|
II.2. Abdulla Qahhor hikoyalari va ularning tahlili
|
bet | 6/7 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 52,21 Kb. | | #160700 |
Bog'liq 1111111111 vvvII.2. Abdulla Qahhor hikoyalari va ularning tahlili
Hikoya janrining go‘zal namunlarini yaratgan, qisqa so‘zlarda olam- ma’nolarni aks ettirgan yozuvchi Abdulla Qahhor o‘zining uslubi va ko‘lami nuqatayi nazaridan hikoyalarning eng yorqin namunalarini yarata olgan.
Uning “Bemor”, “Anor”, “Millatchilar”, “Tomoshabog‘”, “O‘g‘ri”, “Maston”, “Qanotsiz chittak”, “Sa’natkor”, “Jonfig‘on”, “Yillar”, “Adabiyot muallimi” orqali realistik ruh va badiiy ifodaning o‘zi xos o‘rinlari, maqol va naqllarini o‘z o‘rnida qo‘llab hikoyaning bosh g‘oyasini singdirib berolishi o‘ziga xos.
BEMOR……..aslida Sotiboldining xotini emas, uni butun bir dardini davolay olmagan. Ayolning eri soddaligi sabab kasallik oqibati qanday yakunlanishini tushunmaydi va tushunmagan holda kim nima desa ishonib xotinida sinab ko‘raverib. kimdir tovuq qonlash kerak desa tovuq qonlaydi, yana kimdir eshonga savalat deydi … Oqibati bilan esa hech kimni ishi yo‘q , bir bechora oilaning qashshoq hayoti orqali….butun xalq, millat qoloqlikdan uyg‘ona olmagan BEMOR XALQ, hayotini ko‘rsatib berolgan.
O‘g‘irlangan ho‘kizini topaman deb kattaroq baloga giriftor bo‘lgan bir bechori dehqonning amaldorlar tomonidan talanishi, xonavayron qilinishi obrazli ravishda tasvirlangan. Hikoyaga “Otning o‘limi — itning bayrami” degan xalq maqoli epigraf qilib keltirilgan, mana shuning o‘zi xalqni ahvolini, vaqtini o‘g‘irlagan o‘qimagan, omi xalq, mansabparast amaldorlarning aslida…INSON HAYOTINING O‘G‘RISI EKANLIGI tasvirlangan.
A.Qahhorning hikoyanavislik mahorati to‘g‘risida ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan va ularda adibning o‘ziga xosligi yetarli ochilgan deyish mumkin. Biroq shunisi borki, har bir kitobxon bu hikoyalarni mutolaa qilar ekan, o‘zini tamoman yangi hamda sehrli olamga kirib qolgandek sezadi. Yozuvchining hikoyanavis san‟ati o‘zidan keyingi butun bir ijodkorlar avlodi uchun iboratli maktab bo‘lib qolmoqda. Uning ayniqsa, hikoya arxitekturasini qurishi va so‘z ustida ishlash tajribasi tuganmas saboq bo‘lib kelyapti. Mana, bu haqda davrimizning ulkan adibi O.Yoqubov shunday degan: "...til masalasida o‘zim uchun biror narsa olish maqsadida Abdulla Qahhorni qo‘lga olaman".
Haqiqatan ham A.Qahhor hikoyalarini umrboqiy qilgan fazilatlardan biri so‘z ustida ishlashidir. Yozuvchi xalq tilini benihoya chuqur bilar, qadrlar va unga mas‟uliyat bilan yondashardi. Shu boisdan uning asarlaridagi muallif nutqi ham,
personaj nutqi ham o‘quvchiga o‘ta tushunarli, tabiiy tuyuladi. Shunisi borki, asar organizmidagi bironta so‘z ham ortiqcha bo‘lmaydi, aksincha, ixcham so‘zlardan tashkil topgan iboralar o‘zining siqiqligi, ma’nodorligi bilan istalganidan ko‘ra ko‘proq mazmun kasb etadi.
