlarni birma-bir o‘rganib chiqishga ko‘rsatma berildi.Byudjet 
    tushumi uchun yana katta zaxiralar bu – xususiylashtirish va yerlarni auksion orqali 
    sotishdir. Lekin xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 484 ta davlat aktivi savdoga 
    chiqarilmay turibdi.Masalan, savdoga qo‘yilgan o‘nlab don korxonalari sotilmasdan turibdi. 
    Negaki ularning bahosini belgilashda kamchiliklar bor.Vazirlar Mahkamasiga bu boradagi 
    qoloqliklarni bartaraf etib, joriy yilda 20 trillion so‘m tushumni ta’minlaydigan yangi 
    xususiylashtirish dasturini tayyorlash topshirildi.O‘tgan yili yerlarni auksion orqali 
    sotishdan 1 trillion so‘m tushum bo‘lgan, 12 mingta yangi loyiha qo‘shilgan. Bunday 
    imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida yil yakuniga qadar 70 ta, kelgusi yili barcha 
    tumanlarning master rejalarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Bugungi kundagi eng dolzarb 
    masala bu – yashirin iqtisodiyot. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdagi, xizmatlar, qurilish, sanoat 
    sohalarida katta miqdordagi aylanma “soya”da qolmoqda.Davlatimiz rahbari yashirin 
    iqtisodiyot adolatli raqobatga, halol tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotganini aytib, 
    qo‘shimcha choralarni ko‘rsatib o‘tdi. Hozirda yashirin iqtisodiyot va iqtisodiy 
    jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan 14 ta idora tarqoq holda shug‘ullanmoqda. Bu ishlarni 
    muvofiqlashtirish va kuchaytirish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy 
    jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakolatlari kengaytiriladi. Bu departament eng 
    zamonaviy vositalar va yetuk mutaxassislar bilan ta’minlanib, uning huzurida ilmiy-tahliliy 
    va o‘quv markazi ochiladi. Shu bilan birga, Bosh prokuraturada ham yashirin iqtisodiyot 


    bo‘yicha alohida boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tashkil qilinadi.Yig‘ilishda byudjet 
    xarajatlarining samaradorligi masalasi ham ko‘rib chiqildi.O‘tgan yili byudjetdan 1,2 trillion 
    so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 milliard so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l 
    qo‘yilgani aniqlangan. Sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi dasturlarga ajratilgan 
    mablag‘lar to‘liq ishlatilmagan. Shuningdek, aslida ishlamaydigan xodim yoki bajarilmagan 
    ish uchun haq yozish, asossiz ssuda yoki mukofot pullari olish kabi holatlar ko‘paygan. Bu 
    borada Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi 
    faoliyati qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois mazkur inspeksiya Bosh prokuratura 
    huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga o‘tkazilishi belgilandi.Bu 
    yil byudjetda ko‘zda tutilgan 313 trillion so‘mlik xarajatni to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish 
    vazifasi qo‘yildi.Inflyatsiyani kamaytirish masalasi ham dolzarb. Ko‘rilgan choralar 
    natijasida o‘tgan yili inflyatsiya 9 foizdan oshmadi.Mahsulotlar inflyatsiyasini oziq-ovqatni 
    ko‘paytirish orqali jilovlash mumkinligi ta’kidlanib, bu bo‘yicha qishloq xo‘jaligi vaziri va 
    hokimlarga ko‘rsatmalar berildi.Umuman, joriy yilda ham inflyatsiyani 9 foizdan tushirish 
    choralari muhokama qilindi.Bank tizimi barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyotga kreditlar 
    yo‘naltirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Bozor mexanizmlari asosida kredit 
    stavkalarini kamida 2-3 foizga tushirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi 
    qo‘yildi.Yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu 
    bo‘yicha yaqinda qabul qilingan dasturni samarali amalga oshirish muhimligi 
    ta’kidlandi.Bandlik tizimiga kiruvchi kasbga tayyorlash muassasalari hamda tashqi mehnat 
    migratsiyasidagi ishlar talab darajasida emasligi qayd etildi. Kambag‘allikni qisqartirish va 
    bandlik vazirligiga bu kabi kamchiliklarni bartaraf etib, aholini kasbga o‘qitish va ish 
    o‘rinlari yaratish yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.Yig‘ilish yakunida iqtisodiy 
    kompleks rahbarlari, vazirlar va hokimlar joriy yilgi rejalari bo‘yicha axborot berdi. 


