• II BOB ABDULLA QAHHOR HIKOYALARINING KOMPOZITSION XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
  • KIRISH. Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati.
  • Mavzu: Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq tasviri mundarija kirish kurs ishining umumiy tavsifi I bob abdulla qahhor XX asr adabiyotining yirik vakili




    Download 52,21 Kb.
    bet1/7
    Sana22.02.2024
    Hajmi52,21 Kb.
    #160700
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1111111111 vvv


    MAVZU: Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq tasviri
    MUNDARIJA
    Kirish. kurs ishining umumiy tavsifi………………………………………..…4
    I BOB ABDULLA QAHHOR XX ASR ADABIYOTINING YIRIK VAKILI
    1.1. Abdulla Qahhor hayoti va ijodi……………………………………..….…….7
    1.2. Abdulla Qahhorning hikoyachilik maktabi……………………….…………11
    II BOB ABDULLA QAHHOR HIKOYALARINING KOMPOZITSION XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
    2.1.Badiiy asar kompozitsiyasi haqida tushuncha………………..……………....14
    2.2. Abdulla Qahhor hikoyalari va ularning tahlili……….………..……………..23
    Xulosa va tavsiyalar………………………….…………………...….……….....32
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………….....35
    Ilovalar……………………………………………………………………………36

    KIRISH.
    Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati. Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridandir. U o‘zining 40 yildan oshiqroq ijodiy faoliyatida barcha ijtimoiy sohalarni aks ettiradigan asarlar yaratdi, asarlari turli tillarga tarjima qilindi. Abdulla Qahhor ajoyib asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirish va jahonga tanitish borasida alohida xizxmat ko‘rsatgan nodir iste‘dod sohibidir. Adabiyotimizning hech bir sohasi yo‘qki, ko‘p qirrali talant egasi bo‘lgan Abdulla Qahhorning xizmati singmagan va u o‘z talantini namoyish qilmagan bo‘lsin. Abdulla Qahhor hikoya va ocherk janrida ham, qissa va romanchilikda ham, komediya va drama yaratishda ham hammani qoyil qoldirji, bu janrlarda, xususan, hikoyachilikda, original va yetuk badiiy asarlar yaratdi.
    Abdulla Qahhor so‘zga xasis, fikrga saxiy san‘atkor. Adib ijodining fazilatlari ko‘p. U ko‘pchilikni qiziqtiradigan masalalar haqida yozadi, adabiyotda ―qo‘riq‖larni ochadi, yangi gap aytadi, yangi timsollar yaratadi. Abdulla Qahhorning badiiy ijodidagi novatorligi ham, avvalo, ana shundadir. Yozuvchining asarlari yuksak badiiyligi, g‘oyaning aniqligi, ijtimoiyligi, xalqchilligi bilan xarakterlanadi. Abdulla Qahhor ijodining bunday fazilatlari adabiy tanqidchilik va adabiyotshunosligimizda o‘z vaqtida atroflicha ochib berilgan hamda Abdulla Qahhor ijodiga haqli ravishda yuqori baho berilgan.
    Abdulla Qahhor o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschilaridan biri bo‘lib, adabiyotimizda bu janrning shakllanishi va o‘sishi uning nomi bilan chambarchas bog‘liqdir. Abdulla Qahhor G‘.G‘ulom, A.Qodiriy, Oydin, Oybek kabi yozuvchilar bilan hamkorlikda ijod etib, hikoya janrining ko‘pgina namunalarini yaratdi. Uning “Bemor”, “Anor”, “Millatchilar”, “Tomoshabog‘”, “O‘g‘ri”, “Maston”, “Qanotsiz chittak”, “Sat‘atkor”, “Jonfig‘on”, “Yillar”, “Adabiyot muallimi” kabi hikoyalari o‘zbek adabiyotida hikoya janrining sezilarli darajada taraqqiy etishiga ta‘sir ko‘rsatgan asarlar sirasiga kiradi.
    Yozuvchi ajoyib o‘xshatishlar, go‘zal sifatlashlar, original mubolag‘alar va metoforalar, hikmatli so‘z va iboralar yaratish orqali o‘z fikrini g‘oyat siqiq va obrazli qilib ifodalaydi. Abdulla Qahhorni o‘ziga va o‘zga mualliflarga nihoyatda talabchan yozuvchi bo‘lganligini e‘tirof etadilar. U qo‘zlyozma ustida ishlashdan hech bir erinmagan, o‘z asarlarini qayta-qayta ishlab pishitgan, ularga sayqal va jilo bergan. Asarlari kitob bo‘lib chiqqandan yoki pesa sahnaga qo‘yilgandan so‘ng ham qo‘lyozma ustida ishlashni davom yettiravergan.
    Abdulla Qahhor adabiyotimizning kelajagi uchun jon kuydiruvchi, yosh yozuvchilarni tarbiyalab voyaga etkazishni doimo muhim ish deb bilgan, bu sohada ko‘p yozuvchilarga namuna ko‘rsatgan, adabiyotimizda o‘ziga xos maktab yaratgan va ko‘plab shogirdlar etishtirgan ustoz san‘tkor sifatida qadrlidir.
    XX asr o‘zbek adabiyotining peshqadam namoyandalaridan biri Abdulla Qahhor nafaqat hayotni kuzatish, voqelikda kechayotgan jarayonlarga munosabat bildirish, balki xalq tili va dilining tarjimoni bo‘lishga intilgan adib sifatida shuhrat qozongan. Birinchi Prezident I.Karimovning “… albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oily maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bo‘lib keladi”. degan sozlari Abdulla Qahhorning ba’zi bir hikoyalari uchun aytilgandek. Sababi, adib o‘z hikoyalarida insonlar orasida uchrab turadigan ba’zi kamchiliklarni qattiq qoralaydi.
    Abdulla Qahhorning aytishicha, uning saksonga yaqin hikoyalari bo‘lib, shulardan yarminigina olti jildlik “Asarlar” to‘plamiga kiritgan, xolos. Ana shu hikoyalar orasida “Dahshat”, “Anor”, “Bemor”, “O‘g‘ri”, “Ming bir jon” singari adabiyotimizning oltin fondidan o‘rin olgan asarlar borki, ularning kompozitsion xususiyatlarini kurs ishining dolzarbligini belgilaydi

    Download 52,21 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 52,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq tasviri mundarija kirish kurs ishining umumiy tavsifi I bob abdulla qahhor XX asr adabiyotining yirik vakili

    Download 52,21 Kb.