A.Qahhor hikoyalarnining fazilatlaridan yana biri voqelikning dabdurustdan, ya’ni aynan tugundan boshlanishidir.Bu xususiyat kitobxonni asarga birdan jalb qiladi, uni sehrlab oladi, oxirigacha qo‘yib yubormaydi. Birinchi iborani o‘qish bilanoq endi nima bo‘ladi degan savol tug‘iladi. San‟atkor esa bu savolga javob berishga shoshilmaydi. Javobni hikoyaning xulosasidan olishimiz mumkin…
San‟atkor asarlarining yoqimtoyligini ta’minlovchi fazilatlardan yana biri qahramon ruhiyatini tasvirlashda ko‘rinadi. Bunda ham yozuvchi ortiqcha so‘z ishlatib o‘tirmaydi, balki ko‘proq detallarga suyanadi. Bu jihatdan ayniqsa, yozuvchining mashhur "Asror bobo" hikoyasi diqqatga sazovordir.
Abdulla Qahhor hikoyalari xatti-harakatlar, to‘qnashuvlar va ziddiyatlar jarayonini – hodisalar dramatizmini ko‘rsatish usuli jihatdan ma’lum darajada dramatik asarga o‘xshab ketadi. Adib hadeb voqealarga aralashvermaydi, xuddi dramadagi kabi voqea va xarakterlarni xolis turib tasvir etadi, hikoyalardagi voqealar, qahramonlarning xatti-harakati shundoq kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalanib turadi, xarakterlar doim harakatda beriladi, xarakterlar to‘qnashuvi tezda keskin rivojlanib boradi, dialoglar mo‘l va shiddatkor bo‘ladi, butun boshliasar bir yoki bir necha dramatik kartinalardan tashkil topadi. Asardagi badiiy tasvir vositalari, jumladan, portret va peyzaj ham harakatda beriladi, ular voqealar rivojida, xarakterlar psixikasini ochishda, asar ideyasini ifoda etishda ma’lum funksiyani ado etadilar.
Abdulla Qahhor qalamiga mansub “Anor” hikoyasi 30-yillarda sho‘ro istibdodi kuchaygan mafkuraviy tazyiq davrining mahsulidir. “Anor” 30- yillarning, ya’ni sotsrealizmning shafqatsiz zanjirlari ostida badiiylik g‘oya tashuvchisiga aylangan davrning mahsuli. Haqiqiy badiiy asar qaysi davrda yaratilmasin va qaysidir o‘rinda mafkura tazyiqiga bo‘yin eggan bo‘lmasin, u badiiylik qoidalari asosida yaratiladi, bo‘ysunish kerak bo‘lsa, badiiyat qonunlarigagina bo‘ysunadi degan talab bilan yondashganda Qahhorday “har bir so‘zida ijtimoiy ruh ufurib turgan”(O.Sharafiddinov) adibning ixcham bir hikoyasi struktural tahlilning qat’iy andozalariga dosh berarmikin, degan gumon ham yo‘q emas. Qolaversa, hozirgi poststrukturalizm postmodernizmga sinonim sifatida qaralayotgan bir davrda ushbu tahlil usulining imkoniyatlarini yana bir karra esga olmoq mavridimikan, degan shubha ham tug‘ilishi mumkin.
Hikoya janrining xos xususiyatlari haqida jahon hikoyasozlaridan biri Somerset Moem shunday ta’rif beradi: “Hikoya o‘n minutdan bir soatgacha vaqt
oralig‘ida o‘qiladigan, tahrirda hech narsa qo‘shib bo‘lmaganidek, undan hech narsani ham uzib olib tashlab bo‘lmaydigan badiiy butunlik ”.
Abdulla Qahhor hikoyalari epigrafdan boshlanadi: “Uylar to‘la non, ochnahorim bolam, Ariqlar to‘la suv, tashnai zorim bolam”(O‘tmishdan).