    2.
    Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va 
    mexanizmlari (inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishning 
    ahamiyati) 
    Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini 
    amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo‘lishini hamda 
    maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va 
    mexanizmlarni talab etadi. 
    Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro 
    tajribasi 
    Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng 
    qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta 
    kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.
    Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy 
    banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar 
    asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab farqlanadi. 
    Monetar targetlash rejimi
    Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini 
    ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari 
    o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.Ushbu strategiyaning samarali 
    qo‘llanilishi inflyatsiya ko‘rsatkichlari va pul agregatlari o‘rtasidagi mustahkam 
    doimiy bog‘liqlik bo‘lishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli 
    ko‘rsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish 
    vositasida erishiladi.Monetar targetlash rejimi 1970-chi va 1980-chi yillarda 
    AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya va boshqa 
    rivojlangan davlatlarda faol qo‘llanilgan.Shu bilan birga, so‘nggi yillarda moliya 
    bozorlarining rivojlanishi va yangi moliyaviy instrumentlarning amaliyotga joriy 
    etilishi hisobiga pulga nisbatan talabning nobarqaror darajada bo‘lishi mazkur 
    usul samaradorligining pasayishiga olib keldi.Natijada markaziy banklar pul 
    massasidagi o‘zgarishlarga samaralari ta’sir ko‘rsatish va inflyatsiyaning 
    maqsadli ko‘rsatkichlarini ta’minlash imkoniyati cheklanishi kuzatildi.Pul 
    agregatlari va inflyatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning kuchsizlanishi 
    tufayli ko‘pchilik markaziy banklar tomonidan pul agregatlarini targetlash 
    amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash rejimini joriy qilinishiga sabab 
    bo‘ldi.Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‘zgarishlari 
    kuzatilgan rivojlanayotgan va o‘tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy 
    rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng 
    ko‘llanilgan. Bunda inflyatsiya bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni belgilashda 
    iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. 


    1994 yildan boshlab
    1
    O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul 
    massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini 
    ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi 
    operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi. 
    Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansa-da, amaliyotda milliy 
    valyutaning almashuv kursini dollarga bog‘lash orqali bosqichma-bosqich 
    devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro institutlar va mutaxassislar 
    tomonidan ushbu rejim aralash turga kiritilgan.Bir vaqtning o‘zida ikki 
    maqsadga yo‘naltirilgan almashuv kursi siyosati tashqi shoklar vujudga 
    kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini ko‘rsatdi. Bunda bir tomondan oltin-
    valyuta zahiralarini oshirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan 
    so‘mning almashuv kursini ma’lum bir darajada ushlab turish maqsadi 
    ko‘zlangan. O‘z navbatida, mazkur almashuv kursi to‘lov balansi holati va 
    tashqi iqtisodiy sharoitlarni o‘zida aks ettirmagan.Bunday siyosat, o‘z 
    navbatida, ichki valyuta bozorida muammolarni yuzaga keltirib, samarali pul-
    kredit siyosatini yuritish imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan tashqari, pul-kredit 
    instrumentlaridan foydalanishning passiv rejimi monetar targetlashni samarali 
    qo‘llashda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi.Pul massasi o‘zgarishini omillar 
    asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining 
    oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga 
    ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda.Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning 
    asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston 
    Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 
    moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish 
    texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida 
    foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda 
    inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.Umuman olganda, 
    ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez sur’atlarda oshishining oldi olingan. 
    Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya darajasi, 
    YaIM deflyatori va pul massasi o‘zgarishi o‘rtasida aniq va barqaror o‘zaro 
    bog‘liqliklar aniqlanmadi. 


    Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori ko‘rsatkichlari o‘zgarishi ham ushbu 
    ko‘rsatkichlar dinamikasining o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligini, pul-
    kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda xatoliklarga 
    olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. 
    Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan 
    mo‘tadil darajada o‘sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini 
    olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniq 
    bog‘liqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini 
    hisoblash imkoniyatini bermaydi. 
    Valyuta kursini targetlash rejimi
    Valyuta kursini targetlash rejimi milliy valyuta ayirboshlash kursini past va 
    barqaror inflyatsiya darajasiga ega rivojlangan davlatlar valyutasiga bog‘lashni 
    nazarda tutadi.Shuningdek, valyuta kursini targetlashning milliy valyuta 
    ayirboshlash kursi tebranishi mumkin bo‘lgan gorizontal va shartli koridorlarni 
    o‘rnatish hamda real ayirboshlash kursini asosiy savdo hamkor davlatlar 
    valyutalari savatchasiga nisbatan targetlash kabi turlari ham mavjud.Valyuta 
    kursini targetlash rejimi iqtisodiyoti eksport, ayniqsa, xom-ashyo tovarlari 
    eksportiga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, iste’mol savatida import tovarlari 
    yuqori ulushni tashkil qilgan mamlakatlarda faol qo‘llaniladi.Valyuta kursini 
    targetlash rejimi aniqligi va oddiyligi sababli aholi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari 
    va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan oson tushuniladi.Mazkur 
    rejimning yana bir ijobiy tomoni moliyaviy institutlar yaxshi rivojlanmagan 
    sharoitlarda ham u o‘zining samaradorligini saqlab qoladi. Bunday vaziyatda 
    valyuta kursiga pul-kredit siyosati choralari va valyuta intervensiyalari orqali 
    ta’sir ko‘rsatiladi. 


    Shu bilan birga, kapital oqimlari kuchli bo‘lgan davrlarda ushbu rejimni 
    samarali qo‘llash imkoniyati cheklanadi va iqtisodiy inqiroz davrida markaziy 
    bankning valyuta kursini barqarorlashtirish borasidagi vazifasini 
    qiyinlashtiradi. 
    Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart sharoitlar bilan 
    chambarchas bog‘liq
    Inflyatsion targetlash rejimi 
    Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida markaziy bank 
    tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va 
    pul-kredit instrumentlari ushbu inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga 
    erishishga yo‘naltiriladi.Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli 
    ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib 
    kelinmoqda. Inflyatsion targetlash rejimi inflyatsiya darajasining 
    o‘zgaruvchanligi va inersion davomiyligini kamaytirishning samarali usuli 
    hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va muvozanatli iqtisodiy 
    o‘sishga erishish uchun kulay sharoitlarni yaratadi.Inflyatsion targetlash rejimi 
    dastlab 1989 yilda Yangi Zelandiyada amaliyotga joriy qilingan. Bugungi 
    kunga kelib dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, jumladan, Avstraliya, Argentina, 
    Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Kanada, Polsha, Turkiya, 
    Shvetsiya, Yaponiya, Chexiya kabi davlatlar pul-kredit siyosatining mazkur 
    rejimidan foydalaniladilar. 
    3.
    O‘zbekistonda inflyatsion targetlash rejimini joriy etish 
    istiqbollari 
    Barqaror iqtisodiy rivojlanish va makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish 
    usullarining bozor instrumentlaridan foydalanish asosida tubdan qayta ko‘rib 
    chiqilishi munosabati bilan ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash 
    pul-kredit siyosatining bosh maqsadi sifatida belgilandi.Bunda inflyatsiya 
    sur’atini pasaytirish va uni past darajada saqlab turish o‘rta muddatli 
    istiqbolda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda asosiy 
    shart sifatida qaraladi.Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi pul-kredit 
    siyosatining tamoyil va usullarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlashga 
    qaratish uchun zarur bo‘lgan asosni yaratadi. O‘rta va uzoq muddatli 
    istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlashda inflyatsion targetlash samarali 
    usul hisoblanadi.
    O‘zbekiston sharoitida inflyatsion targetlash rejimining tanlanishi 
    qator sabablar bilan izohlanadi. Birinchidan, bugungi kunda inflyatsion targetlash pul-
    kredit siyosatining ta’sirchan rejimi sifatida o‘zini namoyon qilib, o‘rta muddatli 
    istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadiga eng muvofiq keluvchi rejim 
    hisoblanadi.