“Anor” hikoyasi ham o‘zining hayotiy voqealari bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi. Hikoyada yoshgina oila tasviri beriladi. Hikoya Turobjonning uyiga shoshilib kelishidan boshlanadi. Uning shoshilishi natijasida yaktagining yengi yirtiladi, erning kelishini orziqib kutgan xotin esa unga shoshilib tuyilayotgan jo‘xorisini to‘kib yuboradi. Zo‘rg‘a kun kechirayotgan oila uchun bu og‘ir ko‘rgulik, biroq bu ikkala yosh bu ko‘ngilsiz hodisaga e’tibor bermaydilar. Turobjon bir necha kundan beri yuzi yorishmagan xotinini quvontirmoqchi, xotini esa, hamma narsadan aziz bilgan mevasini tugunchada ko‘rmoqchi. Er esa tugunchani xotinining qo‘liga tutqazib qo‘ymaydi, uni orqasiga yashirib, tegishdi. Asarda yosh kelin-kuyovning o‘zbekona oilaga xos holati aniq tasvirlanadi. “Akajon, degin!”- yalintirmoqchi bo‘ldi er. “Akajon! Jo-on aka!...” – Turobjon kutganidan ortiqroq javob berdi xotini. Er kutganiga erishsa ham bo‘sh kelmadi;
“Nima berasan!” Xotin bisotidagi borini o‘rtaga soldi; “Umrimning yarmini beraman!...” Umrining qolgan yarmi o‘tib bo‘lgandi, shuning uchun ham dono xotin qolganini eriga bag‘ishlashini aytdi. Er rozi bo‘ldi shekilli: “Tugunchani berdi. Xotini shu yerning o‘zida, eshik oldida o‘tirib tugunchani ochdi-da, birdan bo‘shashib ketdi... ”. Tugundan xotin kutgan narsa chiqmaydi, balki er noyob deb
bilgan asalarining uyasi bo‘ladi. Kambag‘al xotin umrida asal yemagan, aslida buni ko‘rib quvonib ketishi kerak edi, biroq u quvonib ketmadi. Xotinining quvonib ketmaganini ko‘rgan, uni ustiga yerga to‘kilgan jo‘xori, yengi yirtilgan yaktak, hammasini bir-bir ko‘z oldidan o‘tkazgan Turobjon tutoqib ketadi va xotiniga baqiradi. “Axir boshqorong‘i bo‘l, evida bo‘l-da! -dedi do‘ppisini qoqmasdan boshiga kiyib, -anor, anor....Bir qadoq anor falon pul bo‘lsa!”.
Bu gap xotiniga yomon ta’sir qiladi. Yozuvchi o‘zbek ayolining xarakterini, milliyligini, oilaning muqaddasligini shu Turobjonning xotini orqali ifodalab beradi. Hikoyada obrazlarning xarakterini qisqa va lo‘nda so‘zlar orqali ko‘rsatib beradi. Ovqatlanish jarayoni, undan keyingi uyning orqa tomoniga o‘tib qayt qilishi, erning tutoqishi, xotin bilan urishish uchun bahona qidirishi o‘zbek erlariga xos tasvirlangan. Ayniqsa, xotinning asalning puliga anor berishini aytganda Turobjonning javobi yanada achinarli tasvirlanadi. “ Berar edi. Anor olmay asal oldim... Ajab qildim, jigarlaring ezilib ketsin!” So‘nggi iboraga adib anchagina badiiy yuk yuklaydi. Ayol kishi, ayniqsa, boshi qorong‘i ayol uchun bundan ortiq haqorat bo‘lmasligini hikoya davomida ikki bor eslatadi.
“Anor” hikoyasi yoshlar obrazi asosan Turobjon , ayollar obraziga esa uni xotinini olish mumkin. Abdulla Qahhorning har bir hikoyasida yoshlar obrazi asosiy rol o‘ynaydi. Turobjon obrazi orqali 30-yillardagi kambag‘al o‘zbek oilasining erkagi tasvirlanadi. Turobjon har qancha harakat qilmasin, xotinini ko‘nglini olmasin, baribir uni yegisi kelgan narsani topib bera olmaydi. Oxiri ayolining ko‘nglini olish uchun o‘g‘irlikka qo‘l uradi. Asarda bir qarasang Turobjon bo‘sh-bayov, qo‘polroq qilib aytganda, lapashang qilib tasvirlanadi.
Hikoyani tahlil qilish jarayonida shunga amin bo‘ldikki, Turobjon biz o‘ylaganchalik , lapashang emas, aksincha, mas’uliyatli, erkak sifatida ko‘ramiz, chunki u oilaning, xotinining rayiga qarab, xatto anor o‘g‘irlashgacha boradi. Turobjonning xotini og‘ir, bosiq, sodda o‘zbek ayoli. U faqat erini, oilasini biladi. U uchun oila muqaddas. Biroq boshi qorong‘i xotin uchun faqat anor ko‘rinadi. Shu anorni deb er-xotin o‘rtasida janjal chiqadi. “Xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjon buni ta’na deb
tushundi.
- Nima, men seni olganimda kambag‘alligimni yashirganmidim? Erkaboyga o‘xshab chimildiqqa birovning to‘ni, kavush-maxsisini kiyib kirganmidim? Bunda
yarmoning bo‘lsa hali ham serpulroq odamga teg.
- Ikkita anor uchun xotiningizni serpul odamga oshirgani uyaling! Bu gap Turobjonning hamiyatiga tegdi. “Jigaring ezilib ketsin” degani xotinga qancha alam qilgan bo‘lsa, bu gap Turobjonga shuncha alam qildi.
- E, hoy, anor olib bermadimmi? – dedi Turobjon mayin tovush bilan, ammo
bu mayin tovushdan qo‘rqqulik edi, - sira anor olib kelmadimmi?
- Yo‘q! – dedi xotin birdan boshini burib.
- Turobjonning boshi g‘ovlab, ko‘zi tindi. - O‘tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?! O‘ynashim olib kelgan edi!
Turobjon bilolmay qoldi: xotinning yelkasiga tepib, so‘ngra o‘rnidan turdimi, yo turib keyin tepdimi; o‘zini obrezni oldida ko‘rdi. Xotin rangi oppoq, ko‘zlarini katta-katta ochib unga vahimali nazar bilan qarar va boshini chayqab pichirlar edi:
- Qo‘ying... Qo‘ying... Turobjon chiqib ketdi. Birpasdan keyin ko‘cha eshigi ochilib yopildi.”
Ruhiy jarayonlar tasviridagi san’atkorlikni qarangki, shu hodisadan keyin er-xotin orasidagi “ziddiyat” keskinlashish o‘rniga birdan bo‘shashib ketadi, xotin eridan kaltak yesa ham undan sira xafa emas, aksincha, eriga qattiq gapirganiga pushaymon, er sho‘rlik bo‘lsa yana xotin ko‘nglini ovlash, ovitish payida nihoyat, u xotinini deb qaltis ishga qo‘l uradi, xotinini ko‘ngli uchun o‘g‘irlik qiladi!