    Ikkinchidan, monetar agregatlar yoki valyuta almashuv kursini targetlash kabi 
    rejimlarning amaliyotga qo‘llanilishi tajribasi ularning O‘zbekiston sharoiti va 
    zamonaviy talablarga mos kelmasligini ko‘rsatmoqda.Xususan, valyuta 
    almashuv kursini targetlash rejimida kursning doimiy tarzda maqsadli 
    darajada saqlab turilishi xalqaro rezervlarni sezilarli darajada kamaytirib, 
    valyuta inqirozining kelib chiqish xatarini oshiradi.Valyuta almashuv kursini 
    targetlash rejimida valyuta kursini mos ravishda o‘zgartirish orqali tashqi 
    salbiy ta’sirlarni mo‘tadillashtirish imkoniyati cheklanadi.Bundan tashqari, 
    mazkur rejimda Markaziy bankning asosiy e’tibori faqatgina valyuta almashuv 
    kursining maqsadli darajasini ta’minlashga qaratilishi tufayli ichki 
    maqsadlarga qaratilgan mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirish 
    imkoniyati cheklanadi.Boshqa tomondan, iqtisodiyotni liberallashtirish va 
    tarkibiy o‘zgartirish, shuningdek, xufyona iqtisodiyotning sezilarli darajada 
    mavjud bo‘lishi sharoitlarida pul agregatlarining keskin o‘zgarishi kuzatilishi 
    mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, monetar targetlash rejimi doirasida maqsadli 
    ko‘rsatkichlarni o‘rnatish va unga erishish vazifasini murakkablashtiradi.Shu 
    bilan birga, pul agregatlari va inflyatsiya orasidagi barqaror bog‘liqlikning 
    pasayishi monetar targetlash rejimi samaradorligini 
    kamaytiradi.Mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish borasida 
    amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda narxlar barqarorligini ta’minlash 
    bo‘yicha aniq maqsadlarning belgilanishi inflyatsion targetlashga o‘tish uchun 
    tayanch shart-sharoitlar yaratadi. 
    Xalqaro tajribaga asosan, inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish quyidagi 
    yo‘nalishlar bo‘yicha makroiqtisodiy sharoitlar mavjudligini va kompleks 
    chora-tadbirlar amalga oshirilishini talab qiladi: 
    • 
    pul-kredit siyosatini yuritish, ya’ni transmission mexanizm 
    samaradorligini oshirish; 
    • 
    valyuta bozori faoliyatini yanada liberallashtirish va takomillashtirish; 
    • 
    pul-kredit siyosatining mavjud instrumentlarini takomillashtirish va yangi 
    zamonaviy bozor instrumentlarini joriy etish; 
    • 
    banklararo pul bozori faoliyatining shaffofligini oshirish va rivojlantirish; 
    • 
    makroiqtisodiy prognozlash va tahlil qilish salohiyatini mustahkamlash; 
    • 
    pul-kredit siyosatining pirovard maqsadi va qo‘llaniladigan instrumentlar 
    to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida pul-kredit 
    siyosatining aniqligi va shaffofligini oshirish; 
    • 
    kommunikatsion siyosatni takomillashtirish; 
    • 
    Markaziy bankning institutsional bazasini rivojlantirish; 
    • 
    moliya bozorini, shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini 
    rivojlantirish; 
    • 
    makroiqtisodiy siyosatni samarali muvofiqlashtirish; 
    • 
    iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni muvaffaqiyatli 
    amalga oshirish. 


    Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosatining 
    barcha asosiy yo‘nalishlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni 
    talab qiladi. Ushbu konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning bosqichma-
    bosqich amalga oshirilishi bozor mexanizmlari va instrumentlari asosida pul-
    kredit siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik vazifalar bajarilishi 
    uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Pul-kredit siyosatini amalga oshirish va 
    rivojlantirish bo‘yicha ushbu Konsepsiya o‘z ichiga 2018-2021 yillar uchun 
    mo‘ljallangan chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi”ni qamrab oladi.Mazkur yo‘l 
    xaritasini ishlab chiqishda asosiy e’tibor inflyatsion targetlashning mexanizm 
    va tamoyillarini o‘rta muddatli istiqbolda samarali joriy qilish uchun zaruriy 
    shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha choralarni amalga oshirishga qaratildi. 
    Pul-kredit siyosatining transmission (o‘tkazish) mexanizmi 
    Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati 
    choralarining yalpi talab va inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir 
    mexanizmining mavjudligi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Inflyatsion 
    targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsaddan 
    kelib chiqib, foiz stavkalarini o‘zgartiradi va o‘rnatadi.Iqtisodiyotda inflyatsion 
    xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy tarzda foiz stavkalarini 
    oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi.Ushbu choralarning iqtisodiyotning 
    real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati 
    transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi.Pul-kredit 
    siyosatining transmission mexanizmi o‘zida Markaziy bank foiz stavkalari 
    o‘zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir 
    o‘tkazish jarayonini aks ettiradi. Foiz kanali pul-kredit siyosatining 
    iqtisodiyotga ta’sir etuvchi an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz 
    stavkasining o‘zgarishi iqtisodiyotdagi umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir 
    ko‘rsatib, investitsiya/jamg‘arma darajasini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotdagi 
    yalpi talabning o‘zgarishiga olib keladi. Yalpi talabning o‘zgarishi, o‘z 
    navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi.Markaziy bankning asosiy foiz 
    stavkasi va yalpi talab orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmasada, 
    foiz stavkasi o‘zgarishining ta’siri boshqa kanallar orqali ham amalga 
    oshadi.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash 
    stavkasining iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ta’siri bo‘yicha tahlillar ular 
    orasida barqaror bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatmoqda.Ayni vaqtda 
    transmission mexanizm foiz kanalining ta’sirini O‘zbekiston sharoitida 
    cheklangangini banklararo pul bozorining shaffof emasligi va yetarlicha 
    rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin.Xususan, banklararo pul bozorida 
    tijorat banklari faolliyatining sustligi va operatsiyalar hajmlarining kichikligi 
    foiz kanalining samaradorligini pasaytiradi. 
    2017 yilning ikkinchi yarmidan Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga 
    qisqa muddatli likvidlikni taqdim qilish operatsiyalari faollashtirildi. Lekin 


    bunda yagona banklararo pul bozorining mavjud emasligi hamda pul-kredit 
    instrumentlari ta’sirining cheklanganligi amalga oshirilayotgan choralar 
    samarasini pasaytirmoqda.
    Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib hamda pul-kredit 
    siyosati transmission mexanizmining foiz kanalini kuchaytirish va pul bozorini samarali 
    tartibga solish maqsadida 2018 yilning birinchi yarim yilligida qisqa muddatli pul 
    resurslarini jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha banklararo pul bozorining yagona 
    elektron platformasini yaratish ko‘zda tutilgan.
    Shu bilan birga, pul-kredit 
    siyosatining transmission mexanizmining foiz kanalini mustahkamlashda 
    zaruriyat tug‘ilganda Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi ortiqcha 
    likvidlikni jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladi.Shuni ta’kidlab 
    o‘tish joizki, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samaradorligini 
    ta’minlash va foiz instrumentlarini optimallashtirish maqsadida Markaziy 
    bankning pul-kredit siyosatining asosiy ko‘rsatkichi sifatida asosiy stavka va 
    foiz koridorini 2019 yildan amaliyotga joriy qilish ko‘zda tutilgan.Likvidlik 
    taqdim etish va jalb qilish bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari turlarining 
    kengaytirilishi Markaziy bankning asosiy operatsiyalari bo‘yicha foiz koridorini 
    shakllantirishga xizmat qiladi.Iqtisodiyotni liberallashtirish va unda bozor 
    mexanizmlari ta’sirining oshib borishi bilan bir qatorda faol pul-kredit 
    siyosatining amalga oshirilishi transmission mexanizmning foiz kanalini 
    sezilarli darajada mustahkamlab boradi.Kredit kanali pul-kredit siyosatining 
    asosiy ta’sir kanallaridan biri bo‘lib, ushbu kanal orqali foiz stavkasi 
    iqtisodiyotning real sektoridagi jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur 
    kanalning samaradorligi ko‘p jihatdan kredit resurslariga bo‘lgan talab va 
    taklifning Markaziy bank foiz stavkalarining o‘zgarishiga nisbatan 
    ta’sirchanligiga bog‘liq hisoblanadi.Bugungi kunda iqtisodiyotdagi pul massasi 
    oshishining asosiy qismi kredit kanali hissasiga to‘g‘ri kelganligi bois, uning 
    o‘zgarishi ichki bozordagi narxlar darajasiga o‘zining salmoqli ta’sir 
    ko‘rsatadi.Xususan, 2017 yil birinchi yarim yilligida tijorat banklari tomonidan 
    iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmlarining sezilarli darajada 
    oshirilishi pul massasi o‘sish sur’atining tezlashishi va iqtisodiyotdagi 
    inflyatsion bosimning kuchayishiga olib keldi.Iqtisodiyotni kreditlash 
    darajasini barqarorlashtirish maqsadida 2017 yilning ikkinchi yarmidan 
    Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasi 14 foizgacha oshirilib, 
    pul-kredit siyosati qat’iylashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, kredit resurslari foiz 
    stavkalarining oshishiga olib keldi. 
    4.
    Pul-kredit siyosatining oraliq rejimi 
    Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion targetlashga o‘tish tajribasi ushbu rejimga 
    o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichining hal qiluvchi ahamiyatga ega 