Ko‘rinib turibdiki, hikoyadagi har bir holat, xatti-harakat zamirida inson qalbining jilosi yotibdi, shu jilolardan xarakter jamoli namoyon bo‘lyapti, asar ideasi tug‘ilyapti. Faqat “Anor”dagina emas, mashhur hikoyalarining barchasida yozuvchi inson qalbini, uning qalbidagi ruhiy jarayonlarni ko‘rsatishga katta e’tibor beradi; bu narsa yozuvchini allaqachon e’tiqodiga, ijodidagi bosh estetik prinsiplaridan biriga aylanib qolgan. “O‘g‘ri” da ham oddiy xalq hayotidan biri Qobil bobo. U asarda jabrdiyda chol bo‘lib tasvirlanadi. “Dahshat” hikoyasidagi dodho bilan bir zamonda yashasada, biroq undan farqi katta. Dodho boy-badavlat, sakkizta xotini bo‘lishi bilan birga, aql-farosati ham joyida zulmkor shaxs bo‘lib tasvirlanadi. “O‘g‘ri” qahramoni haddan tashqari go‘l, nodon odam, uning faolligi ham aslida nodonlik, go‘llik oqibati; u o‘z raqiblariga qarshi turish, ularni dushman deb bilish o‘rniga, ularga o‘zini yaqin oladi, dushman bilan do‘st tutinadi, ulardan yaxshilik kutadi, ularning ketidan tinmay yuguradi. Qobil boboning eng qaltis, ayanchli vaziyatdagi
holati ham, najot yo‘lidagi faol xatti-harakatlari ham kitobxonga kulgili bo‘lib tuyulaveradi. Ammo shu o‘rinda bu kulgu fosh etuvchi tahqirlovchi kulgi emas, bu kulgi zamirida oddiy odamga nisbatan zo‘r hurmat, oddiy odamni shu kuylarga solib qo‘ygan muhitga nisbatan kuchli nafrat bor. Qobil bobo kulgili bo‘lib ko‘ringan xatti-harakatlari bilan ham kitobxon simpatiyasini o‘z tomoniga tortadi. Kitobxon uning nodonlarcha qilgan xatti-harakatlarini ko‘rib kuladi, ayni vaqtda uning nochor ahvoliga achinadi, qayg‘uradi.
Ma’lumki, asarda Qobil bobodan tashqari yana bir necha salbiy personajlar ellikboshi, amin, pristav obrazlari bor. Asarda bu obrazlarning yoshi ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ular ham oddiy xalq hayotidan deb hisoblaymiz. Chunki ellikboshi ham ko‘rdi, amin deganda yoshi ellik besh-oltmish besh yoshlardagi, qorin solgan keksa avlodni tushunamiz. Hikoya voqeasi davomida Qobil bobo ular bilan bir necha bor to‘qnashadi. Yozuvchi mahorati shundaki, salbiy personajlar tasvirida ham asarning umumiy ruhiga mos ritmika to‘la saqlanadi, salbiy personajlar bilan bog‘liq hodisalar ham kulgili tarzda davom etaveradi. Ammo gap salbiy personajlar ustiga ko‘chganda kulgining xarakteri o‘zgaradi, u qahrli, kinoyali – kesatiq tusini oladi.
“Qobil boboning qo‘shnisi – burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va pang tovush bilan dedi: Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi!
Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag‘ishlagan
edi, bu so‘z haddan ziyod sevintirdi. Chol yig‘lab yubordi.
- Xudo xayr bersin... Ola ho‘kiz edi... Ellikboshi O‘g‘ri teshgan yerni yana bir ko‘rdi. Qobil bobo, qo‘l qovushtirib, uning ketidan yurar va yig‘lar edi.
- Yig‘lama, yig‘lama, deyman! Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan chiqib
ketmagan bo‘lsa topiladi”.
Qobil boboning ellikboshi bilan uchrashuvi tasvir etilgan bu parchadagi nutq ohangi asar qahramonini yanada yorqinroq xarakterini ochib beradi. Keksa bir cholga bu ohangda gapirish, qolaversa uni ishini hal qilib bermasdan mujmal, aniq
javob aytmaslik, ayniqsa Qobil bobo unga ishonishi mohirlik bilan tasvirlangan. Ellikboshining xatti-harakatlari qalbaki ekani bilinib turibdi, unda cholga chinakam yordam berish istagi mutlaqo yo‘q, ellikboshining cholga degan madad qo‘llari sekin-asta uning cho‘ntagiga tushadi, u sodda cholni laqillatadi. Sodda sol uning gapiga kirib amin oldiga boradi va yerdan ham hech qanday naf chiqmaydi. Qobil bobo esa ho‘kizining topilishiga umid bilan qaraydi va ishonadi.
Hikoyadagi “Cholning butun bo‘g‘inlari bo‘shashib ketdi, keyin tutoqishdi, ammo go‘rda bir narsa deya oladimi?” degan jumla e’tiborni tortadi. “O‘g‘ri”ning ayni damda ruhan g‘orat bo‘lish oqibatida itoatkor qul holiga kelib qolgan, insonga nomunosib hayot kechirishini anglamaydigan, uni tahqirlaydigan boylar, amaldorlar qarshisida o‘zining ojiz ekaniga ko‘nikkan, qalbida adolatsizlikka qarshi norozilik ruhi butkul so‘ngan mute kishilarning ojizligi haqqoniy aks ettirilgan.
A.Qahhor “O‘g‘ri” hikoyasida takabbur amaldorlar qiyofasini cheksiz istehzo bilan ko‘rsatadi. Hikoyada ho‘kizini o‘g‘ri urganidan nima qilishini bilmay “dag‘- dag‘ titrab, tizzalari bukilib-bukilib ketayotgan, ko‘zlari jovdirab hammaga qarasada hech kimni ko‘rmayotgan Qobil bobo” huzuriga iltijo bilan kelganida amin uni “og‘zini ochmasdan qattiq kekirib, baqbaqasini osiltirgancha kulib” bepisandlik bilan qarshi oladi. Adib uzundan-uzun tafsilotlarsiz bu amaldorning bo‘kkanicha miriqib ovqatlangani, kunlari yeb-ichish, maishat bilan o‘tganidan semirib, boqilgan ho‘kizday baqbaqasi osilib ketganiga e’tibor qaratadi. Qobil bobo iltijo qilib, qo‘l qovushtirib ro‘parasida turgan paytda uyat, andishani, kambag‘al bechoralarni hurmat qilishni unutgan amin “chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi” degan. Kambag‘al-bechora chol bilan takabbur amaldorning muloqot-munosabati, harakat-holatlari romanlardagidek keng batafsil tasvirlanmasa-da, “O‘g‘ri”da bechora bir insonning tahqirlanishi manzarasi aniq namoyon qilingan. Ko‘rinib turibdiki, mohiyat e’tibori bilan amin ellikboshining o‘zginasi, u ham kambag‘alga aslo qayishmaydi, cholni laqillatadi, paytdan foydalanib bir narsali bo‘lib qolishini o‘ylaydi. Lekin u ellikboshidan farqli o‘laroq, asl qiyofasini yashirib o‘tirmaydi, cholni bemalol masxaralaydi, odob-axloq qoidalarini bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘yib, beibo xatti-harakatlar qiladi. Keksa kambag‘al choldan uyalmasdan pora so‘raydi. Qobil bobo keksa avlod vakili. U dodhodan farqli o‘laroq, azob, qayg‘u-sitam, xo‘rlanishlar qurboniga aylanadi.
“O‘g‘ri” hikoyasidagi хаlq hayotining ifodalanishini ko‘rib chiqdik. Bu hikoyalarning yozilish davri bir bo‘lib, bitta zamon va makon yoritiladi. Bu davrdan chiqib, keyingi o‘n yigirma yillik davr ichida yozilgan asarlaridagi хаlq hаyotidagi ma’naviy qashshoqlik oldingi asarlaridan ancha farq qiladi. “Kampirlar sim qoqdi” hikoyasida esa keksa avlod vakili sifatida to‘rtta kampir tasvirlanadi. Nazirbuvi, To‘xtabuvi, Shahodatbuvi, Roziyabuvilar urush davrida bekor o‘tirmasdan, vatanga, tinchlik uchun ozgina xissa qo‘shmoq uchun ipak qurti boqishmoqchi bo‘ladi. Bunga raisni ko‘ndirish oson bo‘lmaydi. Va nihoyat, rais ko‘nadi. Kampirldar qurt boqib planni to‘ldiradi. Rais esa va’da qilingan qo‘yni olib keladi.