    ekanligini ko‘rsatmoqda.Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish tadbirlarini 
    yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni inobatga olib oraliq davrda 
    amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati narxlar barqarorligini ta’minlash va 
    zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini qamrab 
    oladi.Inflyatsion targetlashga o‘tish davrida asosiy e’tibor 2017-2021 yillarda 
    pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga 
    bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksida ko‘zda 
    tutilgan rejalarni to‘laqonli bajarilishini ta’minlashga, iqtisodiy islohotlar 
    davrida inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga hamda iqtisodiy-huquqiy 
    bazani mustahkamlashga qaratiladi.Xususan, qonunchilik asoslarini 
    mustahkamlash borasidagi tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy 
    banki to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank 
    faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy 
    hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni o‘z ichiga oladi. 
    Normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartirishlar asosan quyidagilarni 
    nazarda tutadi: 
    - Markaziy bank operatsion faoliyati mustaqilligini mustahkamlash va narxlar 
    barqarorligini ta’minlash vazifasini Markaziy bankka yuklash; 
    - valyutani tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlarini va aniq me’yorlarini 
    o‘rnatish, shuningdek valyuta bozorini rivojlantirish hamda uning bir maromda 
    faoliyat yuritishi uchun zaruriy sharoitlar yaratish; 
    - bank faoliyatini tartibga solishning bozor mexanizmlari va tamoyillarini 
    qo‘llashni kengaytirish, shuningdek sohada raqobat muhitini kuchaytirishning 
    kafolatlari hamda sharoitlarini ta’minlash va boshqalar. 
    Oraliq davrda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri Markaziy bankning 
    valyuta bozorida market-meykerlik rolini pasaytirgan holda, valyuta bozorini 
    rivojlantirish hamda almashuv kursi barqarorligini ta’minlashning bozor 
    mexanizmlariga o‘tish hisoblanadi. 
    Bozor mexanizmlari ta’sirida almashuv kursining moslashuvchanligini oshirish, o‘z 
    navbatida, ichki valyuta bozorining kengayishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu 
    maqsadlarda oltin-valyuta rezervlarini maqsadli darajada saqlash bilan bir qatorda 
    valyuta bozorida qimmatbaho metallarni sotishdan tushgan xorijiy valyutadagi 
    daromadlarni muntazam ravishda sotish dasturini ishlab chiqish va joriy etish ko‘zda 
    tutilmoqda. 
    Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun tayyorgarlik davrida Markaziy 
    bankning ustuvor vazifasi samarali antiinflyatsion siyosat olib borish 
    hisoblanadi. Ushbu maqsadga Markaziy bank instrumentlaridan 


    moslashuvchanlik bilan foydalanish orqali qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab 
    turish orqali erishiladi.Pul-kredit sharoitlari hamda inflyatsiya darajasini tahlil 
    qilish, baholash va prognozlash ishlari ko‘rsatkichlarning keng to‘plamlaridan 
    foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda, narxlarni barqarorlashtirish 
    siyosatini olib borishda asosiy ta’sir kanallarini aniqlash vazifasiga alohida 
    e’tibor qaratiladi.Shu bilan birga, pul-kredit siyosatining bozor instrumentlari 
    turlarining kengayib borishi bilan bir qatorda maqsadli parametrlarga 
    erishishga yo‘naltirilgan monetar operatsiyalar faollashtirilib, hajmlari 
    mutanosib ravishda oshirilib boriladi.Shuningdek, ushbu davrda inflyatsiyani 
    modellashtirish va prognozlash ishlarini takomillashtirishga alohida e’tibor 
    qaratiladi hamda shu asnoda pul-kredit siyosati instrumentlarini 
    takomillashtirish borasidagi qarorlar qabul qilish jarayonining sinovi amalga 
    oshirib boriladi. Modellar takomillashtirilishi bilan inflyatsiyaning maqsadli 
    miqdoriy ko‘rsatkichlari belgilanadi.Umuman olganda, pul-kredit siyosatining 
    oraliq rejimi inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish 
    maqsadida pul-kredit siyosatining barcha jarayonlari va uning instrumentlarini 
    qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar 
    majmuini qamrab oladi. 