“To‘yda aza” hikoyasi esa bu hikoyalardan umuman farq qiladi. Asarda dotsent Muxtorxon Mansurov xarakteri to‘liq ochib beriladi. Uch yil burun beva qolgan domla yosh ayolga uylanadi. U yosh, biroq judayam semiz bo‘ladi. Bu haqida Karim ota “xo‘rozqandga o‘xshamay o‘l” deb tasvir beradi. Chunki ayol semiz bo‘lishiga qaramay qip-qizil ko‘ylak kiyib olgan bo‘ladi. To‘y haqida mahallada duv-duv gap bo‘ladi. Bu gaplar Karim ota tilidan beriladi. To‘ydan keyin bir kelin kasal bo‘lib qoladi. Allergiyaning davosi dengiz bo‘yi emish, domla yugurib-yugurib putyovka oladi. Kelin bilan yo‘lga chiqadi va og‘ir yuklarni ko‘tarib, yuragi ushlab o‘lib qoladi. Ko‘rinadiki, inson hamma vaqt yoshiga mos ishni qilishi kerak. Agar domla sal bo‘lsada keksayganini tan olib, sal yoshi o‘tgan juvonga uylanganda edi, bunaqangi azob tortmas edi. Qariganda yosh bo‘laman deb, yosh xotinning allergiyasini davolataman deb o‘z jonini rixlatga topshirib qo‘ydi.
“O‘jar” nomli hikoyasida esa atiga uchta qahramon qatnashadi. Qutbiddinov, Zargarov va o‘quvchi Suyar. Yozuvchi qahramonlariga “ikki tanqidchi” degan izohdan bo‘lak boshqa ta’rif bermaydi. Ammo o‘quvchi ularning o‘zlarini o‘ta bilimdon deb bilsalar-da, hech narsa bilmasliklarining guvohi bo‘ladi. Ikki tanqidchi suhbatda shaxmat o‘yinining zarari, yoshlar tarbiyasi, adabiyot to‘g‘risida fikr almashadilar. Suhbatning har bir mavzusida ularning g‘irt savodsizligi aniq bo‘ladi. Ammo yozuvchi ularni ataylab shu holga solmaydi. Personajlarning o‘zlarini o‘zlari fosh etishi uchun adib shunday qulay vaziyat yaratadiki, bu tabiiylik hikoyaning realistik qudratini bir pog‘ona ko‘taradi.
Mohir yozuvchining qaysi bir hikoyasini o‘qimang, ularda oddiy xalq hayoti ishtirok etadi. Ularning har biri bir dunyo. Ular bir-birini takror etmaydi, o‘xshamaydi. Hammasining ham o‘z xarakteri, dunyosi bor. Qaysi bir chol jahldor, qaysi biridir xotiniga mehribon, sadoqatli, yana kimidir yashash uchun o‘z ishtiyoqini qidirgan, yana biri esa o‘ta sodda qilib tasvirlangan. Hikoyalarning barchasidagi oddiy xalq hayoti zamon va makon, vaqt va davrdan kelib chiqib turli tuman xarakterga ega. Biroq o‘quvchi hech bir obrazni yomon ko‘rmaydi, e’tiroz bildirmaydi, aksincha yoqtiradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Аbdulla Qahhor ХХ asr o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridan biridir. Uning hajm jihatidan kichik bo‘lsa-da, o‘zida bir olam ma’no ifodalaydigan hikoya va qissalari har bir kitobxonga ma’lum va mashhur.
Buyuk hikoynavis Abdulla Qahhor mahorati u yaratgan har bir timsolda, har bir detalda namoyon bo‘ladi. Adib ijodida hayot va o‘lim tushinchalari o‘ziga xos tarzda talqin qilinadi. Abdulla Qahhornong “Ming bir jon”, “Mahalla”, “Bemor”, “To‘yda aza”, “Dahshat” kabi hikoyalarida o‘lim sahnalarini uchratamiz. Bu hikoyalar mavzu jihatdanesa chuqur, shu bois har bir hikoyadagi o‘lim sahnasi turlicha berilgan. Masalan, “Mahalla” hikoyasidagi o‘lim shu qadar sodda tasvirlangan bo‘lib, qahramon oson va shunchaki vafot etadi. Lekin bu voqea qahramonning yaqinlariga og‘ir va uzoq ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘lim sahnasi hikoya boshida keltirilib, keyingi voqealarga turtki beruvchi, asos bo‘luvchi hodisa vazifasini bajaradi. Asarda adib o‘lgan insonning ortidan o‘lib bo‘lmasligini, uni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, unga suyanmasin, usiz hayotni tasavvur qila olmasa ham, ruhiy tushkunlikka tushmasligi zarurligi boshqa mehribon, oqil insonlar yordamida hayotning naqadar go‘zal va aziz ekanligini anglab etishi va yashashda davom etishi kerakligini to‘la holda aks ettirib bergan.
«Bemor» hikoyasida buning aksi. Unda qahramonning hayotni tark etishi asar echimi sifatida berilgan. Bu hikoya eng qayg‘uli hikoyadir. Chinki undagi o‘limga qadar bo‘lgan voqealar o‘quvchining his- tuyg‘ulariga qattiq ta’sir o‘tkazib, inson qalbida achinish hissini uyg‘otadi. Bu achinish birgina vafot etgan kishigagina emas, uning o‘limidan iztirob chekishi mumkin bo‘lgan kishigagina emas, uning o‘limidan iztirob chekatishi mumkin bo‘lgan boshqa insonlarga ham qaratilgan. Bu hikoyadagi o‘lim chinakam fojea sifatida berilgan.
Adibning noyob mazmunda yozilgan, o‘zida dahshatli o‘lim sahnasini singdirilgan asari bu «Dahshat» hikoyasidir. Hikoya ijtimoiy muammolardan tashqari boshqa ko‘p xususiyatlarni ham qamrab oladi. Abdulla Qahhorning bu asari hech bir qolipga sig‘maydigan tasvirlar orqali ifodalangan. Biz hikoya orqali hayotga o‘ta hirs qo‘ygan, o‘lim haqida hatto o‘lashga ham qo‘rqadigan, o‘limni eslatuvchi narsalardan hamisha ko‘z yumivcho insonlar borligini bilib olamiz. Asarda hayot jilvasiga boshqa tomondan nazar tashlashga, hayotni erkin va sokin kuzatishga orzumand bo‘lgan va bu yo‘lda o‘z jonini ham qurbon qilgan ayol obrazini ham ko‘ramiz. Hayotda shunday vaqtlar ham bo‘lar ekanki, unda inson tirik odamlar orasida bo‘la turib o‘zida qabristonda turgandan og‘irroq qo‘rquv va iztirobni his etar ekan. «Dahshat» hikoyasida o‘lim va hayot o‘rtasida tutash nuqtalar aks etgan. Qahramonning dunyodan ko‘z yumishi ayanchli va alamli asar echimidir.
Yuqoridagi hikoyalarda hayot va o‘lim talqini bir necha jihatlar orqali birikib turadi. Ya’ni o‘lim hech qachon kishilarga quvonch olib kelmaydi. U kishilarga kutilmagan holat va vaqtda tashrif buyiradi. Hayot esa insonlar uchun berilgan oily ne’mat ekanligini Abdulla Qahhor hikoyalari yana bir bor tasdiqlaydi.
Aytish mumkinki, Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos hikoyachilik maktabi yaratdi va o‘zidan boy ijodiy meros qoldirdi. Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga munosib hissa qo‘shgan san’atkor adibdir. Uning asarlarini bugungi kun yoshlari sevib mutoala etmoqda.
|
| |