    Xulosa: 
    Oʻzbekistonda moliya bozorini rivojlantirishda pul kredit siyosati, moliya 
    tizimini kuchaytirish, investitsiyalarni oshirish, korporativ sektorni rivojlantirish 
    va moliyaviy taraqqiyotni taʼminlashda kritik ahamiyatga ega. Pul kreditlari 
    moliya institutlarining likvidlilik darajasini oshirish, korporativ hamkorlikni 
    rivojlantirish va yangi sohalarda moliyaviy innovatsiyalarni o'rnatishda muhim 
    vosita bo'lib xizmat qiladi. Ular moliya tizimining islohotlarini yanada 
    rivojlantirishga va investitsiyalarni ko'chirishda muhim rol o'ynaydi. 
    Oʻzbekiston moliya bozorini rivojlantirishda pul kredit siyosati mühimdir. Bu 
    siyosat moliya institutlarining likvidlilikni oshirish, investitsiyalarni ko'chirish 
    va korporativ sektor bo'ylab moliyaviy taraqqiyotni ta'minlashga yordam 
    berishi mumkin. Pul kreditlari orqali moliyaviy tizimlar rivojlanadi va moliya 
    institutlarining islohotlari va innovatsiyalari uchun moliya mablag'larining 
    muhitini yaxshilaydi.
    pul kredit siyosati hukumatning pul muomalasi va kredit 
    sohasi olib boriladigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiy barqarorliklarini va 
    uning samarali faoliyatini ta'minlashga pul tizimini lozim darajada mustahkam 
    turishiga qaratilgan chora-tadbirlar kredit siyosati davlatning iqtisodiy 
    siyosatining tarkibiy qismi boʻlib odatda uni markaziy bank amalga oshiradi 
    pul kredit siyosati orqali muomalalardagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi 
    yoki ko'paytiriladi inflyatsiyaning pasaytirish chora-tadbirlari ko'riladi markaziy 
    bank kulkredit siyosatini olib borishda pul bozoriga to'g'ridan-to'g'ri o'zining 
    boshqaruv vakolati yordamida va pul emisiyalar orqali taassurotkazishi 
    mumkin pul kredit siyosati bevosita va bilvosita u vositalari orqali amalga 
    oshiriladi bevosita vositalar moliyaviy institutlarga moliyaviy aktivlar30224 
    narxlar foizlar stavkalarini yoki ular hajmini to'g'ri to'g'ridan to'g'ri boshqarishi 
    orqali olib boriladi markaziy bank tomonidan tijorat banklar mavjud depozit 
    koʻrinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kredit narxlari va 
    hajmi nazorat qilib qilinadi bilvosita vositalar markaziy bank tomonidan 
    moliyaviy institutlari. 
    bilvositalar- markaziy Bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslari bozor 
    mexanizmlari majburiyatlar zaxiralari ochiq bezoridagi operatsiyalar tijorat 
    banklari qayta moliyalashtirish va markaziy bankning hisob stavkasi tijorat 
    banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqa orqali iqtisodiyotni pul 
    massasiga ta'sir etiladi.


    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Abdullayeva. SH. Pul Kredit va Banklar,darslik(qayta ishlangan nashr) 
    2. SH.A.Tojiboyeva. Moliyaviy Tahlil-2 
    3. Milliy iqtisodiyotni Isloh Qilish va Barqaror Rivojlantirish Istiqbollari 2023 
    yil
    4. H. Mamedov. N. Muminov. A. Umarov A. IQTISODIYOT NAZARIYASI 
    KITOBI 
    5. Lexus On -line 
    6. Taxation for university and collage 1 st edittion by steve hoffman2022





    Download 370.56 Kb.




    Download 370.56 Kb.
    Pdf ko'rish